17 jadval davomi
Jilvirlash toshlarining diametrlari 5 dan 2500 mm gacha bo`ladi. Katta
diametrli jilvirlash toshlari yig`ma, quyma segmentli qilib tayyorlanadi. (259 -
rasm).
A b r a z i v a s b o b l a r n i n g m a r k a z l a n i sh i. Yuqorida keltirilgan
shartli belgilarining xammasi jilvirlash asboblarining markazlanishida ishlatiladi.
Masalan, jilvir toshidagi E 63 SM2 K5PP 250×50×75 35 m/sek markadagi E –
elektrokorudiy, 63 –
donadorlik nomerini, SM2 – o`rtacha yumshoqlik 2 ni, K –
keramik bog`lovchini, 5 – struktura nomerini, PP - to`g`ri
profilli yassi tosh
ekanligini, 250 – toshning mm bilan ifodalanadigan sirtqi diametrini, 50 - mm bilan
ifodalangan enini, 75 – teshikning mm bilan ifodalangan diametrini va 35 m/sek –
toshning aylanish tezligini ko`rsatadi.
Qayroq toshlar ham xuddi yuqoridagidek markalanadi, ammo farq shundaki,
kvadrat qayroq toshlar BKv bilan, yassi qayroq toshlar BP bilan, doiraviy qayroq
toshlar BKr bilan, uch yoqli qayroq toshlar BT va yarim doiraviy qayroq toshlar
BPK bilan belgilanadi. Olmosli jilvirlash toshlarining
markalarida donadorlik,
bog`lovchi modda, olmos xalqaning diametri,
qalinligi va eni, olmosning karat
xisobidagi miqdori, jilvirlash toshining diametri va nomeri ko`rsatiladi.
111 –rasm. Segmentlari quyma bo`lgan jilvirlash toshi:
1) segmentlar; 2) korpus
J i l v i r l a sh t o sh l a r i n i s i n o v d a n o` t k a z i sh v a
o` r n a t i sh. Jilvirlash toshlari katta (35 – 75 m/sek gacha) aylana teliklar
bilan
ishlaydi, shu sababli ularni jilvirlash stanogiga o`rnatishda oldin maxsus
stendda sinovdan o`tkazish zarur bo`ladi, bunda ish vaqtida ro`y
beradigan xavfli
xavfli xodisalarning (sinib ketish xodisalarining) oldini olish uchun undagi
nuqsonlar va dorzlar bor yo`qligi aniqlanadi. Jilvirlash toshini sinovdan o`tkazish
oldindan u muvozanatga keltiriladi. Jilvirlash toshlari ish tezligidan 1.5 – 1.6
baravar ortiq tezlikda 5 – 10 minut sinaladi. Jilvirlash toshining toretslari bilan
flanetslar orasiga o`rnatiladi. Jilvirlash toshining toretslari bilan flanetslar orasiga
elastik materialdan (ko`n, kapron, rezina va shu kabilardan)
yasalgan qistirma
qo`yiladi, qistirmaning qalinligi 0.5 – 3 mm bo`ladi. Qistirmalarning diametri
flanetslarning diametrlaridan bir oz katta bo`lishi kerak. Jilvirlash toshini o`rnatish
va maxkamlashda jilvirlash toshi chetlarining shpindelg` o`qiga nisbatan
kontsentrikligi va tosh yon tomonlarining bir – biriga paralelligi tekshirib ko`riladi.
Xavfsizlik texnikasiga rioya qilish maqsadida jilvirlash
toshlari maxsus kojuxlar
bilan ximoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: