Abslyut nol harorat


Download 358 Kb.
bet5/44
Sana18.12.2022
Hajmi358 Kb.
#1026830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
7.голасарий2019-2020й.

Ilgarilanma harakat deb, harakatlanayotgan jismning har bir nuqtasidan o’tkazilgan to’g’ri chiziq harakat davomida dastlabki holatiga parallel qoladigan harakatga aytiladi.
Impuls (jismning harakat miqdori)-jism massasining tezlik vektoriga ko’paytmasiga teng bo’lganva yunalishi tezlik vektori yunalishi bilan mos keladigan vektor kattalik.
Impuls momentining saqlanish qonuni. Yopiq sistemada impuls momenti saqlanadi, ya’ni vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Oldin ta’kidlanganidek impuls momentining saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonunlaridan biri bo’lib, u fazo izotropligining natijasidir.
Inertlik –jismning tinch yoki to’g’richiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish qobiliyatiga aytiladi.
Inertsial sanoq sistemalari-Nyuton qonunlari bajariladigan sanoq sistemalari.
Ishqalanish turlari. Agar jismlar bir-biriga nisbatan harakatsiz bulsa tinchlikdagi ishqalanish, sirpansa-sirpanish ishqalanishvaharakat turiga qarab aylanma, tebranma harakatdagi ishqalanishlarga ajratiladi.
Issiqlik almashinuvi-mexanik ish bajarmasdan ichki energiyaning uzatilish jarayoni.
Issiqlik dvigateli deb yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga aytiladi.Issiqlik dvigatellariga: bug’ mashinasi, bug’ turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.
Issiqlik miqdori, issiqlik almashinuvi jarayonida jismlar oladigan yoki beradigan energiya o’lchovidir.
Izobarik jarayonlar-bosim o’zgarmasdan ro’y beradigan jarayonlar.
Izotermik jarayonlar-harorat o’zgarmasdan ro’y beradigan jarayonlar.
Izoxorik jarayonlar- hajmo’zgarmasdan ro’y beradigan jarayonlar.
Jismning aylanish o’qiga nisbatan inertsiya momenti deb jism har bir moddiy nuqtasi massasining aylanish o’qigacha bo’lgan masofa kvadratiga ko’paytmalarining yig’indisiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
Jismning issiqlik sig’imi deb uning temperaturaini 1 K ga o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Jismning vazni-Yerga tortilishi natijasida vujudga keladigan va uni erkin tushishdan saqlab turgan tayanchga yoki ilgakka ko’rsatadigan bosim kuchi.

Download 358 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling