Jismning vaznsizlik holati-uning faqatgina og’irlik kuchi ta’siridagi harakat holati.
Kandela (kd) –540∙1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chikaradigan manbaning, energetik kuchi 1G’683 VtG’sr bo’lgan yunalishdagi yorug’lik kuchi;
Kelvin (K)-suv uchlamchi nuqtasi termodinamik haroratining 273,15 dan bir qismiga teng harorat birligi;
Kilogramm (kg)- kilogrammning xalqaro timsolining massasiga teng massa. Parij yaqinidagi Sevr shahrida o’lchovva tarozilar xalqaro byurosida saqlanayotgan platina-iridiy qotishmasining massasi);
Kinematika-jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmay urganadigan bo’lim.
Klapeyron tenlamasiga muvofiq berilgan gaz massasi uchun gaz bosimi vahajmi ko’paytmasining haroratga nisbati o’zgarmas kattalikdir.
Kuch– vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan kursatilayotgan mexanik ta’sirningo’lchovi hisoblanadi va natijada jism yoki tezlanish oladi yoki o’zining shakli va o’lchamlarini uzgartiradi.
Loshmidt soni.Normal sharoitda 1 m3 gazdagi molekulalar Loshmidt soni bilan aniqlanadi. Ma’lumki 1 mol gazda NA ta molekula mavjud, va 1 mol gaz normal sharoitda V0 hajmni egallaydi.Unda normal sharoitda istalgan gazning 1 m da ta molekula mavjud bo’ladi.
Majburiy tebranishlar-tashqi kuch ta’sirida bo’ladigan tebranishlar.
Matematik mayatnik deb cho’zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og’irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi.
Metr (m) – yorug’likning bushliqda 1G’299792 458 s da utadigan yulining uzunligi;
Mexanik energiya deb mexanik harakatlarning vao’zaro ta’sirlarning miqdoriy o’lchoviga aytiladi.
Mexanik harakat- jismlarning, yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan urnining uzgarishi.
Mexanik ish- kuchning shu kuch ta’sirida ro’y bergan kuchishga skalyar ko’paytmasiga teng bo’lgan kattalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |