/ — eritma yig`gich; 2 — absorberlar; 3 — sovitgichlar; 4 — nasoslar.
eritmalar uchun yig`gichlar 2, nasoslar 3, sovitgichlar 4, issiqlik almashgich 5 va desorbsiya kolonnasi 6 dan tashkil topgan. Ifloslangan gaz birinchi kolonnaga beriladi, suyuqlik esa absorbentning tepa qismidan yuboriladi, bu erda, gaz bilan suyuqlik uzluksiz kontaktga uchraydi. Ushbu qurilmada suyuqlik chegaralangan sikl bo׳yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yo׳naltiriladi. Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan sikl bo׳yicha ta’minlanib turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritmaning konsentratsiyasi ma’lum qiymatga etganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi.
8.10-rasm. Resirkulyatsiyali absorbsiya-desorbsiya qurilmasining sxemasi: 1 - absorberlar; 2 - yig`gichlar; 3 - nasoslar;
4 - sovitgichlar; 5 — issiqlik almashgich; 6 — desorber.
Shunday qilib, eritmaning konsentratsiyasi birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaga o׳tganda
ko׳payadi va birinchi kolonnaning siklida konsentratsiyasi ancha yuqori bo׳lgan eritma hosil bo׳ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich 5 da isitilib, desorbsiya kolonnasi 6 ga yuboriladi. Desorberda suyuqlikda yutilgan komponent issiqlik ta’sirida bug`latiladi. Toza issiq erituvchi yig`gich 2 ga tushadi. Bu erituvchi nasos 3 yordamida issiqlik almashgich 5 va sovitgich 4 orqali ikkinchi kolonnaning sikliga qaytariladi. Desorbsiya qilingan gaz esa qurilmaning yuqorigi qismidan uzatiladi. Ushbu qurilmada suyuqlik resirkulyatsiya qilinadi va faqat ayrim yo׳qotilishlarni qoplash uchun kam miqdordagi toza erituvchi qo׳shib turiladi, erigan komponent esa toza holda hosil bo׳ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |