Absorbsiya Umumiy tushunchalar
Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali chizmalari
Download 1.12 Mb.
|
Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali chizmalari
16-d, e rasmlarda keltirilgan. Bunday chizmalarda absorbent ko‘p marta o‘tadi. 16- d rasmda absorbent bo‘yicha resirkulyatsiyali chizma keltirilgan. Bunda gaz faza absorberning tepa qismidan kirib, past qismidan chiqib ketsa, suyuq faza esa qurilmadan bir necha marta qaytarib o‘tkaziladi. Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Ya’ni, xb konsentratsiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan aralashishi natijasida uning konsentratsiyasi xs ga ko‘tariladi. Jarayonning ishchi chizig‘i y-x diagrammada AB to‘g‘ri chizig‘i bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keying konsentratsiyasi xs ni moddiy balans tenglamasidan toрish mumkin. Agar absorberga kirishdagi absorbent miqdorini yangi absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilansa, moddiy balans tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: Bunda: G ⋅ − (bax) L x (ax−xb) x −x Ln ⋅(xaxxc) . . xc ax(n 1)b n Gaz fazasi resirkulyatsiyali absorbsiya sxemasi 16- e rasmda keltirilgan. Ishchi chiziq holati As (gs, xox) va B (gox, xb) nuqtalari bilan belgilanadi. gs konsentratsiya moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi: c
ax(n 1)b n .
Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffitsiyenti ko‘payadi, bu esa, o‘z navbatida, massa o‘tkazish koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi. Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni resirkulyatsiya qilish usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Agar absorbtiv resirkulyatsiya qilinsa, gaz fazasida massa berish koeffitsiyenti ko‘payadi. Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling