Absorbsiya
Download 109.59 Kb.
|
4-mavzu ABSORB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Silikagellar
Faollangan ko‘mirlar odatda tarkibida uglerod bor yog‘och, torf, µayvonlar suyagi, toshko‘mir kabi maµsulotlarni quruq µaydash yo‘li bilan olinadi. Ko‘mir faolligini oshirish uchun unga 900°S dan ortiq temperaturada µavosiz termik ishlov beriladi. Bunda, material kovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida ekstraksiya qilib olinadi.
Faollangan ko‘mirlarning solishtirma yuzasi - 600...1750 m2/g, to‘kma zichligi - 250...450 kg/m3, mikrokovaklar µajmi - 0,23...0,7 sm3/g. Undan tashqari, ular tarkibida juda kam miqdorda (<8%) kul bo‘ladi. YAna shuni ta’kidlash kerakki, µavoda 300°S temperaturada faollangan ko‘mir yonadi. Faollangan ko‘mirning mayda kukunlari 200°S ga yaqin temperaturada yonadi va konsentratsiyasi 17...24 g/sm3 bo‘lganda µavo tarkibidagi kislorod bilan portlovchi birikma µosil qiladi. Adsorbsiya jarayonida tozalashning samaradorligi adsorbentning g‘ovaksimon tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda mikrokovak asosiy rol o‘ynaydi. Faollangan ko‘mirlar adsorbsion bo‘shlig‘ining chegaraviy µajmi 0,3 sm3/g ligi tozalash jarayonida qo‘llash tavsiya etiladi. Ma’lumki, mikrokovaklar o‘lchami katalitik reaksiyalar tezligini belgilaydi. Mikrokovak o‘lchami 0,8...1,0 mkm bo‘lgan faollangan ko‘mirlar optimal deb µisoblanadi. Spirt va liker-aroq ishlab chiqarish sanoatida oq qayin BAU, buk kabi yog‘ochlardan olingan faollangan ko‘mir, spirt-rektifikatlarni aldegid, keton, murakkab efir, karbon kislotalar va yuqori molekulali birikmalardan tozalashda ishlatiladi. Undan tashqari, mevalar sharbati va pivoni tindirish uchun µam ishlatish mumkin. £and sharbatini tindirish uchun esa suyak ko‘miri asosida olingan ko‘mirlar qo‘llaniladi. £and sharbati, konyak, vino, meva sharbatlari, efir yog‘lari, jelatinni tozalash uchun mayda donasimon faollangan ko‘mir - dekolar ishlatiladi. Ayrim µollarda, faollangan ko‘mirlar tozalash bilan birga µid, yoqimsiz ta’m, kolloid va boshqa qo‘shimcha aralashmalarni µam yo‘qotadi. Silikagellar - bu kremniy kislota gelining suvsizlantirilgan maµsulotidir. Ushbu adsorbentlar natriy silikat eritmalariga kislota yoki ular tuzlarining eritmalarini ta’siri natijasida olinadi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 400...780 m2/g, to‘kma zichligi esa - 100...800 kg/m3. Silikagel granulalari 7 mm gacha bo‘lishi mumkin. Silikagellar asosan suv bug‘ini yutish, gazlarni quritish, pivo yoki meva sharbatlarini tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga qaraganda yonmaydi, mexanik jiµatdan mustaµkam bo‘ladi. Seolitlar - tabiiy va sun’iy mineral µolatida bo‘lib, alyumosilikatning suvli birikmasi. Ushbu adsorbent suvda va organik erimalarda erimaydi. Sun’iy seolit kovaklari o‘lchami sorbsiyalanayotgan molekula o‘lchamiga yaqin bo‘lgani uchun, kovaklarga kiriyotgan molekulalarni adsorbsiya qila oladi. Bu turdagi seolitlar molekulyar elaklar deb nomlanadi. Seolitlarning ayrim turlari sharbatlarni konsentrlash uchun ishlatiladi. Seolitlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun, gazlarni va suyuqliklarni qisman quritish yoki suvsizlantirish uchun µam qo‘llaniladi. Seolitlar, ko‘pincha 2...5 mm diametrli granula ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Download 109.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling