Abstrakt algebra
Download 0,99 Mb.
|
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4.11-teorema.
- 4.4.6-misol.
- 4.4.7-misol.
- 4.4.8-misol.
4.4.10-teorema. Bizga G chekli gruppa berilgan bo‘lsin. U holda quyidagilar ekvivalent:
Isbot. 1) ⇒ 2) G gruppa nilpotent bo‘lganligi uchun {e} = G0 ⊆ G1 ⊆ G2 ⊆ · · · ⊆ Gn = G markaziy qator mavjud. Aytaylik, H maksimal qism gruppa bo‘lsin, u holda G0 ⊆ H ⊂ Gn va H /= G bo‘lgani uchun Gm ⊆ H va Gm+1 /⊆ H shartlarni qanoat- lantiruvchi m ≥ 0 soni topiladi. Demak, a ∈ Gm+1, a ∈/ H element mavjud. Endi aGm ∈ Z(G/Gm) ekanligidan ixtiyoriy h ∈ H uchun (aGm)(hGm) = (hGm)(aGm) ekanligiga, ya’ni h−1a−1ha = (ah)−1ha ∈ Gm ⊆ H munosabatga ega bo‘lamiz. Bu esa, a−1ha ∈ H, ya’ni a−1Ha ⊆ H ekanligini anglatadi. Xuddi shunga o‘xshab, aHa−1 ⊆ H munosabatni ham hosil qilish mumkin. Demak, a−1Ha = H, bu esa, a ∈ N (H) ekanligini bildiradi. Natijada biz H /= N (H) munosabatga ega bo‘ldik. H ning maksimalligidan esa, N (H) = G hosil bo‘ladi. Ya’ni H normal qism gruppa.
aPa−1 ⊆ aN (P )a−1 ⊆ aHa−1 = H bo‘ladi. Bu esa, P va aPa−1 Silov p-qism gruppalarining H ga ham qism bo‘lishini bildiradi. Demak, h ∈ H element topilib, h(aPa−1)h−1 = P bo‘ladi. Bundan esa, ha ∈ N (P ) ⊆ H ekanligi, hamda a = h−1(ha) ∈ H kelib chiqadi. Ya’ni H = G bu esa H ning maksimal ekanligiga zid. Demak, P normal qism gruppa.
holda G gruppa Silov qism gruppalarning to‘g‘ri ko‘paytmasi shaklida ifodala- nishini ko‘rsatish qiyin emas. Silov qism gruppalari p-gruppalar bo‘lganligi uchun berilgan gruppa p-gruppalarning to‘g‘ri ko‘paytmasi shaklida ifodalanadi.
chiqadi. Biz Silov teoremalari mavzusida kommutativ gruppalar uchun Lagranj teore- masining teskarisi o‘rinli ekanligini ko‘rsatgan edik. Ya’ni kommutativ gruppaning tartibi m ga teng bo‘lib, n soni m ning bo‘luvchisi bo‘lsa, u holda gruppada tar- tibi n ga teng bo‘lgan qism gruppa mavjud bo‘ladi. Quyidagi teoremada nilpotent gruppalar uchun ham Lagranj teoremasining teskarisi o‘rinli bo‘lishini ko‘rsatamiz. 4.4.11-teorema. Aytaylik, G nilpotent gruppa bo‘lib, |G| = m bo‘lsin. Agar n | m bo‘lsa, u holda G gruppa tartibi n ga teng bo‘lgan qism gruppaga ega. 1 2 k Isbot. Aytaylik, m = pr1 pr2 . . . prk bo‘lib, Hi, 1 ≤ i ≤ k qism gruppalar G gruppaning Silov p-qism gruppalari bo‘lsin. U holda G = H1 × H2 × H · · · × 1 2 k Hk bo‘lib, ixtiyoriy n | m soni n = pt1 pt2 . . . ptk ko‘rinishida bo‘ladi. |Hi| = i i p ri bo‘lganligi uchun bu qism gruppalarning tartibi pti ga teng bo‘lgan Ai qism gruppalari mavjud. U holda B = A1 × A2 × · · · × Ak qism gruppaning tartibi n ga teng bo‘ladi. 4.4.6-misol. Yechiluvchan G gruppaning H (H /= {e}) qism gruppasi uchun H(1) /= H ekanligini isbotlang. Yechish. Faraz qilaylik, H(1) = H bo‘lsin, u holda, H(2) = [H(1), H(1)] = [H, H] = H(1) = H /= {e} ekanligidan, induktiv tarzda H(n) = H /= {e} bo‘lishini hosil qilamiz. Ikkinchi tomondan esa, G gruppa yechiluvchan bo‘lganligi uchun uning H qism gruppasi ham yechiluvchan bo‘ladi. Bu esa, qandaydir k uchun H(k) = {e} bo‘lishini anglatadi. Natijada biz ziddiyatga ega bo‘lamiz, demak, H(1) /= H. Q 4.4.7-misol. GLn(R), n ≥ 3 gruppaning yechiluvchan emasligini ko‘rsating. Yechish. Aytaylik, G = GLn(R) bo‘lsin. Eij orqali ai,j = 1 va qolgan ele- mentlari nolga teng bo‘lgan n-tartibli matritsani belgilaymiz. U holda E E = ( Eis, agar j = r, ij rs 0, agar j r. Bundan tashqari, I birlik matritsa uchun i /= j da I + Eij ∈ G bo‘lib, (I + Eij)−1 = I − Eij bo‘ladi. Aytaylik, T = ⟨I + Eij | i /= j⟩ bo‘lsin, ya’ni T orqali {I + Eij | i /= j} elementlardan hosil bo‘lgan qism gruppani belgilaylik. U holda n ≥ 3 bo‘lganligi uchun shunday k, 1 ≤ i k /= j ≤ n soni topilib, (I + Eik)(I + Ekj)(I + Eik)−1(I + Ekj)−1 = (I + Eik)(I + Ekj)(I − Eik)(I − Ekj) = (I + Ekj + Eik + Eij)(I + Ekj + Eik + Eij) = (I + Eij) bo‘ladi. Bu esa (I + Eij) ∈ T (1) ekanligini anglatadi, ya’ni T = T (1). Demak, T yechiluvchan emas, bundan esa, G gruppaning ham yechiluvchan emasligi kelib chiqadi. Q 4.4.8-misol. D4 gruppa uchun markaziy qator toping. Yechish. Ma’lumki, D4 = ⟨a, b⟩ bo‘lib, ord(a) = 4, ord(b) = 2 va ba = a3b. Ushbu gruppa uchun quyidagi qatorni qaraymiz {e} ⊆ {e, a2} ⊆ {e, a, a2, a3} ⊆ D4, ya’ni G0 = {e}, G1 = {e, a2}, G2 = {e, a, a2, a3} va G3 = D4. Ma’lumki, ushbu qator normal qator bo‘lib, |D4/G1| = 4 va |D4/G2| = 2 ekanligidan D4/G1 va D4/G2 gruppalarning kommutativ ekanligi kelib chiqadi. Demak, G2/G1 ⊆ D4/G1 = Z(D4/G1) va D4/G2 ⊆ Z(D4/G2) = D4/G2. Bundan tashqari, Z(D4) = {e, a2} = G1 ekanligidan G1/G0 ⊆ Z(D4/G0) munosabatni hosil qilamiz. Demak, keltirilgan G0 ⊆ G1 ⊆ G2 ⊆ G2 qator markaziy qator bo‘ladi. Q
K4, S3, D4, Q8, Z3 × Z3, Z15, A4, S4.
S3, D4, Q8, A4, S4.
12, 15, 20, 21, 28, 35, 36, 42, 45, 100.
16, 27, 33, 35, 45, 51, 65.
D4, Q8, A4, S4, S3 × Z2, S3 × Z3, S3 × S3.
D4, Q8, A4, S4, S3 × Z2, S3 × Z3, S3 × S3.
Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling