Abt ijrochi organi – cho’kma nasos elektr yuritmasining uzatish funksiyasini aniqlash


Download 109.61 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi109.61 Kb.
#1328480
Bog'liq
8 amaliyot


ABT ijrochi organi – cho’kma nasos elektr yuritmasining uzatish funksiyasini aniqlash

Avtomatik boshqarish nazariyasida uzatish funksiyasi muhim ahamiyatga ega bo'lgan parametrlardan hisoblanadi hamda kirish va chiqish signallarining o‘zaro nisbati ko'rinishida aniqlanadi. Uzatish funksiyasi sistema yoki zvenoning dinamik xossalarini xarakterlab beradi. Laplas nazariyasi bo‘yicha bo'yicha differensial tenglamalami o'zgartirish uzatish funksiyasi ta’rifini juda qulay shaklga keltirish imkonini beradi, ya’ni uzatish funksiyasi deb operator ko‘rinishdagi chiqish kattaligining kirish kattaligiga boshlang'ich sharoitlardagi nisbatiga aytiladi. Uzatish funksiyasi quyidagi formulaga asosan topilishi mumkin [3, 4, 8 -10]:



Laplas o'zgartirishining qoidalaridan foydalanib, yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘zgarmas tok motori tezligini stabilizatsiya qilish sistemasi differensial tenglamasini operator formasida dastlabki boshlang‘ich qiymatlami hisobga olgan holda quyidagicha yozish mumkin:

Odatda, sistemaning uzatish funksiyasi ikkala ta'sirdan bittasi - berilgan ta’sir yoki toydiruvchi ta’sir ostida ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun umumiy holda tenglama quyidagicha yoziladi:

Ko‘p hadlami quyidagicha belgilab olamiz:

U holda, nisbat uzatish fiinksiyasini beradi. D(p) X(p) Yuqorida aytib o‘tilgani kabi, uzatish funktsiyasi Laplas ko'rinishidagi chiqish kattaligining kirish kattaligiga nisbatidan iborat bo‘lib, bu holda sistema boshlang'ich nol qiymatlari hisobga olinadi. Agar D(p)=0 va K(p)=0 hollariga mos ravishda uzatish fiinksiyasining qutblari ri va nollari qi ma'lum bo‘lsa, u holda uzatish funksiyasi uchun quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:

Bu ifodaga nisbatan ratsional kasmi elementar kasrlarga ajratish qoidasi qo'llanilsa:

O‘lchash diapazoni (maksimal kirish signali).
Qurilma va uskunalarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘liq holda ochiq havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o‘zgarishi, tur-li aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Qishloq va suv xo‘jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi tal-ablardan kelib chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi ta‘sirlarga chidamli, para-metrlarini keng diapazonda o‘zgaruvchi qilib ishlanishi zarur.
Bu esa loyihalashtirilayotgan ob‘ektdagi texnik vositalarning ishdan chiqi-shini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda ishlovchi mashinalarda o‘rnatilgan birlamchi o‘zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat as-boblari va boshqa texnik vositalarga ta‘sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish vositala-rini alohida xonalar yoki tashqi muxitga chidamli bo‘lgan maxsus shkaflarda o‘rnatish mumkin.
Datchik chiqish signalining parametrlari.
Zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari quyi darajadagi (taxminan 6—24 V o‘zgarmas tokda) diskret elektr signallari bilan ishlashga mo‘ljallangan.
Shuning uchun, datchik chiqish signalining darajasi shu darajaga
mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Obyekt bilan bog‘lanish qurilmalariasosida (OBQ) ishlab chiqiladigan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga,odatda, yuqori voltli (yuqori kuchlanishli) signallarni (masalan,220 V) qabul qilish uchun mo‘ljallangan bloklar ham kiritilgan. Biroq bunday bloklardan foydalanish faqat chiqishi past voltli datchikdan foydalanish mumkin bo‘lmagan hollardagina maqsadga muvofiqdir.
Diskret signallar datchigi chiqishda faqat ikki qiymatga ega bo‘lishi,ularni 0 (signal yo‘q) va 1 (signal bor) tarzida talqin etish mumkin.Bunday datchiklarni tanlashda buyurtmachi o‘zgartkichning chiqishida 0elektr signalining maksimal qiymati 1 signalning maksimal qiymatidan(tizim bu qiymatlarni 0 uchun 1 ni va aksincha qabul qilib „adashtirmaslik“uchun) ancha farq qilish (5—10 marta) kerakligini hisobga olish
lozim.0 ‘xshash signalli datchiklar o‘lchanayotgan kattalikning butun diapazoni bo‘yicha standart chiqishga ega bo'lishi kerak (odatda bu tokning 0dan 5 mA oraliqda o‘zgarishi, kuchlanish-ning 0 dan 10 V gacha oraliqda o‘zgarishi yoki ayrim hollarda datchik hosil qiladigan chastota o‘zgarishidan
iboratdir).
Download 109.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling