8 – rasm. a) AFX; b) ACHX; v) FCHX; g) LACHX
STASIONAR CHIZIQLI SISTEMALARNING STRUKTURA SXEMALARI VA TENGLAMALARI.
Avtomatik boshqarish sistemalari matematik modelining ulangan zvenolar ko’rinishidagi grafik tasviriga avtomatik boshqarish nazariyasida struktur sxema deyiladi.
Struktur sxemalarda zvenolarni shartli ravishda to’g’ri to’rtburchak shaklida ifodalaydilar. Unda chiqish va kirish kattaliklari hamda zvenoning uzatish funksiyasi W(r) ko’rsatiladi. (9-rasm).
Struktur sxema sistema tarkibidagi zvenolarning orasidagi bog’lanishni hamda sistemadan signallarning o’tishi va o’zgarishini yaxshi tasvirlaganligi sababli amaliyotda ABS larni tadqiq qilishda hamda loyihalashtirishda juda keng qo’llaniladi.
Sistemalarni tadqiq etishda ko’p hollarda struktur sxemalarni o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Struktur sxemalarni o’zgartirishning asosiy qoidalari.
1. Ketma-ket ulangan zvenolar.
Zvenolar ketma-ket ulangan taqdirda oldingi zvenoning chiqishidagi kattalikkeyingi zvenoning kirishidagi kattalik rolini o’taydi.(10-rasm).
Ayrim zvenolarning uzatish funksiyasi Wi(r) ma’lum bo’lsin. Shu bog’lanishning uzatish funksiyasi W(r) aniqlash talab etiladi.
Yn(p)= Wn(p)Yn-1(p)
Yn-1(p)=(Wn-1(p))(Yn-2(p))
……………………………… (16)
………………………………
Y2(p)=W2(p)Y1(p)
Y1(p)= W1(p)X(p).
(16) tenglamalar sistemasidagi oraliqda o’zgaruvchilarni yo’qotib quyidagi ifoda olinadi.
Y(p)=W1(p) W2(p)…Wn(p)x(r)
Bundan
W(p)= Y(p)/x(r)=W1(p) W2(p)…Wn(p)
Yoki
W(p)= Wi(p)
Shunday qilib, zvenolari ketma-ket ulangan bog’lanishlarning, ya’ni ochiq zanjirli sistemaning uzatish funksiyasi ayrim zvenolar uzatish funksiyasining ko’paytmasiga teng bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |