Abtning paydo bo’lishidan oldin boshqarish funksional tamoyil bo’yicha amalga oshirilgan. Korxona


Download 28.8 Kb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi28.8 Kb.
#1687362
  1   2
Bog'liq
Atabek


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA fakuteti

ELEKTR ENERGIYASI yo`nalishi
5” kurs talabasi MADAMINOV ATABEK ning
Elektr energetika sistemalarinin' jag'daylarin basqariw
fanidan

MUSTAQIL ISHI



Mavzu: Energetikada ABTning tuzilmasi


Bajardi: Madaminov Atabek
Qabul qildi: Uzaqbayev Quwat



NUKUS – 2023 Yil
Energetikada ABTning tuzilmasi

Funksional ABT
. ABTning paydo bo’lishidan oldin boshqarish funksional tamoyil bo’yicha amalga oshirilgan. Korxona (tarmoq)larda aniq belgilangan funksiyalarni bajaruvchi boshqaruv bo’linmalari bo’lgan (4.1a- rasm). YAratilgan birinchi ABTlar mavjud boshqaruv tuzilmasini takrorlagani holda bu tizim ustida o’rnatilgan. Funksional ABT deb yuritiluvchi bunday ABTni (4.1b- rasm) mos boshqaruv bo’linmalarining o’z asosiy funksiyalarini bajarishiga yordam beruvchi bir qator funksional kichik tizimlardan iborat qilib tasvirlash mumkin.
Har bir kichik tizim ushbu boshqaruv bo’linmasi tomonidan yechiladigan masalalardan tashqil topgan. Bu masalalar uchun axblrot mos boshqaruv bo’linmalari tomonidan tayyorlangan.
Axborotni yig’ishning eski tizimi yangi, odatda yanada qiyinroq masalalarni yechish imkoniyatlarini cheklagan. Bunday muammolarning barchasi integrallashgan axborot tizimiga ega bo’lgan yangi ABTning paydo bo’lishiga olib keldi (4.1v- rasm).
SHunday qilib, funksional ABT etarlicha kichik tizimlardan tashqil topgan. Har bir kichik tizim umumlashgan integrallashgan axborot tizimiga birlashgan bir qator vazifalarni o’z ichiga oladi. Kichik tizimlar va vazifalarning tarkibi ABTning tuzilmasini belgilaydi.




4.1- rasm. ABT tuzilmasini tushunishga doir.


a- funksional boshqaruv; b- integrallashgan axborot tizimisiz funksional ABT; v- integrallashgan axborot tizimli funksional ABT; R- rahbar; F- funksional bo’linma; KT- ABT kichik tizimi; M- ABT kichik tizimining masalasi.

Vazifa. Vazifa – mustaqil majmuaga ajratilgan, masalan, dastlabki ma’lumotlar, ko’rsatkichlar yoki chiqish hujjatlarini shakllantirishda qulaylikni ta’minlash maqsadida jamlangan, algoritmlar to’plamidir. Vazifalar jamlanmasi korxonaning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi imkoniyatlarini ko’rsatadi.


Ta’minlovchi kichik tizimlar. YUqorida sanab o’tilgan funksional kichik tizimlardan tashqari ABT tarkibiga barcha funksional kichik tizimlar uchun umumiy bo’lgan kichik tizimlar ham kiradi. Bular, masalan, axborot kichik tizimi, matematik ta’minot va boshqalar. Bunday kichik tizimlar ta’minlovchi kichik tizimlar deb yuritiladi.
ABT ierarxiyasi. ABTning asosiy turlari. Odatda ABT ierarxik tamoyillar asosida quriladi. Tarmoq va xududiy ABTlar mavjud. ABTning quyi pog’onasi bo’lib texnologik jarayonlar ABTsi (TJ ABT) hisoblanadi (4.2- rasm).
Bu pog’ona, odatda, nulinchi pog’ona deb hisoblanadi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi pog’onalar bo’lib mos holda korxona (KABT), sanoat birlashmasi (BABT) va soha (SABT) ABTlari hisoblanadi. Boshqarishning eng yuqori – to’rtinchi pog’onasi butun davlatni boshqaruvchi umumdavlat ABTsidir (UDABT).

4.2- rasm. Davlatning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ierarxiyasi.


Energetika sohasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABTsi). Energetika tizimini qurish va ishlatishni boshqarish uchun ushbu sohaning avomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABTsi) yaratilgan. Bu tizim davlatning muhim sohalaridan biri bo’lgan energetikaning samarali boshqarishni ta’minlovchi zamonaviy hisoblash, tashqiliy va axborot vositalari bazasidagi matematik, iqtisodiy va ma’muriy usullar jamlanmasidir. Sohaning ABTsi elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqarish, taqsimlash va sotish hamda ushbu sohadagi qurilishlarni boshqarishning ya’gona tizimi sifatida shakllantiriladi.
Energetika sohasining ABTsi ikkita ixtisoslashgan, to’qqizta funksional va bir qator ta’minlovchi umumsoha kichik tizimlaridan iborat (4.3- rasm). Birinchi ixtisoslashgan kichik tizim – kapital qurilish, qurilish sanoati korxonalari va sanoat korxonalarini boshqarish tizimidir. Ikkinchi ixtisoslashgan kichik tizim esa – elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqarish, taqsimlash va sotishni boshqarish (EICHTS ABTsi) tizimidir.

4.3- rasm. Energetika sohasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tuzilma sxemasi.




Download 28.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling