Abu Аbdulloh ibn Ismoil alBuxoriyning “Аl-adab аl-mufrad” kitobidan hadislar


Download 24.73 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi24.73 Kb.
#1449333
Bog'liq
Mustaqil ish pedagogika


Abu Аbdulloh ibn Ismoil alBuxoriyning “Аl-adab аl-mufrad” kitobidan hadislar.

  1. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan qiladigan amallarimizdan Alloh taologa eng sevimlisi qaysi, deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Farz namozlarni o’z vaqtida o’tish", - dedilar. Men: "Undan keyin qaysi?" - desam, Rasululloh:

"Undan keyin Alloh taolo yo’lida jihod qilish", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud: "Rasulullohdan men shularnigina so’radim. Agar savolimni davom ettiraversam, Rasululloh (s.a.v.) hammasiga javob beraverardilar".

  1. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Alloh taoloning rozi bo’lishi otaning rozi bo’lishiga va uning g’azabi ham otaning g’azabiga bog’liqdir", dedilar .

  2. Ato ibn Yasor (r.a) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) oldilariga bir kishi kelib: "Men bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi. Jaxlim chiqib, u xotinni o’ldirgan edim. Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" - deb so’radi. Shunda Abdulloh: "Onang barhayotmi?" - deb so’radilar. U: "Yo’q, vafot etganlar", degan edi, Abdulloh: "Unday bo’lsa Alloh taologa tavba qil va toqating boricha toat-ibodat qilib, unga yaqin bo’lishga harakat qil", dedilar". Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so’radingiz", deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun onang tirikmi, deb so’ragan edim", dedilar". Ya'ni onasi tirik bo’lib, bola haqida duo qilgan bo’lsa, odam o’ldirishdek katta gunoh bo’lsa ham, o’z fazlu karami bilan avf qilishidan umid qilardim, demoqchi bo’lsa kerak.

4.Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bolaning otasi birovning quli bo’lgan bo’lsa, uni xo’jasidan sotib olib ozod qilmaguncha, uning haqini ado qilgan bo’lmaydi", dedilar".
5. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay'at qilishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo’lmay, xafaliqdan yig’lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen hozir ota-onang oldiga bor! hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo’ldim, deb ularni xursand qil", - dedilar".
Abu Murradan rivoyat qilingan 14-hadis 13-hadisshng mazmunan takrori, ammo unda Abu Hurayra (r.a.)ning asp ismi sharifi Muso ibn Ya'qubdan eshitgani bo’yicha Abdulloh ibn Amr ekashigi eslatshgadi.

6. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xor bo’lsin, xor bo’lsin, xor bo’lsin!" - deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh, kimni aytayapsiz?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini", dedilar.


7. Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi", dedilar"
Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o’rinda umrning uzoq bo’lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo’lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo’lishiga ishoradir. Tubo - jannatdagi bir daraxt nomi .
8. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi", deganlar".

  1. Har qanday zulm haqsizlik, deb anglashilgani kabi musulmon tuzumiga qarshi borish ham zulm, deb tushuniladi .

  2. Rasululloh (s.a.v.)ning: "Al kazzabu lo ummati", ya'ni yolg’onchi mening ummatim emas, degan hadislari mashhurligini muqaddislarning aksariyati rivoyat qiladilar.

9. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh (s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar
10. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Kim Alloh taolodan qo’rqsa va qavmqarindoshlariga yondashsa, ajali ta'xir qilinadi, moli ko’payadi va ahli ayollari uni yaxshi ko’radigan bo’ladi".
11. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan eshitdilar: "Alloh taolo sizlarga onalaringizga yaxshilik qilishni buyurdi". Bu so’zni Rasululloh (s.a.v.) uch martaba takror qildilar. Keyin: "Otalaringizga va undan keyin yaqinroq bo’lgan qarindoshlaringizga ham yaxshilik qilishni buyurdi", dedilar.
12 Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilganlar: "Rahmon bo’lgan Allohdan insonlarga berilgan qarindoshlik rishtasi shunday der ekan: "Yo Rabb! Zulm ostida qoldim! Yo Rabb! Uzildim. Yo Rabb! Menga nisbatan (shunday-shunday yomon ishlar qilindi). Alloh taolo unga shunday javob berar ekan: "Seni uzganlarni tarqatib yuborasanmi va yaxshilik qilmaganlarga yaxshilik qilmasmisan?"

13 Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Beva xotinlar va miskinlar ro’zgoriga (yordam qilish uchun) harakat qiluvchi kishi Alloh taolo yo’lida jihod qiluvchilar va kunduzi ro’zador, kechasi ibodat bilan mashgul bo’ladigan kishilardek savobga egadir", dedilar".


14. Abu Hurayra(r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilganlar: "Bir yetimni boqib olgan musulmon xonadoni xayrliqdir. Musulmon xonadonining eng yomoni yetimni xor qilgan xonadondir. Yetim boqqan kishi men bilan mana shu ikki barmogimdek jannatda birga bo’ladi".
15. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Kim Alloh taoloning panohiga Sig’inib sizlardan yordam so’rasa, unga yordam qiling. Allohni vosita qilib biror narsa so’rasa, so’ragan narsasini bering. Birov sizga moddiy yaxshilik qilsa, yaxshiligini qaytaring! Agar uni qaytarishga qodirbo’lmasangaz, u kishi haqiga duo qiling, toki u odamning qilgan yaxshiligi bekorga ketmaganini bilsin", dedilar".
16 Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning qilgan yaxshiligi uchun tashakkur aytmaydigan kishi Alloh taologa ham tashakkur aytmaydi", dedilar".
17. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".
18. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar, qachon jahlingiz chiqsa, jim turishga o’rganing", dedilar".
19. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening nafsim qo’lida bo’lgan zot nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo’ymoqingiz shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va birbiringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya'ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi", dedilar".
20. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki mo’min banda bir-birini ko’rmay turib, ularning ruhlari bir kunlik yo’lda uchrashadi", dedilar".
Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling