Abu abdulloh muhammad ibn muso xorazmiyning didaktik


Download 46.29 Kb.
bet2/6
Sana09.04.2023
Hajmi46.29 Kb.
#1345340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlatov Abdurashid. 1-20 guruh Psixologiya va Pedagogika slayd

taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi farqinsonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita tarqalishiga turtki bolgan.Eng qadimgi qo'shiq va lirik she'rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo'shiq va lirik she'rlarXI asrda yashagan ulug' olim Mahmud Koshg'ariy tomonidan yaratilgan «Devonu lug'atit-turk» asari orqali bizgacha etib kelgan.

«Devonu lug'atit-turk» asarida qadimgi turkiy so'zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izoh lug'ati deyish mumkin. «Devon» she'rlarida ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo'stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ'ib etuvchi, o'z manfaatini ko'zlagan molparast, baxil, ochko'z, do'sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni qoralaydigan she'rlar ko'p. Bunday she'rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan inson shaxsini shakllantirishda ta'lim-tarbiyaga katta e'tibor berganligidan darak beradi.

Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo'lga qo'yishda ilm-fanning muhim aham iyati to'g'risidagi g'oyani ilgari surgan. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi ohm sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o'z davrigacha bo'lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar - Bobil, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o'rgandi va o'zi ulardan farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi.Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o'zining ulkan hissasini qo'shdi. «Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val muqobala» asarida («aljabr va muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni echish yo'llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo'lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism - algebraik usul qo'llab o'lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo'lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb ataydi.


Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling