Abu ah ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi


Download 63 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi63 Kb.
#242703
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-6-7-8-9-10-11-sinf-tarix-testlar-4 (1)

Javoblar.

1. XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyo-fasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir 1619—1635-yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasa-sini, uning yonida 1646— 1660-yillarda Tillakori mad rasa -masjidini o'z mablag'lari hisobidan bunyod ettirgan, unga tilladan ishlov berish, bezash ishlari bajarilgan. Samarqand Registon ansambli o'zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari biian Markaziy Osiyo me'morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo'lib, bu-gungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyohlari e'tiborini o'ziga jalb qilmoqda.

2. O'zbek shoirasi, ma'rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim — Nodira (1792 — 1842) Andijonda tug'ilgan. Otasi Rahmonqulbiy Andijon hokimi bo'lib, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi edi. Umarxon Marg'ilonga hokim etib
tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan.Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgach,
davlatni idora etishda faol ishtirok etadi,
madrasalar qurdiradi. Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo'qonga to'plagan, ko'p kitoblarni qayta ko'chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e'tibor beradi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg a qilgan.


Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling