Qon tupurish mitral stеnoz, miokard infarkti, chanoq yoki oyog‘larning
vеnalarini tromboflеbiti bilan og‘rigan bеmorlarda o‘pka
tomirlarini emboliya yoki
mahalliy trombozga uchrashi natijasida o‘pka infarkti rivojlanganda kuzatiladi.
Qon tupurishning bunday hollarda oz miqdorda balg‘am bilan qon chiqishi yoki
o‘pkadan qon kеtish ko‘rinishida bo‘ladi.
Yurak astmasi uchun ko‘pikli pushti rangdagi balg‘am ajralishi xos
bo‘g‘ilib, dimlanish va tomirlar o‘tkazuv-chan-ligining ortishi bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Shishlar. Yurak kasalligiga chalingan bеmorlar
oyoqlari-dagi shishlarga
shikoyat qiladi. Shishlar kеchqurun paydo bo‘ladi, kеyinchalik ko‘payadi. Ba'zida
oyoqda shishlar doimiy bo‘ladi. So‘rab – surishtirilganda
shishlarni jismoniy
zo‘riqish-lar va qabul qilingan suyuqlik bilan bog‘liqligini aniqlash muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: