DORI MODDALARNI TERI ORASIGA YUBORISH.
Teri orasiga in‘yeksiyalar diagnostika maqsadlarida va
maxalliy og‘riqsizlantirish uchun qilinadi. Buning uchun uzunligi 2-3 sm dan
oshmaydigan va bo‘shlig‘i kichkina igna ishlatiladi.
Diagnostika allergik sinamalar shu usul bilan o‘tkaziladi. Sinama natijasi 24-
48 soatdan keyin aniqlanadi.
Kerakli jixozlar: Dorilar, shprits, igna, steril doka yoki paxta sharcha, fantom
qo‘girchoq, spirt.
Ishni bajarish tartibi. Teri orasiga dori yuborish uchun bilakni o‘rta 3 qismi ichki
yuzasi tanlanadi. In‘yeksiyadan oldin qo‘lni sovunlab iliq suvda yuviladi.
Qo‘lni artmay turib spirt surtiladi. Shpritsga kerakli miqdordagi dori sodda tortib
olinadi. In‘yeksiya qilinadigan soxa terisi spirtga xo‘llangan steril paxta sharcha
bilan artiladi. Chap qo‘l bilan teri pastga tortiladi. O‘ng qo‘l bilan ignani kesik
uchini yuqoriga karatib, teri soxasiga parallel xolda yo‘naltiradi. Uning uchini 0,5
sm ichkariga terining muguz qavati ostigagina kiradigan qilib kiritiladi. Extiyotlik
bilan o‘ng qo‘l bushatib olinadi va 1-2 tomchi suyuqlik yuboriladi. Natijada terida
dori yuborilgan joyda limon po‘stiga uxshash oqimtir dumboqcha hosil bo‘ladi.
In‘yeksiyadan keyin, in‘yeksiya qilingan soxaga ustini spirtga xo‘llangan steril
paxta bosilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |