Mavzu №7. Elektr
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Nazariy material 913599544a2f00969e66c5ecd14a4447
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.YUrakda qo‘zg‘alish va quzg‘alishni o‘tkazish. elektrokardiogramma.
MAVZU №7. ELEKTR MAYDON TUSHUNCHASI. ELEKTROGRAFIYANING FIZIK ASOSLARINI O‘RGANISH. REJA: 1.Elektrokardiografiyaning fizik asoslari 2. Yurak biopotensiallarini hosil bo’lishi 3.YUrakda qo‘zg‘alish va quzg‘alishni o‘tkazish. elektrokardiogramma. Biologik to‘qimalar va organlar xar xil elekir qarshiliklardan iborat bo‘lib, turli tuzilishlarga ega. Ularning qarshiliklari elektr toki ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Bu xol tirik biologik to‘qimalar qarshiliklarini o‘lchash ishini qiyinlashtiradi. Organizm ichida tok asosan qon va limfatik tomirlar, muskullar va nerv ustunlarining qobiqlarida tarqaladi. To‘qimalarning qarshiligi o‘z navbatida ularning xolati, qalinligi , yoshi, namligi va xokazoga ko‘ra aniqlanadi. To‘qimalar va organlarning elektr o‘tkvzuvchanligi ularning funksional xolatiga bog‘liq, demak undan diagnostik ko‘rsatkich sifatida foydalanish mumkin. Masalan: yallig‘lanish vaqtida xujayralar shishganda , xujayralararo birlashmalarning kesimlari kamayadi va elektr qarshiligi kattalashadi. Ko‘p terlashga sabab bo‘ladigan fiziologik xodisalar teri elektr o‘tkazuvchanligining ortishi bilan kuzatiladi. Elektrokardiografiya yurak Qon tomiri sistemasini o‘rganuvchi metodlardan biridir. Bu metod asosan yurakdagi biopotetsialni qayd qilishga asoslangan. Bu metodning tamoili yurak muskulini qisqarishi natijasida xosil bo‘lgan elektr potensialini kuchaytirib uni qayd qilishdan iborat. YUrak bioelektr impulsini xosil bo‘lishiga sabab, muskul kataklaridagi membrana orqali kaliy, natriy, kalsiy, xlor ionlarini xarakati asosida tushuntiriladi. Bioelektr maydonini elektr yurutuvchi kuchi yoki patensialini faqat to‘qimamalarda emas, odam tanasini boshqa qismlarida ham o‘lchash mumkin. Tokning elektr zanjiriga okib kirishi va undan okib chikishidan iborat bo‘lgan ikki kutbli sistemaga dipol’ elektr generatori yoki tokli dipol’ deyiladi. Tirik to‘qimalar elektr potensiallarning (biopotensiallarning) manbaidir. To‘qima va organ biopotensiallarining diagnostika (tekshirish) maqsadlarida qayd qilish elektrografiya deb nom olgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling