Mavzu №7. Elektr
cheklanmagan va solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Nazariy material 913599544a2f00969e66c5ecd14a4447
cheklanmagan va solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi
bo‘lgan bir jinsli deb faraz kilinadi YUrak xakidagi dipolli tasavvurni Eyntxovenning tarmoklanish nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Bu nazariyaga binoan, yurak dipol momenti R yu bo‘lgan tokli dipol bo‘lib, yurak sikli davomida u buriladi, xolatini va ko‘yilgan nuktasini o‘zgartiradi (ko‘pincha bu vektorning kuyilish nuktasining o‘zgarishi e’tiborga olinmaydi). Bioelektrik impulslar yurakdan uzoqlashgan sari susayib boradi yani uning amplitudasi masofa kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayib boradi. Taxminan 12-13 sm masofalarda bu impulslar deyarli 0 ga teng bo‘lib qoladi. Xozirgi vaqtda odam tanasini nuqtalaridan 12 ta ajratmalar olish yo‘lga qo‘yilgan. Ularni 6 tasi odamni oyoq qo‘l qismlaridan bo‘lsa, 6 tasi ko‘krak qafasida bo‘ladi. 1913-yil Eyntxoven tomonidan taklif qilingan standart 2 qutbli ajratmalar yurak atrofidagi nuqtalar va odam tanasini boshqa nuqtalari orasidagi potensiallar farqini o‘lchashga imkon beradi. Bu ajratmalardagi bioelektrik potensiallar farqini yozish uchun elektrodlar: qizil rangli o‘ng qo‘lga sariq rangli chap qo‘lga va yashil ranglisi chap oyoqqa maxkamlanadi. Bunda kontakt bo‘lishi uchun elektrod yoki elektrod qo‘yiladigan joylar suyuqlik bilan xo‘llanadi. 4-elektrod esa o‘ng oyoqqa o‘rnatiladi va er potensiali vazifasini yani 0 potensial nuqta vazifasini bajaradi va odatda qora rangda bo‘ladi. Standart ajratmalar teng tomonli uchburchak (Eyntxoven uchburchaklari) xosil qiladi va uning tomonlari teng bo‘lib uchlari esa elektrodlar o‘rnatilgan o‘ng qo‘l, chap qo‘l va chap oyooq bo‘ladi. Teng tomonli Eyntxoven uchburchak markazida yurakning elektr markazida yurakning elektr markazi yoki yakka yurak depoli joylashgan deb qaraladi. 2 ta elektrodni tutashtiruvchi gipotetik chiziq elektrokordio grafik ajratmani xosil qilib ajratmaning o‘qi deyiladi. Ajratmalardan olinayotgan potensiallar farqi – bioelektr signalini kuchaytirish usulini 1942-yilda Goldberger taklif qilgan bunda bitta ajratmalardan biriga faol elektrod o‘rnatiladi. Unda manfiy elektrod sifatida Goldberger birlashgan – umumlashgan elektrodi ishlatiladi va ikkita o‘zaro ulangan a’zolarning qarshiliklarda xosil bo‘ladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling