Kompyuterning fizik asoslari


Download 40.32 Kb.
bet1/9
Sana03.10.2023
Hajmi40.32 Kb.
#1691304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sillabus - KFA-2023-2024


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





TASDIQLAYMAN”
Urganch davlat universiteti rektori
_________________B. Abdullayev
____________________

KOMPYUTERNING FIZIK ASOSLARIFANI BO‘YICHA
SILLABUS
Kunduzgi bo‘lim uchun



Bilim sohasi:

600 000 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ta’lim sohasi:

610 000- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ta’lim yo‘nalishi:

60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari



Urganch – 2023

Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Oldingi ta’lim tizimidagi axborot texnologiyalari




Fan nomi:

Ta’limda Axborot texnologiyalari



Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

KFAB306

Yil:

3

Semestr:

5

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

180

Ma’ruza

44

Amaliy mashg‘ulotlar

46

Laboratoriya mashg‘ulotlari



Seminar



Mustaqil ta’lim

90

Kredit mikdori:

6

Baholash shakli:

Imtihon (yozma)

Fan tili:

O‘zbek




Fan maqsadi (FM)

FM1

Fanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy kompьyuterlar tarkibiy qismlari va qurilmalari ishlashining fizik asoslari boʼyicha yoʼnalishga mos bilim, koʼnikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga maʼlumotlarni hosil qilish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonlaridan boshlab murakkab radioelektron sxemalar ishlashining fizik asoslarini va ularni qoʼllanishini oʼrgatishdan iboratdir.
“Kompyuterning fizik asoslari” fani “Kompyuter arxitekturasi” va “Kompyuter tarmoqlari” fanlari va bоshqa kommunikatsiya tехnоlоgiyalari fanlari bilan o`zarо bоg’liqlikda o`rganiladi.




Ta’lim natijalari (TN)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

TN2

Taʼlim jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi ;

TN3

O‘qitishda onlayn Smart texnologiyalardan foydalana olishi ;




Ko‘nikmalar jihatidan:

TN4

O‘tilgan mavzular yuzasidan yetarli bilimlarga ega bo‘la oladi ;

TN5

Real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajara oladi;

TN6

Loyiha ishi bajara oladi;

TN7

Mustaqil ishlarni bajar oladi.




Fan mazmuni




Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

Soat

M1

O‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi nazariyasi asoslari
Atomlar, molekula va kristallarda elektron holatlari spektrlari. Energiyaning ruxsat etilgan va taqiq sathlari. Energiya sohalari va Fermi sathi. Moddalarni o‘tkazgichlar (metallar), yarimo‘tkazgichlar va dielektriklarga ajratish prinsiplari. Yarimo‘tkazgichlarda xususiy va aralashmali o‘tkazuvchanlik

2

M2

Yarimo‘tkazgichlar fizikasi elementlari. Yarimo‘tkazgichli diodlar
Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar harakati – diffuziya va dreyf. Elektron-kovak o‘tishlari va uning xarakteristikalari. Yarimo‘tkazgichli diodlar. Metall-yarimo‘tkazgich kontakti. Shottki diodi. Yarimo‘tkazgichli diodlar tezkorligi.

2

M3

Bipolyar tranzistorlar
Ikkita yaqin joylashgan elektron-kovak o‘tishlarining o‘zaro ta’siri. Bipolyar tranzistorlar. Ulanish turlari. Bipolyar tranzistorlarning kalitli ish rejimi va tezkorligi.

2

M4

Maydonli tranzistorlar
Maydonli tranzistorlar. Izoliyatsiyalangan kanalli MOP strukturalar va ularning tezkorligi. Ko‘p emiterli tranzistorlar.

2

M5

Raqamli elektronika
Sanoq sistemasi. Almashtirishlar. Mantiqiy elementlar. Mantiqiy element kombinatsiyalari. De Morgan teoremasi va uni raqamli sxemalar uchun tadbiqi. Triggerlar, registrlar, sanagichlar.

2

M6

Zamonaviy kompyuterlarning element bazasi
Kompyuter arxitekturasi haqidagi asosiy tushunchalar. Kompyuterni ko’psathli tashkil qilinishi. Zamonaviy kupsathli kompyuterlar. Bazaviy struktura. Kompyuter arxitekturasining rivojlanishi. Kompyuterlarning turlari va oilalari. Mikrokontrollerlar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar, ishchi stansiyalardan iborat komplekslar - klasterlar va maynfreymlar.
Tizimli blokning umumlashgan strukturasi. Kompyuterning ishlash rejimlari..

2

M7

Bul algebrasi va Bul sxemalarini amalga oshirish
Ventillar va bul algebrasi. Asosiy ventillarning ishlash tamoillari. Bul funksiyalarini amalga oshirish. Integral sxemalarni ishlab chiqishda qo’llanilgan bazislar. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar. Kombinatsion va arifmetik sxemalar.

2


Download 40.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling