qorin devorining yonbosh yuzasi va qo‘ltiq osti soxasining pastki qismi eng qulay
soxalar xisoblanadi. Bu soxalarda teri osongina burmalar hosil qilib yig‘iladi va
qon tomirlari nervlar va suyak usti pardasining shikastlanishi xavfli bo‘lmaydi.
Ko‘pincha teri orasini in‘yeksiya qilish uchun yelkaning o‘rta 1\3 qismi tashqi
tomoni tanlanadi.
In‘yeksiyadan oldin teri yaxshilab spirt bilan artiladi. Chap qo‘l bilan usha
soxani
asosi pastga qaragan uchburchak shaklidagi burma
hosil
qilib yig‘iladi. O‘ng qo‘lning ikkinchi barmog‘i bilan igna
muftasi bilan silindr
tanasi ushlab turiladi. Ignani chaqqonlik bilan uchburchak asosiga 450 burchak
ostiga, chap qo‘lning 1 va 2 barmoqlari orasida 1-2 sm ichkariga kiritiladi.
Ignaning uchi teri orqali o‘tib, teri osti qavatiga to‘shganiga ishonch hosil
qilingach eritma sekin yuboriladi. Dorining hammasi yuborilgandan so‘ng, igna
tezda chaqqonlik bilan chiqarilib olinadi. Igna sanchilgan joy ozroq vaqt spirtga
xo‘llangan paxta sharcha bilan bosib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: