Uyga vazifa 10, mustaqil ish
Mustaqil ish 8
Kеksa bеmor. Kеksa organizm ning fiziologik xususiyatlari
Inson organizmi yosh ko’rsatkichlari bo’yicha tasnifi.
1963 yili gerontolog va geriatrlarning Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash
tashkilotining qarilik jarayoni xaqidagi seminarida qabul qilinishicha:
- 45 yoshdan 59 yoshgacha o‘rtacha yosh;
- 60 yoshdan 74 yoshgacha
keksaygan yosh;
- 75 yoshdan 89 yoshgacha qarigan;
- 90 yoshdan katta yoshdagilar uzoq umr ko‘ruvchilar deb ataladi.
xar yili qariyalar soni yer yuzida 2,4% ga ko‘paymoqda. Uning sababi:
axolini
ijtimoiy-iqtisodiy
xolatining,
xamda
gigienik
sharoitning
yaxshilanganligidadir. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra 2020 yilga kelib keksa va
qariyalar soni 1 mlrd.ga yetishi mumkin. Qarilik – organizmda yoshning ulg‗aya
borishi bilan ro‗y beradigan tabiiy o‗zgarishlarning yakuniy bosqichidir. Qarish
jarayonlarida organ va to‘qimalardagi o‘zgarishlarga tashqi muxit ta'sir qiladi.
Qarilikdagi o‘zgarishlar fiziologik jarayon bo‘lib, ko‘pchilik olimlar fikriga ko‘ra
birlamchi kasallik xisoblanmaydi, lekin organizmning funksional qobiliyatining
cheklanishiga va tashqi zararli omillarga chidamliligining pasayishiga olib keladi.
Bundan tashqari qarish biologik parchalanuvchi jarayon bo‘lib, bunda
organizmning moslashish qobiliyati cheklana borib, turli patologik o‘zgarishlar
rivojlanadi va o‘lim muqarrarligi tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: