Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
VII bob. Konsultasiya. Konsultasiya turlari va qoidalari
Download 5.75 Mb.
|
мажмуа Биоэтика
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Konsultasiya turlari.
- 3. So’rab-surishtirish uslublariga doir
VII bob. Konsultasiya. Konsultasiya turlari va qoidalari.
1. Konsultasiya tushunchasi. Konsultasiya -pasient muammolarini yechimini mutaxassis tomonidan aniqlab berilishi, maslaxat berib, odamni to’gri yo’lga undamoq tushuniladi. Tibbiy konsultasiya-davolash jarayonining eng muxim qismi. Insonlar yordam uchun avvalo psixoanalitiklar, ijtimoiy yordam ko’rsatish xodimlariga emas, balki umumiy amaliyot shifokorlariga murojaat qilganliklari sababli jamiyat shifokorlardan yordam va ko’mak kelishini tushunib bormoqda. Shifokorning bemor bilar o'zaro muloqoti davolash jarayonining asosidir. Butun flkr, e'tiborni bemorga qaratish, samimiylik, uni diqqat bilan tinglash, bemor bilan birga qayg'urish, jiddiylik o'zaro muloqot o'rnatishning (kommunikatsiyaning) asosi bo'lib xizmat qiladi. 2.Konsultasiya turlari. Konsultasiya direktiv va nodirektiv bo’lishi mumkin bu xodisaning xususiyatiga bogliq. Direktiv konsultasiya- bu shifokorning bemorga tayyor qarorni taklif etishi, nodirektiv konsultasiya esa shifokorning bemorga mustaqil to’g’ri yo’l tanlashga yordam berishidir. Nodirektiv konsultasiya. Eng yaxshi natijaga shifokor kasalni tuyg’ularini o’zinikiday xis qilib, ustun chiqishga intilmaslik, o’zini fikrini bildirib davolasa erishadi. Ushbu talablarga nodirektiv konsultasiya javob beradi. Nodirektiv konsultasiya jarayonida shifokor faqat o’z xoxishini bildirmay balki bemorga o’zi qaror qa'bul qilishga yordam beradi. Ushbu xolda kasal faqat shifokorning fikriga tayanib qolmay davolanishga tushunib va ma'suliyat bilan munosabatda bo’ladi. Direktiv konsultasiya Direktiv uslubi kasal qattiq xayajonda bo’lib o’zi to’g’ri qaror qilaolmasa va xolatni to’g’ri baxolay olmasa qo’llaniladi. 3. So’rab-surishtirish uslublariga doir Bemor bilan dastlabki muloqot iliq tabassum ila salomlashishdan va o'zaro tanishuvdan boshlanadi. Shifokor va bemor suhbat uchun qulay vaziyat egallab olgach, bemordan shikoyatlarini, kasallikning rivojlanish tarixi (Anamnesis morbi): qachon, qay tarzda boshlangani, dastlabki klinik belgilari, qachon tibbiy yordamga murojaat qilgan, qanday yordam ko'rsatilgan, uning foydasi va h.k. Bemorning hayot tarixi (Anamnesis vitae): oilaviy, ijtimoiy ahvoli, yashash, ishlash joyi va sharoiti, avvalgi kasalliklari, o'tkazilgan jarrohlik amallari, nasliy-irsiy kasalliklari, dori-darmonlarga allergik sezgirligi kabilar surishtiriladi. Umumiy ko'zdan kechirish, tekshiruvdan so'ng bemorga dastlabki tashxisiy mulohazalar, yordamchi yoki qo'shimcha tekshiruvlar, dori-darmonlarning qanday qabul qilinishi va boshqa maslahatlar aytiladi. Anamnezning yig'ilishi davolanish jarayonida to'ldirib boriladi. So'rab-surishtirish shifokordan alohida mahorat talab etadi. Aniq. chuqur bilim asosida o'tkazilgan so'rab-surishtirish aksariyat kasallikka to'g'ri tashxisning qo'yilishiga yordam beradi. Suhbatdan so'ng bemor o'zini yengil his etishi, shifokorga nisbatan katta ishonch, tuzalishga umid paydo bo'lishi darkor! Shifokorning tinglay olish madaniyatiga oid tamoyillarni talabalar uqib olishlari va kelgusi amaliyotlarida qo 'llay olishlari zarur. Download 5.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling