Dori moddalarni sublingval kiritish
Dorini sublingval usulda qo'llanilganda u tez so'riladi, oshqozon fermenti ta’sirida parchalanmaydi va jigarni chetlab o'tib, qon aylanish tizimiga kiradi. Shunga qaramasdan ushbu usul faqat kichik dozalarda qo'llaniladigan dorilar (nitrogliserin, “Validol”, jinsiy gormonlar va boshqalar)ni qo'llash uchun ishlatilishi mumkin.
Dorilarni transbukkal qo'llash
Dori-darmonlarning transbukkall shakllari yuqori milkning shilliq qavatiga yopishtiriladigan plastinka va tabletkalar shaklida qo'llaniladi. Misol uchun, nitroglitserinning bukkal shakllari (mahalliy vosita "Trinitrolong") ushbu dori vositaning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanadi.
"Trinitrolong" plastinkasi yuqori jag’ milkining shilliq qavati qoziq va oziq tishlar (o'ngda yoki chapda) ustida yopishtiriladi. Bemorga tushuntirish kerakki, hech qachon plastinkani chaynash yoki yutish mumkin emas, chunki bunday holatda juda katta miqdorda nitrogliserin og'iz shilliq qavatidan qonga yetkaziladi, bu xavfli bo'lishi mumkin. Stenokardiyaga chalingan bemorlarga tushuntirish lozimki, agar jismoniy faoliyatni kuchaytirish (qadam tezlashishi va hokazo)gaduch kelganda, qonda nitrogliserinni ko’paytirish uchun til uchi bilan dori plastinkasini 2-3 marta yalash yetarli bo’ladi.
Dorini ingalatsiya usulida qo’llash
Nafas olish tizimi va o'pkaning turli kasalliklari uchun dorilarni bevosita nafas yo'llariga kiritiladi. Bu holda, dori moddalar nafas olish yo'li orqali yuboriladi (lat. Ingalatum-nafas olish).
Dorivor moddalarni parenteral yuborish yo'li. Parenteral (yunoncha para - yaqin, enteron - ichak) - oshqozon-ichak traktini chetlab, organizmga dori-darmonlarni kiritish usuli hisoblanadi (11-3 rasm). Dorivor moddalarni parenteral yuborish yo'llari mavjud. Dorilarni parеntеral yuborishning quyidagi turlari farqlanadi: Dori moddalarni parеntеral yuborish: a — tеri ichiga; b —tеri ostiga; v — mushak orasiga; g — vеna ichiga. 1. To’qimalarga:
• tеri ichiga;
• tеri ostiga;
• mushak orasiga;
• suyak ichiga.
2. Qon tomirlarga:
• vеna ichiga;
• artеriya ichiga;
• limfa tomirlarga.
3. Bo’shliqlarga:
• plеvral bo’shliqqa;
• qorin bo’shlig’iga;
• yurak ichiga;
• bo’g’im bo’shlig’iga.
4. Subaraxnoidal bo’shliqqa.
Parеntеral dori yuborish
In'еktsiya (lotincha injectum – tashlamoq, sachratmoq) shprits yordamida organizmga suyuqlikni yuborish usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |