Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti


VIII bob Turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlari


Download 5.75 Mb.
bet29/129
Sana02.11.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1739807
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129
Bog'liq
мажмуа Биоэтика

VIII bob Turli xastaliklarda bemor bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlari
1.Klinikaning ayrim bo’limlaridagi muloqotga doir.

Mazkur qo'llanmadagi ma'lumotlar asosan terapiya bo'limidagi bemorlar hamda shifokor-hamshira muloqotiga ta’alluqlidir. Tibbivot amaliyotida kasallik turlari yuzlarcha. Bular bilan qanday muomala qilish zarur? Bemorlarni xastaligi kechuvi turli kasalliklarda o’ziga xosligi, bemorlarni yoshi, bo’limlardagi muolaja jarayonlarining o’ziga xosligi tufayli muloqot xam bir biridan farq qiladi.


Qo'yilgan savolga javob berishni tartiblashtirish maqsadida kasallik turlaridan kelib chiqib, muloqotni quyidagi guruhlarga bolamiz:
1. Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
1. O'limi tez orada muqarrar bemorlar bilan muloqot.
3. Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlar bilan muloqot.
4. Jarrohlik bo'limidagi bemoriar bilan muloqot.
5. Ginekologiya va tug'ruq bo'limidagi bemorlar bilan muloqot.
6. Pediatriya muomala odobi.
7. Bemor qarindoshlari bilan muloqot.

2.Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga yumshoq muomalali, sabrli bolishlari kerak. Iliq munosabatlarni o'rnatish, avvalombor, bemorning ishonchini qozonish darkor. Buning uchun shifokordan bag'rikenglik, qat'iyat, muloyimlik, mehr-muruvvat, to'g'ri so'zlik talab qilinadi. Aksincha, yolg'on so'zlash, mug'ombirlik qilish kasalning shifokorga boigan ishonchini yo'qotadi. Davolash jarayoni uchun muhim bo'lgan ichki olam sirlarini ruhiy bemor ochmaslikka harakat qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, aksariyat ruhiy bemorlar o'ta sezgir bo'lib, samimiylikni soxtalikdan tezda ajratib oladilar.
Ruhiy kasallikka chalingan har qanday bemor shifokor, hamshiradan o'ziga nisbatan alohida e'tibor, mehr talab etadi. Shunday ekan, bu munosabatning ikki tomonlama bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Hosil bolgan vaziyat nihoyatda qaltis. Bemor o’z shifokoridan kutgan iliq munosabatni, mehr-muruvvatni ko'rmasa, undan ko'ngli qoladi. Natijada hatto o'z vaqtida amalga oshirilgan kimyoviy va hatto ruhiy muolajalar ham samara bermay qolishi mumkin. Shifokor bemori bilan muloqotda ana shunday «jarlik» yoqasiga kelib qolmasligi kerak. Ruhiy bemorlar bilan muomala qiluvchi shifokor nihoyatda kuchli irodaga ega bo'Isagina ko'zlangan maqsadiga yetishi oson bo'ladi. Aks holda mazkur kasbni tanlaganiga tezda pushaymon bo'lib qolishi mumkin.
Demak, ruhiy kasallik bilan og'rigan bemor bilan muomalada shifokor va hamshiradan an‘anaviy talablardan tashqari katta sabr-toqat talab etiladi.


Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling