Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti


Narkoman - bemor bilan muloqot


Download 5.75 Mb.
bet30/129
Sana02.11.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1739807
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   129
Bog'liq
мажмуа Биоэтика

3.Narkoman - bemor bilan muloqot .
Narkoman bemor tushkunlik kabi og'ir holatga o'zining o'ta irodasizligi tufayligina tushib qoladi. Bemordagi qusur va kamchiliklarni ochiq-oydin ko'rsatish davo jarayoniga zarar keltirishi mumkin. Muloqot chog'ida bemorning kundan-kunga ahvoli yaxshilanib borayotganini, mushohadasi tiniqlashayotganini, so'zlashganda talaffuzi aniqlashayotganini, nigohlari esa oydinlashayotganini, gap orasida (urg'u bermasdan) aytib o'tish durust boladi. Ruhiy muolaja, albatta, mehnat terapiyasi bilan uyg'uniikda olib borilsa, samaraliroq boiadi.
Shuningdek alkogolizm, narkomaniya muammosini hal qilishda o'zaro ishonch asosida muloqot o'rnatish muhimdir. Ko'pincha, bunday kasallar o'zlarini, «mutloq sog'» deb hisoblaydilar va o'z «qobiqlariga» kirib qoladilar. Bunday bemorlarga uning kimlargadir kerakligini, uni faqat o'zi uchun emas «kimdir» uchun ham tuzalishi va yashashi lozimligiga ishontirish, ruhiy dalda berish, kasallikni yengish uchun ishonch paydo qilish kerak. Bu o'rinda bemor yaqinlarining yordami benihoya katta.

4. O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot.

27-rasm. Og’ir va yotoq vaziyatdagi bemorlar bilan muolajalarni samarali bolishiga umid bag’ishlash zarur.

Bu muloqot chog'ida shifokor va hamshirada kuchli ruhiy zo'riqish ro'y beradi. Barcha chora-tadbirlar ko'rilgan, lekin bemor hayoti letal tugashi (o'limi) muqarrar. Har bir bemor xox u hayotga qaytsin, xox buning aksi bo'lsin, shifokor va hamshira fojiali holatlarda o'zini o'zi «eydi». Shifokor o'zini mana shunday nozik hayotiy holatlarga tayyorlashi muhim.


Jigar sirrozi kasaliigida bemor ma'lum vaqtdan so'ng (ehtimol, yaqin vaqtda) vafot etadi. Bemor endi taqdirga tan bergan. Uning vafoti juda yaqin emas, lekin uzoq yillar ham yashamaydi. Bu holatda shifokor ma'lum me'yorda bemor bilan ochiqroq suhbatlashishi mumkin. «Sizning ahvolingiz nisbatan durust. Negaki, songgi olingan bioximik natijalar ancha yaxshi», - deb yupatish mumkin (27-rasm). Bu yerda ham ma'lum holatda bemorning shaxsiy xususiyatlariga e'tibor berish kerak bo'ladi. Masalan, irodasi mustahkam,hayot zarbalarini matonat bilan kutib oladigan ba'zi bemorlarga (agar o'zi talab qilsa) haqiqatni balki aytgan ma'qul (xususan, vasiyatnoma, meros taqsimoti kabi yuridik hujjatiarni rasmiylashtirishi uchun). Yana bir muammo. Kasalga rak tashxisini aytish kerakmi? Ayni paytda bir hayotiy voqeani keltiramiz. Bemor (taniqli jurnalist) kundan-kun ozib, holsizlanib, to'sh suyagi ostida noxushlik seza boshlaydi. O'tkazilgan davo ijobiy natija bermaydi. Shunda Respublikadagi taniqli jarrohni maslahat uchun chaqiradilar. Bemor bu mutaxassisni bir necha kun intizorlik bilan kutadi. Ko'rik kuni ham yetib keladi. O'sha «mashhur» jarroh kasalni tezda ko'radi-yu, achchiq haqiqatni qo'rslik bilan (bemor huzurida) aytadi: «Bu kasalda oshqozon raki. O'tkazib yuborilgan, davodan foyda yo'q»,- deb xonadan chiqib ketadi.
Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi?
Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina o'z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar.


Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling