Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Pediatriyada muomala odobi
Download 5.75 Mb.
|
мажмуа Биоэтика
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Bemor qaringdoshlari bilan muloqot.
8.Pediatriyada muomala odobi.
Darhaqiqat, bu soha mutaxassislari: Hali tilga kirmagan, so'zlay olsa-da, xastalik belgilarini to'g'ri bayon qilib bera olmaydigan; ozroq ma'lumot bera olsa ham «begona», «oq xalatli» insonlar bilan gaplashishdan bosh tortadigan, betinim yig'laydigan, hech narsaga ovunmaydigan bolalar bilan muomala qilishga majbur bo'ladi(28- rasm). Bola tinmay yig'lab, pediatr ko'rigiga xalaqit berishi mumkin. Lekin shifokor bu holatda asabiylashmasligi, sovuqqonlik bilan avval ona bilan savol-javob qilishi, so'ng bolani tekshira boshlashi kerak. Yosh onaning hayot tajribalari oz va ruhiyatining nozik ekanini hisobga olgan ravishda tashxisni yumshoqroq, kishi cho'chib ketmaydigan shaklda aytgani ma'qul. Bolalarni operatsiyaga tayyorlashda ularga tushunarli tilda gapirish kerak. Pediatr kichik bemorlar bilan muomalada quyidagi tamoyillarni hisobga olishi talab etiladi: - Tinch, sokin, muloyim, qat'iy gapirish; - Yoshni hisobga olib, o'tkaziladigan muolajalarni tushuntirish; - Bola uchun (imkon qadar) tushunarsiz so'zlarni ishlatmaslik; - Bola biron muolaja (operatsiya)da cho'chiganda boshqa bolalar misolida tinchlantirish kerak. Demak, pediatr - donolar aytgandek, farzandlarga katta hurmat, ehtirom bilan munosabatda bolish lozimligini yodda saqlagani maqsadga muvofiqdir. 28- rasm.Pediytria intensiv muolaja bo’limida muolaja jarayoni. 9.Bemor qaringdoshlari bilan muloqot. Bemor qarindoshlari bilan ko'pincha qaltis, og'ir holatlarda muloqot qilinadi. Xususan: - O'zi haqida to'liq va to'g'ri ma'lumot bera olmaydigan ruhiy kasalning; - O'limi muqarrar bo’lgan, lekin buning ochiq belgilarini sezmayotgan bemorning; - Jonlantirish holatida yotgan, ya'ni shifokor bilan suhbatlashish layoqatiga ega bo'lmagan bemorning; - Nozik va qaltis operatsiya yoki oddiy operatsiya qilinishi zarur bolgan bemorning qarindoshlari bilan alohida, yakkama-yakka suhbat qilinishi zarur. Bunday suhbatlar yuridik hujjatlarda (zaruriy holatlarda) o'z aksini topishi zarur (masalan, bemor operatsiyasiga ruxsat etuvchi xatni yozish). Ba'zan bemorning qarindoshlari bilan ahvolning yomonligi yoki qandaydir oxirgi chora ko'rish maslahatlashiladi. Bu hufyona (yashirincha) kechgan suhbatdan bemor shubhalanmasligiga e'tibor muhimdir. Download 5.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling