Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
O'limning psixologik bosqichlari
Download 5.75 Mb.
|
мажмуа Биоэтика
2. O'limning psixologik bosqichlari.
Elizabet Kyubler Rossning bayonicha og'ir kasallar ruhiy holati noturg'un bo'lib, asosan 5 bosqichda kechadi: Birinchi bosqich-mavjud faktni qabul qilmaslik va inkor etish bo'lib,"faqat men emas","bo'lishi mumkin emas","bu saraton emas" degan noroziliklar bilan kechadi. Kasalda kelajak haqida qurquv, zo'riqish va bezovtalik paydo bo'ladi. Bu davrga xos o'zgarishlardan biri bemor turli usullar bilan, zamonaviy tekshiruvlardan o'tib mavjud kasallikni inkor qilishga, qo'yilgan tashxis xatoligiga ishonishni xohlaydi va undagi kasallik unchalik ham qo'rqinchli emasligiga, halokatli tugamasligiga ruhiy jihatdan ishonishga tirishadi. Yana ba'zi hollarda, bemorlar kasalligi haqida eshitib o'zini boshqacha tuta boshlaydi: ular befarq, tushkunlikka tushgan, umidsiz bo'lib qoladi. Keyin esa "Men tez orada tuzalib ketaman"-deb o'zini ishontira boshlaydi. Bu individual ruhiy himoya bo'lib, bemorni turli zo'riqishlarni yengib o'tishiga yordam beradi. Afsuski ko'pchilik ruhshunoslar takidlashicha, bu bosqichda, bemorlar turli og'ir holatlarni ifodalovchi tushlar ko'radi( qora tuynuk,oxirida eshik mavjud bo'lgan qop-qora tunnel...). Ikkinchi bosqich-norozilik bosqichi. Turli hil tekshiruvlar ham kasallikni mavjudligini tasdiqlasa, birinchi hislar o'tib ketadi va bemorlarda norozilik hissi paydo bo'ladi va mavjud holatga qatiy iztirob rivojlanadi. "Nega aynan men?","Nega boshqalar yashaydi, men esa o'lishim kerak?","Nega shunchalik erta, meni hali qilishim kerak bo'lgan shuncha ishlarim borku?" va boshqalar. Shunday qilib, bu bosqich bemor uchun ham ,uning yaqinlari uchun ham juda og'ir bo'lib, deyarli barcha kasallarda kuzatiladi. Bemor shifokordan qancha umri qolganligini tez tez so'rab, unga murojaat qiladi ,unda reaktiv depressiya simptomlari rivojlanadi, suitsidal hayollar va harakatlar paydo bo'lishi ham mumkin. Albatta bu bosqichda bemorga, malakali psixolog, logoterapiya kerak bo'ladi, bemor yaqinlari ham ruhiy ko'makka juda muhtojdir. Uchinchi bosqich- umrni uzaytirish haqida iltimoslar va iltijolar davri. Bemorlar bor haqiqatni qabul qiladilar, lekin «Hozir emas, yana ozroq bor" deb umid qiladi. Hatto avval xudoga ishonmaydiganlar ham endi unga iltijolar bilan murojaat qila boshlaydi. Qalblarida ishonch paydo bo'ladi. G’ayriy tabiiy kuchlarga ishona boshlaydilar. Sanab o'tilgan uch bosqich- krizis bosqichidir. To'rtinchi bosqich- reaktiv depressiya davri bo'lib, aybdorlik hissi, arazlar, o'ksinish va qayg'u bosqichidir. Bemor aniq o'layotganini his qiladi.Bu davrda boshqalarga yetkazilgan og'riqlar ,qilgan ahmoqona ishlari, boshidan kechirganlarini eslaydi. Lekin bemor tinchiydi, o'limni qabul qiladi, barcha hayotiy muammolarni esdan chiqaradi va o'z ichki dunyosiga sho'ng'ib ketadi. Beshinchi bosqich-o'z o'limini qabul qilish bosqichi. Bemor to'liq tinchlanadi.Yaqinlashayotgan o'limni tik qarshi oladi, atrofga qiziqishi so'nadi, hissiyotlari faqat o'lim onlariga tayyorgarlik bilan band bo'ladi. Tavsiflangan bosqichlar-faqat ma’lum sxema xalos. Har doim ham bu ketma-ketlikda bo'lavermaydi. Ba'zan 2 -bosqichdan 1 -bosqichga,3-bosqichdan 2-bosqichga qaytishi mumkin va hokazo. Kutilmagan o'limda, albatta , bu bosqichlar bo'lmaydi. Download 5.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling