Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti


Dori vositalarining tashqi qo’llanishi


Download 5.75 Mb.
bet42/129
Sana02.11.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1739807
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
Bog'liq
мажмуа Биоэтика

Dori vositalarining tashqi qo’llanishi
Dori vositalaridan tashqi foydalanish asosan o'zlarining mahalliy mo'ljallangan harakatlariga asoslangan. Faqat moyda eriydigan moddalar buzilmagan terida, asosan, yog' bezlari va soch follikullarini ajratuvchi kanallari orqali so'riladi.
Dorilarni teri ustiga qo'llash
Dorilarni teriga dori-darmonlarni surtish, emulsiyalar, eritmalar, damlamalar, boltushkalar kukunlar, pastalar shaklida qo'llaniladi. Dorini teriga qo'llashning bir necha usullari mavjud.
Dori surtish (teri kasalliklari uchun keng qo'llaniladi). Kerakli miqdordagi dori - darmon bilan paxta namlanadi va bemorning soch va tuklar yo'nalishi bo’yicha ko’ndalang yo’nalishda teriga surtiladi.
• Uqalash - massaj yordamida (suyuqlik va malhamlarning teri orqali kiritish). Sochlar va tuklar kam bo’lgan tananing terisining qalinligi yupqa sohalarida (elkaning bukilgan tomoni yuzasi, sonning orqa tomoni, ko’krak qafasining yon lateral devori sirti) atrofida amalga oshiriladi. Dorining yetarli miqdori teriga surtiladi va yengil aylanma harakatlar bilan teri qurigunigacha uqalanadi. • Plastirni qo’yish. Tananing mos keladigan maydonida plastirni (quyuq konsistensiyali malham asosiga ega dori suvni o’tkazmaydigan qobiq marli bilan qoplanadi) qo’yishdan oldin, tuklar qirib olinadi va teri 70% spirtli eritma bilan yog 'sizlantiriladi.
• Purkash va sepish - terida quritish uchun ishlatiladi. Dori vositalari har doim toza teriga, toza uskunalar va yaxshilab yuvilgan qo'llar yordamida qo'llanilishi kerak. Dezinfeksiya maqsadida ifloslanadigan teri tozalanib, ijobiy ta'sir qilish uchun yodning yoki 70% spirt eritmasi bilan surtiladi. Buni amalga oshirish uchun, yodning spirtli eritmasida namlangan va moylangan paxta bilan steril tayoqcha yordamida teriga surtiladi. Paxta ho’l tog’orada, stakanni yod bilan shishaga botirish mumkin emas, shishaning tarkibini paxta bilan ifloslanishini oldini olish uchun oz miqdorda yod damlamani tekis idishga solib qo'yishingiz kerak. Yod damlamasini uzoq vaqt yopiq to’q rangli idishda saqlash lozim, agarda uni og’zi ochiq idishga saqlansa bunda yodning konsentratsiyasi spirtni bug'lanishi natijasida ortishi mumkin, yuqori konsentriyali yod nozik terini kuyishga olib keladi, shuning uchun buni qo’llab bo’lmaydi.

Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling