Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti


Dorilarni enteral yuborish


Download 5.75 Mb.
bet44/129
Sana02.11.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1739807
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
мажмуа Биоэтика

Dorilarni enteral yuborish Dori vositalarini (enteral, hazm yo’li orqali) og'iz orqali (per os), to’g’ri ichak orqali (per rectum, rectal) lunjga qo’yish orqali (trans bucca, transbokkal lunj orqali ) va til osti orqali (sub lingua, sublingual) dorilar yuboriladi.
Dorilarni og’iz orqali qo’llash
Og’iz orqali dorini qo’llash (per os) - dori-darmonlarni turli xil shakllarda va steril bo'lmagan holda qo'llashning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Dori-darmonlarni iste'mol qilganda dori asosan ingichka ichakda so'riladi, portal vena tizimi orqali jigarga kiradi va keyinchalik umumiy qon oqimiga o’tadi. Dori tarkibi va uning xususiyatlariga qarab, dorini qabul qilgandan keyin o’rtacha 30-90 daqiqa o’tib davolash konsentratsiyasiga erishiladi. Og’iz orqali yuboriladigan dorilarning kamchiliklari quyidagilar:
1. Qon aylanish tizimiga sekin o’tishi (oshqozonning to’lishiga, oziq-ovqat xossalari, dorining so’riluvchanligiga qarab); oshqozon shilliq qavati orqali so’rilish sekin boradi, unda faqat moyda eruvchan moddalar so'riladi, so’rilish jarayoni asosan ichakda sodir bo'ladi. Shunga qaramasdan, dori-darmonlarni qon tizimiga asta-sekin yetkazib berilishi har doim ham uning kamchiligi hisoblanmaydi: masalan, dori moddalari shunday shakli mavjudki, bir marta qabul qilinishidan keyin qon oqimiga uzoq muddatda bir tekis kirib borishi mo'ljallanadi.
2. Dori moddani oshqozon yoki ichak shirasi ta'sirida qisman o'zgarishi yoki batamom parchalanishi ro’y beradi, bu oziq-ovqat moddalari bilan o’zaro ta’sirlashishi oqibatida (adsorbsiya, parchalanib ketishi, kimyoviy reaktsiyalar) va jigarda yuzaga keladigan kimyoviy jarajonlar ta'siriga uchrashi bilan bog’liq bo’ladi. Biroq, ayrim dorilar, maxsus nofaol substansiya moddalar sifatida ishlab chiqariladi, u organizmda transformatsiyaga (metabolizmga) uchrab yani qayta shakllanib bo’lgandan so'ng faol moddaga aylanadi. Misol uchun, zamonaviy, yuqori samarali antigipertensiv (hipotenziv) dori, angiotensin-kontsentratsiyalashuvchi ferment ingibitori (ACE ingibitori), fosinopril (Monopril), dastlab faol dori bo’lmaydi, dori o’z ta’sirini ko’rsatishi uchun oshqozon-ichak shilliq qavatida va qisman jigarda (metabolizm) ga uchrab qayta shakllanib faol fosinoprilatga o’tishi kerak.
3. So’rilish tezligi va so’rilgan moddalar miqdorining noaniqligi tufayli dori vositasining qon va to'qimalardagi konsentratsiyasini oldindan bilish qiyinchilik tug’diradi. Ayniqsa oshqozon-ichak tizimi a’zolari va jigar xastaliklari dorining so’rilish tezligiga va miqdoriga ta’sir qiladi. Og'iz orqali kukunlar, pilyulalar, tabletkalar, drajelar, kapsulalar, eritmalar, damlamalar, qaynatmalar, nastoykalar, ekstraktlar, mikstura (aralashma)lar shaklidagi dorilar yuboriladi.
• Tabletkalar, pilyula, draje, kapsulalar suv bilan ichiladi. Hamshira bemorni tilining ustiga kukinni sepadi va ichish uchun suv beradi. Bolalar uchun tabletkalar va pilyula suvda eritilib aralashma holda ichishga beriladi.
• Eritmalar, nastoykalar, damlamalar aralashmasi kattalar uchun bir osh qoshiq (15 ml)dan, bolalarga - choy (5 ml) yoki desert qoshiq (7,5 ml)da beriladi. Buning uchun dori hajmini belgilaydigan chiziqli menzurka qulay. Suyuq yoqimsiz dori vositasi suv bilan ichiladi. Shunday qilib, achchiq ta'mga ega bo'lgan dimetiloksibutilfosfonil dimetilat ("Dimefosfona") ning 15% eritmasini sut, meva sharbati yoki shirin choy bilan ichish tavsiya etiladi.
• Spirtli nastoykalar va ba'zi eritmalar (masalan, atropinning 0,1% eritmasi)ni tomchi shaklida bemor qabul qilib oladi. Kerakli hajmdagi tomchilar pipetka yoki to'g'ridan-to’g’ri flakondan, agar unga tomchini sanashga maxsus moslamasi bo'lsa sanab beriladi. Tomchi dorini ichishdan oldin suv bilan suyiltirilib ichiladi. 1 g suv 20 tomchi, 1 g spirt 65 tomchiga teng bo'ladi. . To'g'ri ichak orqali suyuq dori-darmonlarni (qaynatmalar, eritmalar, shilimshiqlar) yuboriladi, bunda noksimon shaklidagi balon (dorivor huqna) va shamcha (suppozitoriy) vositalaridan foydalaniladi. Bu usulda dori moddalarni qo'llanilganda to’g’ri ichakning shilliq qavatiga mahalliy, keyin quyi gemoroidal venalardan dori qonga so’rilib umumiy rezorbtiv ta'sir qiladi.
Rektum orqali dorilarni qo'llashning afzalliklari quyidagilar.
1. Dorini tezda so’rilishi, uni dozalash aniq bo’ladi.
2. Dori hazm fermentlari ta’siriga uchramaydi (ular to’g’ri ichakda yo'q) va pastki gemoroidal venalar orqali bevosita pastki kovak venaga kiradi, jigarni chetlab o'tib, tizimli qon aylanishiga o’tadi.
3. Rektal usulni qo'llash quyidagi dorini kiritish imkoniyatini beradi:
• og'iz orqali qusish tufayli dorini qabul qila olmaslik holatida, qizilo’ngach zararlanishi sababli yutinish qiyinlashganda;
behush holda yotgan bemorlar;
• dori ichishga rozi bo'lmagan bolalar;
• dorilarni qabul qilishni rad etgan ruhiy bemorlar;
• Hayajonli (qo’rquv) holatda og'izdan dori vositasini qabul qilishning imkoni bo'lmaydi, dori yordamida a’zoni chayish qiyinchilik tug’dirib xavfli oqibatlarga olib keladi. Bunday holatlarda tinchlantiruvchi vositalarni dorili huqna yo’li orqali qo’llash (masalan, xloralgidrat eritmasi) qo’zg’alishni bartaraf qilishda samara beradi. Biroq rektumda fermentlarning bo’lmasligi ko'plab dori-darmonlar, oqsil, yog’, polisaxaridli strukturaga ega moddalarning so’rilishiga to'sqinlik qiladi, bu moddalar fermentlar ishtirokisiz ichaklarning devoridan o’tmaydi, dorilarni faqatgina mahalliy ta’sir qilish maqsadida qo’llash mumkin. Yo'g'on ichakning pastki qismida faqat suv, natriy xloridning izotonik, glyukoza eritmasi va ba'zi aminokislotalar so'riladi. 50-200 ml gacha bo'lgan dori eritmasi to'g'ri ichakka 7-8 sm chuqurlikka kiritiladi, bundan oldin tozalovchi klizma qilinadi (8-bobdagi "Klizma" bo'limiga qarang). Shamcha (suppozitoriy) lar fabrikada ishlab chiqarilgan yoki (ba’zan) yog'li asosda dorixonada ishlab chiqariladi, ularga uzunchoq konusning shaklini beriladi va mumli qog'ozga o'raladi. Suppozitoriylarni asosan muzlatgichda saqlanadi. Shamchani to’g’ri ichakka kiritishdan oldin o’tkir uchi qog’ozidan yechilib, so’ngra mum qog’ozni qo'lida qolqirib dori asosini to’g’ri ichakka yuboriladi.

Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling