Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti


Download 0.67 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1334722
1   2   3
Bog'liq
mukolitiklar

Dozalash tartibi


Termopsis damlamasi 200 ml suvda 0,6-1,0 har 2 soatda
1 ta osh qoshiqdan gulxayri ildizi 180-200 ml suvda.
Samaradorlikni oshirish uchun kichik dozalarni har 2-4 soatda tez-tez qabul qilish tavsiya etiladi.

Rezorbtiv ta’sir qiluvchilar: natriy va kaliy yodidlari, ammoniy xloridi, natriy gidrokarbonati – bronxlar tomonidan ajratiladi, bronxial sekretsiyani 54 kattalashtiradi, bronxial sekretni suyultiradi. Yod saqlovchi balg’am ko’chiruvchi preparatlar balg’am oqsillarining parchalanishini kuchaytiradi

Dozalash tartibi


Kaliy yodidining 3% li eritmasi 1 osh qoshiqda kuniga 5-6 marta sut bilan
Natriy yodidining 10% li eritmasi 1-kuni 3 ml, 2-kuni 5 ml, 3-kuni 7 ml, 4-kundan 15-kungacha 10 ml dan vena ichiga yuboriladi.

MUKOLITIKLAR (sekretolitiklar).


I avlod: tripsin, ximotripsin, ribonukleaza, dezoksiribonukleaza, atsetilsistein. Bu preparatlar sekretning qovushqoqligini va elastikligini kamaytiradi, atsetilsistein balg’amning oqsillari disulfid bog’lanishlarini uzadi.

Dozalash tartibi


Tripsinning 5-10 mg ni 0,89% natriy xloridning 2-3 ml da eritib; ximotripsinning 25-30 mg ni 0,89% li natriy xloridning 5 ml da eritib; ribonukleazaning 25 mg ni 0,89% li natriy xloridning 3-4 ml da eritib ingalyator yordamida qo’llash.

ATSETILSISTEIN


Ko’rsatmalar: shilliq yoki shilliq-yiringli hossali yopishqoq, qiyin ajraluvchi balg’amda: o’tkir jarayonlarda 200 mg dan kuniga 3 mahal 5-10 kun davomida;
surunkali kasalliklarda 200 mg dan kuniga 2 mahal 6 oygacha, to’liq samara 2-4 haftadan keyin yuzaga keladi. Nojo’ya ta‘sirlari: ko’ngil aynishi, qusish, dispepsiya, jig’ildon qaynashi
II avlod: bromgeksin (bisolvan), ambroksol (lasolvan) – bromgeksin metaboliti. Bu preparatlar o’pkalar surfaktanti sintezi, sekretsiyasi va miqdorini oshiradi mukotsilliar klirensni ko’taradi va glikoproteidlar sekretsiyasini orttiradi (mukokinetik ta‘sir)

BROMGEKSIN GIDROXLORID.

  • Tayinlash uchun ko‘rsatmalar: o’pkalarning o’tkir va surunkali kasalliklari, mukovissidoz. Preparat yaxshi so’riladi, jigardan birinchi o’tish samarasi 80% ni tashkil qiladi, natijada faol metabolitlar paydo bo’ladi. Oqsil iblan bog’lanishi 99%. YArim chiqarish vaqti deyarli 15 soat. Bromgeksin ichishga 8-16 mg dan yoki vena ichiga 16 mg dan kuniga 2-3 marta tayinlanadi, surunkali buyrak etishmovchiligida preparat kiritilish vaqt intervallari kattalashtiriladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling