IV.TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
Farmatsevtika ishini tashkil qilish fani bo‘yicha talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi OO’MTVning 2018 yil 29-sentabrdagi 820-sonli buyrug‘i asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.
Baholash-bu o‘quv jarayonining yakuniy bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi. Shu sababli talabaning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi muvofiqligini aniqlashda quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: test nazorati, og‘zaki so‘rov, yozma ish, shaklida o‘tkazish.
Talabalar bilimini baholash tartibi 5 baholik tizimda va 100 ballik reyting tizimi asosida amalga oshiriladi.
JORIY NAZORAT
Joriy nazorat talabaning fan mavzulari buyicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Baxolash an’anaviy 4 ballik shkala bo‘yicha o‘tkaziladi.
Joriy nazoratda talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakasini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |