Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot universiteti farmakologiya kafedrasi "tasdiqlayman"


Talabalarning bilimini quyidagi mezonlar asosida baholanadi


Download 305 Kb.
bet8/12
Sana25.09.2023
Hajmi305 Kb.
#1687732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-kurs Ishchi dastur Farm. ishini tashkil qilish (2)

Talabalarning bilimini quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

Ballar

Baholash mezonlari

86-100 ball «a’lo»



-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi
-ijodiy fikrlay oladi-
- mustaqil mushohada yuritadi
-olgan bilimini amalda qo‘llay oladi
- fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi
- biladi, ifodalay oladi
- aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega

71-85 ball «yaxshi»



-talaba mustaqil mushohada yuritadi
- olgan bilimini amalda qo‘llay oladi
- fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi,
- biladi, ifodalay oladi,
- aytib beradi fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega

55-70 ball «qoniqarli»



- talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi
- fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi,
- biladi, ifodalay oladi,
- aytib beradi fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega

0-54 ball «qoniqarsiz»



- talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan
- fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi
- fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas

-joriy nazoratdan “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.


ORALIQ NAZORAT (ON)
ONda talaba tomonidan modulning bir necha mavzularni o’z ichiga olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi baholanadi.
Farmatsevtika ishini tashkil qilish bo’yicha ON semestrda bir marta o’tkaziladi.
ONga JN bo’yicha tegishli kreditlarni to’plagan talabalar kiritiladi. ON kafedra majlisining qarori bilan yozma, og’zaki-yozma shakllarida o’tkaziladi. ONda saralash bali (55ball) yig’a olmagan talaba sinov (YaN)ga qo’yilmaydi.
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi va oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
YAKUNIY NAZORAT
Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanidan yakuniy nazorat ikki bosqichda test, yozma-og‘zaki so‘rov asosida o‘tkaziladi. Kafedrada yakuniy nazoratni o‘tkazish uchun har bir talaba uchun alohida bilet va har bir biletda 5 tadan nazariy savoldan tashkil topgan. Yakuniy nazoratning shakllari o‘quv reja asosida aniqlanadi va dissiplina so‘ngi kunida imtihon shaklida o‘tkaziladi.
Seminar mashg‘ulotlarini qoldirgan yoki qoniqarsiz baho olgan va uni qayta topshirmagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
- joriy nazoratdan “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
- yozma-og‘zaki so‘rov nazoratiga kirmagan yoki undan o’taolmagan talaba test nazorat turiga kiritilmaydi.
- yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga dekan farmoyishi asosida ruxsat beriladi.



Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling