Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisozlashtirilgan maktab-internatining 7- V sinf o’quvchisi Sayfullayeva Fotimaning Ilmiy-tadqiqot ishi


Download 216.43 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi216.43 Kb.
#168547
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino nomidagi

                Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisozlashtirilgan maktab-internatining 7- V sinf o’quvchisi Sayfullayeva Fotimaning Ilmiy-tadqiqot ishi.   Mavzu: Ovqatlanish gigiyenasi, surunkali va yuqumli kasalliklarni oldini olish.     Toshkent 2019  

Reja: 1. Kirish. 2. Gigiyenaning o’rganilish tarixi. 3. Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi. 4.Yuqumli kasalliklar. 5. Surunkali kasalliklar. 6. Xulosa. 7. Ishlatilgan adabiyotlar. Kirish. Kundalik turmush tarzimiz doimo gigiyena bilan bog’liq. Ulug’ bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sog’liqni saqlash qoidalariko’p asrlar mobaynida amaliy qo’llanma bolib keladi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab bo’ladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan.  

Gigiyenaning o’rganilish tarixi. Gigiyena (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasisi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va h.k.

Gigiyena, fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iqtisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqlash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir.

Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va ishlab chiqarish korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy gigiyenaning eng muhim vazifalaridan biridir. Gigiyenaning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqotlarida tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda gigiyena fanining rivoji S N. Bobojonov, A. 3. Zoxdsov, Gʻ. M. Mahkamov, Q. S. Zoirov, R. U. Ubaydullayev, G'. N. Nazarov, N. L. Romanchenko kabiolimlar nomi bilan bog’liq. Hoz. kommunal gigiyena sohasida T. I. Iskandarov, Sh. T. Otaboyev, M. T. Tohirov, N. S. Tojiboyeva, I. I. Ilinskiy, A. H. Komiljonov, I. A. Usmonovlar; mehnat gigiyenasi sohasida N. M. Demidenko, O. I. Ishoqov, O. R. Azizxo’jayev; umumiy gigiyena bo’yicha L. A. Panomareva, Sh. T. Iskandarova; oziq-ovqat gigiyenasi sohasida N. Q. Boboxo’jayev, B. A. Do’sjonov, Sh. S. Bahriddinov, A. S. Xudoyberdiyev; bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’yicha S. S, Solixo’jayev, M. N. Ismoilov, G. T. Shayxova, R. X. Xolmetov; zaharli kimyoviy moddalar gigiyenasi

va toksikologiyasi bo’yicha G. T. Iskandarova, A. U. Sodiqovlar; ijtimoiy gigiyena sohasida D. A. Asadov, N. M. Mahmudova, A. S. Bobojonov, T. U. Oripova, Sh. Sh. Shovahobov, U. Karimov, B. M. Mamatqulov va boshqa ijtimoiy ishlarni olib boradi. O’zbekistomda sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari, tibbiyot institutlari hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining gigiyena kafedralarida gigiyenaning turli sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi. Odam hayot faoliyatini saqlash, mehnat qilishi, o’sib-rivojlanishi uchun tashqi muhitdanovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi va ximik parchalanadi, so’riladi.

Ovqatlanish- energiya sarfini qoplash, hujayralar va to’qimalarni tuzish va yangilash, organizm funksiyalarini idora qilish uchun organizmga zarur oziq-ovqat moddaalarining kirishi,hazm bo’lishi, so’rilishi va singishi jarayonlarining yig’indisidir. Almashinuv jarayonlariga hazm yo’llarida singigandan keyin so’rilgan ovqatning tarkibiy qismlarigina qo’yilishi mumkin. Zarur miqdordagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, biogen moddalar va suv kerakli nisbatda organizmga kiritilgan taqdirdagina ovqatlanish organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlaydi.

Organizm uchun Ca, P, K, Na, Mn, Co, Cu, Zn, Br, J, S, Fe va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror mineral moddalar yetishmasa turli xil kasalliklar yuzaga chiqadi. Masalan, organizmga Ca yetishmasa nerv va muskul qo’zg’ovchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga olib keladi, J yetishmasa, qalqonsimon bezning faoliyati buzilib, buqoq kasalligi paydo bo’ladi, NaCl ko’payib ketsa, harorat ko’tariladi. Suv odam organizmi barcha hujayra va to’qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Jumladan, qonning 92%, miya to’qimasining 84%, tana muskullarining 70%, suyaklarning 22% suvdan iborat. Katta yoshdagilarning tanasini 50-60% suv tashkil qiladi. Yoshlarda suv miqdori undan ko’proq bo’ladi. Masalan, chaqaloq massasining 80% suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha jarayonlar suv

ishtirokida bo’ladi. Agar odam ovqat iste’mol qilmay, faqat suv iste’mol qilsa, u 40-45 kungacha massasi 40%kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha ovqat me’yorida bo’lib suv iste’mol qilinmasa, tana massasi 20-2 O2%kamaysa 1 haftaga yeter-yetmas odam halok bo’lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2.2-2.8 litr hisoblanadi. Ovqat hazm qilish organlari- bu murakkab jarayon bo’lib, fizik va kimyoviy o’zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib oshqozon va ichak bo’shlig’idan qonga va limfaga bo’linadi. Protezalar-oqsillarni paqrchalovchi fermentlar. Lipaza-yog’larni parchalovchi fermentlar. Karbogidrazalar-uglevodlarni parchalovchi fermentlar.

Bu fermentlar yil osti, jag’ osti, quloq oldi, oshqozon va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladi. I. P. Pa shogirdlari ovqat hazm qilish organlarining funksiyalarini o’rgangan. 1842-yilda Moskvalik xirurg B. A. Basov 1-bo’lib oshqozonning shira ajratishini o’rganish uchun itlarda operatsiya yo’li bilan oshqozonga fistula o’rnatish yo’li bilan yaratgan. Ovqat hazm qilish sistemasiga og’iz bo’shlig’I, halqum, qizilo’ngach oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak, ingichka va yo’g’on ichak hamda oshqozon osti bezi va jigar kiradi. Insonning bir kunda yeydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o’rnini qoplashi va o’sishni ta’;minlashi kerak. Oziqa moddalari energiya Oziqa moddalari energiya

materiali hisoblanadi. Shuning uchun to’;la qimmatliu ovqat yeyilishi kerak. Shundagina inson yaxshi o’sadi, turli kasalliklarga chidsamli bo’ladi. Oziq ovqat barcha zaruriy moddalardan, o’simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va yetarli darajada bo’lishi va to’q tutishi kerak. Ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol atrofida o’zini tutishga, dasturxon go’zalligiga rioya qilish kerak. Hayotda ovqatdan zaharlanish ko’p uchrab turadi. Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlarga bo’linadi.Bakterial zaharlanish turiga salmonelyoz kiradi. Salmonennalar tushgan ovqatni yeganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga: go’sht, tuxum va sut mahsulotlari kiradi. Bundan tashqari pichoq taxtalar, stollarda, rulda, eshik

tutqichlarida bu mikroblar bo’lishi mumkin. Ular pashsha, sichqon, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish belgilari: 1 kun o’tgach o’t pufagi atrofida og’riq paydo bo’ladi, qusadi, ich ketadi, bosh og’riydi, tirishishadi, sovuq ter bosadi. Botulizm tabiatdakeng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan zararlangan ovqat iste’mol qilish bilan odam o’tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar, qo’ziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go’sht orqali yuqadi. Bir necha soat o’gach zaharlanish belgilari paydo bo’ladi. Muskullari bo’shashadi, ko’zi yaxshi ko’rmaydi, og’zi quriydi, nutqi buziladi, yutishi va nafas olishi qiyinlashib bemor halok bo’lishi mumkin. terisiga yara chiqqan, angina, konyuktivitbilan og’rigan kishilar infeksiya tashuvchi bo’ladilar. Odamning tomog’ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari

bo’ladi. Dezinteriya tayoqchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo’l orqali yuqadi va u nihoyatda yuqumli bo’ladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 216.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling