Abu Ali Ibn Sino. She’r san’ati


ABU ALI IBN SINO HAYOTI VA FAOLIYATI


Download 399.45 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi399.45 Kb.
#1183909
1   2
Bog'liq
Document

ABU ALI IBN SINO HAYOTI VA FAOLIYATI



Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o’tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo’q desa ham bo’ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo’shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko’p qirrali ilm sohibi bo’lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida Ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo’lib, o’sha davrda podshoxga solik teradigan vazirlardan bo’lgan. Somoniylar davrida Afshona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal’a ham bo’lgan. Soliq yig’ish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan.
Tabobat ilmining sultoni bo’lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan, 5 yoshgacha Ibn Sino Afshona qishlog’ida yashagan. Keyin Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko’chib kelgan.
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalki orasida moxir tabib sifatida tanildi. O’sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o’sib – ulg’aygan yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxona o’sha vaqtda butun O’rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi.
Kecha – kunduz tinmay mutoala qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o’z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048) bilan ilmiy munozaralar o’tkazadi. 999 – yillarda Qoraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun imkoniyat bo’lmaydi, buning ustiga 1002 yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o’z tug’ilib o’sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm O’rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. Gaznaviylar hukmdori Sulton Maxmud (998 – 1030 y) Xorazm yerlarini o’z davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 – 1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo’l oladi va Kaspiy dengizining Sharqi – janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo’lib qoladi.
Ko’p o’tmay Ibn Sino Gurgonda o’zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira boshlaydi. U 17 yoshida tabobatga oid mashhur asari «Kitob al – qonun fit — tib» («Tib qonunlari») ning birinchi kitobini yozishga kirishadi.
1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla (997 – 1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ngra vazirlik mansabigacha ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay, ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o’zining mashhur falsafiy entsiklopediyasi «Kitob ash – shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
1023 yili Isfaxonga ko’chadi va «Kitob ash – shifo»ning qolgan qismlarini yozishda davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi.
Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo’lgan, biroq, shaharma – shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, hatto hibsga yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay qolmadi. U kulanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zuraygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo’ladi, oqibatda shu darddan u 428 hijriy yilining ramazon oyida (1037 yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafot etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Hamadon shahrida saqlanib kelinmokda.
Ibn Sino haqiqiy entsiklopedist olim sifatida o’z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
«Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Koxira (1873,1877,1879), Texron (1889), Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi Yevropa vrachlari qo’lidagi asosiy qo’llanmaga aylanadi va universitetlarda meditsina fani shu asar buyicha o’qitilgan.
O’zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini arabchadan o’zbek va rus tillarida tarjima qildilar va ularni 1954 –1961 yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar. Umuman, «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:
Birinchi kitob – tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma’lumot beradi. Tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta’limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining «oddiy» a’zolari – suyak, tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, mo’shaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sog’liqni saqlash haqidagi ta’limot batafsil bayon qilinadi.
Ikkinchi kitob – o’sha davr tabobatida qo’llanilgan dori – darmonlar haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o’simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori – darmon ta’rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon qilingan. Muallif O’rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O’rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan – dori – darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O’rta yer dengizi orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko’plab dorivor moddalarni ham ko’rsatib o’tadi.
Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo’lgan a’zolarida yuz beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh, miya, ko’z, kulok, burun, ogiz bo’shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o’pka, yurak, qizilo’ngach, oshqozon kasalliklari, so’ngra jigar, o’t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a’zolar kasalliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
To’rtinchi kitob – inson a’zolarining birortasi xos bo’lmagan «umumiy» kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, toshmalar, yara – chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar kiritilgan. Shuningdek mazkur asarda o’ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so’z boradi. Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo’limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz – andoz vositalariga bag’ishlangan sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalar haqida so’z yuritilgan.
Beshinchi kitob — farmakopiya bo’lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1-qismida turli taryoklar (ziddi – zaxarlar), ma’junlar, xabdori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida muayyan a’zolar – bosh, ko’z, kulok, tish, tomoq, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolari, bo’g’imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug’vor kitoblaridan biri «Kitob al –qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o’z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’lig’i va kasalliklarga oid bo’lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to’la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e’zozlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o’suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsennia deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.

Abu Ali Ibn Sino
SHE’R SAN’ATI



SHE’RDAGI UMUMIY G’ARAZ TURLARI VA TAQLIDLAR HAQIDA
SHE’RNING DASTLAB PAYDO BO’LISH KAYFIYFTI VA ShE’R TURLARI HAQIDA
BAYTLAR MIQDORINING G’ARAZLAR BILAN MUNOSABATI
Eng avvalo biz shularni aytmoqchimiz: She’r odatda obrazli so’zlarday iborat bo’lib, u bir-biriga teng hamda vaznli gaplardan tuziladi. Arablarda esa she’r qofiyali, bundan she’rlarda ma’lum hisobda ritm bo’lishi tushuniladi. Bir-biriga teng bo’lishning ma’nosiga kelsak, bunda undagi har bir gapning ritmli qismlardan tuzilganligi tushuniladi.
SHE’R HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA, SHE’RIY FORMA HAMDA YUNON ShE’R NAVLARI HAQIDA
Eng avvalo biz shularni aytmoqchimiz: She’r odatda obrazli so’zlardan iborat bo’lib, u bir-biriga teng hamda vaznli gaplardan tuziladi. Arablarda esa she’r qofiyali, bunda she’rlarda ma’lum hisobda ritm bo’lishi tushuniladi. Bir-biriga teng bo’lishning ma’nosiga kelsak, bunda undagi har bir gapning ritmli qismlardan tuzilganligi tushuniladi.
Odatda bunda so’zning avvalgi ritmi bilan keyingi ritmining vaqtlari bir xil kelishi kerak.
She’rning qofiyali bo’lishi ma’nosiga kelganda shuni aytish kerakki, har bir qofiyadosh so’zlarning oxiri bir xil harf — tovushlar bilan tugallanishi kerak. Shuning uchun mantiqshunos nazari aslida she’rning xususiyatiga qaratilishi kerak emas, bordiyu unga qaratiladigan taqdirda ham, u faqat she’rga obrazli aytilgan so’zlar bo’lgani uchungina, faqat u shu nuqtai nazardangina qaramog’i mumkin xolos.
Ammo she’rdagi vazn nuqtai nazaridan qarashga kelganimizda, u holda musiqashunos vaznga musiqaviylik nazariyasi va garmoniya nuqtai nazardan qaraydi, aruzshunos esa uning bo’lak-bo’lakka ajraladiganligi va unday narsalar dunyodagi har bir xalqda qanday usulda ishlatilayotganligi nuqtai nazaridan e’tibor beradi, qofiya ilmi bilan shug’ullanuvchi — qofiyashunos esa she’rga qofiyani qanday qo’yilganligi nuqtai nazaridan qaraydi. Shuning uchun mantiqshunos she’rga uni obrazliligi jihatidangina diqqat qilmog’i kerak. Obrazli qilib aytilgan so’z kishi ruhini o’ziga bo’ysundiradigan bir holat kasb etadi. Bu shundayki, ma’lum bir ishlar kishiga ko’rinmasdan, ular haqida biror fikr yuritilmasidan va uni e’tirof etilmasdan turib, ular kishiga xush keladi, ba’zilaridan esa kishi o’zini tiyadi. Bir so’z bilan aytganda, bunday narsadan odam bezovtalanadi, lekin bu bezovtalik ongli ravishda bo’lmay, balki nafsoniy — ruhiy ta’sirlanganlik natijasida bo’ladi. Bunday holatda o’sha aytilgan so’zlar to’g’rimi yo noto’g’rimi uning uchun buning ahamiyati bo’lmaydi. Chunki asli — tabiatida rost so’z hech mahal obrazli aytilgan va yo obrazli aytilmagan so’zlarga o’xshamaydi.
Bordiyu unday so’zlarga ishoniladigan taqdirda ham uning ta’sir kuchi sezilmaydi. Bunda u narsa ikknnchi marta, hatto boshqa bir yo’sinda aytilsa ham shunday bo’ladi.
Ko’pincha she’r o’z ta’sir kuchini ko’rsatib, kishini bezovta qilolgan taqdirda ham, biroq she’r bu ta’siri bilan odamda hali ishonch hosil qilolmaydi. Ba’zida she’rda aytilganlarning yolg’ondan iboratliligi ochiq-oydin sezilib turadi. Agar muhokot — taqlid ikki narsa o’rtasida bo’lib qolguday bo’lsa, garchi u yolg’on bo’lsa ham nafs harakatga keladi. Shuning uchun bir narsashgag tavsifi nafsni harakatga keltiradigan narsa xususida bo’lsa, bunga ajablanish kerak ham emas, chunki u to’g’ri bo’lgan bo’ladi, hatto shun-day bo’lishi zarur ham tuyuladi. Shunisi ham borki, odamlar tasdiq — ishonchga qaraganda ham, o’z tabiati bo’yicha, obrazli fikr qilishga moyilroq bo’lishadi. Odamlarning ko’pchiligi mabodo tasdiqni eshitib qolguday bo’lsa, uni yomonlaydilar va hatto uni rad etadilar. Taqlid qilishda odamni taajjubga keltiradigan bir narsa bor, lekin bu taajjub rost uchun bo’lmaydi, albatta. Chunki rostning o’zi mashhur narsa, u bamisoli hammaga mutlaq ma’lumga o’xshab ketadi, uning unchalik tarovati — qizig’i ham yo’qday tuyuladi.
Majhul sidq — noma’lum rost esa unchalik diqqatni o’ziga tortadigan hodisa ham emas. Mabodo to’g’ri so’z sal o’zgartirilsayu, odatdagiday aytilmaydigan bo’lsa va buning ustiga unga uncha-muncha narsalar qo’shilgan bo’lsa, u holda bu narsa inson ruhiga xush keladi. Balki bunday so’zlarni obrazli qilib va rost aytish ham mumkin. Ehtimol, shu bilan obrazli gaplar orqali e’tibor rost va tuyg’ular tomonga qaratilgan ham bo’ladi. Natijada, obrazli gap ham, rost ham ma’qul bo’ladi. Bunday holda obrazli gaplar taajjubga sazovor bo’ladi va undan kishi ruhi lazzatlanib, yengil tortadi. Narsa yoki hodisa aytilganga muvofiq kelguday bo’lsa, uni rost deb qabul qilinadi. Obrazli gap esa, so’z qanday aytilgan bo’lsa, o’shanday harakat qilishga qaratilgan bo’ladi. Rost esa, gap nima xususida borayotgan bo’lsa, o’shanga qaratilgan bo’ladi, ya’ni u gapning asosidagi holatning ruhi haqida fikr yuritadi.
She’r faqat odamlarni taajjubga solish uchungina aytilishi mumkin. Yana shunisi ham borki, she’r ijtimoiy burch maqsadlari uchun yoziladi. Yunon she’rlari ham xuddi shu maqsadlarni ro’yobga chiqargan. Ijtimoiy burch maqsadlari esa uch xil jinsdagi ish-larning biridan iborat: ya’ni mashvarat — maslahatlashish, kelishmovchilik va qarama-qarshilikdir. She’rdagi xitoba — ritorika shu maqsadlarni amalga oshirish uchun qatnashadi. Biroq shunisi ham borki, xitoba tasdiq — to’g’rini qo’llaydi, she’r esa obrazli fikrlashni ishga tushiradi. Ehtimol tutilgan rost cheklangan va chegaralangan bo’ladi. Ularni navlarga bo’lib, o’z joylariga joylashtirish mumkin.
Ammo obrazli gaplar va taqlidlar cheklanmaydi ham, ularning chegarasi ham bo’lmaydi. Nimaiki cheklangan bo’lsa u yo mashhur bo’ladi, yo bo’lmasa u yaqin — tanish bo’ladi. Bunda mashhur ham, tanish ham she’rda tahsinga sazovor bo’lmaydi, tahsinga faqat badiiylik va ijodiylik sazovor bo’ladi, xolos.
Odatda xayol surilib obrazli qilib aytilgan gaplar ko’p narsalarni bajaradi, ulardan bir xillari so’zlarning aytilgan vaqti va bu vaqtning muddati bilan aloqador bo’ladi. Vaqtning muddati esa vazn deganidir. Boshqalari esa so’zlar musiqasi, ohangidan eshitilgan tovushlar bilan, undan boshqalari esa mavhum tushunchalar bilan bog’liq, yana boshqalari esa o’sha eshitilgan tovushlar va tushunchalar o’rtasida aylanib yuradi…
…Taajjubli bo’lishining boisi shuki, aytilgan so’z —- mulohazalarda hiyla — usul ishlatilmagan bo’ladi, xatto fasih so’zining o’zi ham hech qanday sun’iylik ishlatnlmay talaffuz qilinsa go’zal chiqadi.
Yo bo’lmasa hech qanday sun’iylik ishlatilmasa, shu so’zning ma’nosi taajjubli holda g’arib ko’rinadi. Ma’noda bo’lgan odatdan tang qari hayratlanish o’sha taqlid va obrazli fikr qilishdan, undan yuzaga keladigan taajjublanish esa ma’noda qo’l kelgan hiyla — usuldan kelib chiqadi. Bu esa yo jumlada mavjud bo’lgan jo’n — soddalik va yo undagi murakkablilik natijasi o’laroq sodir bo’ladi. Lafzda qo’llaniladigan ustaliklar saj’da, vazn o’xshashliklarida, so’zlarni nafis qilib tizishda, tarsi’, uning ma’no-lari o’zgarish kabilarda va «al-Xitoba»da aytilgan holatlar orqali yuz beradi. Bu yerda bo’ladigan barcha hiyla usullar so’z bo’laklarining o’zaro munosabati, ularning bir-biriga bo’lgan nisbatida sodir bo’ladi. Bu nisbat yo ularning shaklan bir-biriga o’xshashligi-da, yo bir-biriga teskari — muxolif kelishligida ko’rinadi. Bir-biriga o’xshashligi esa yo to’la-to’kis bo’ladi, yo nuqson — kamchilngi bo’ladi. Bir-biriga teskarilik ham xuddi shunga o’xshab yo to’la-to’kis, yo bo’lmasa nuqsonli bo’ladi. Bularning hammasi yo lafzlarga qarab, yo unda kelgan ma’noga qarab bo’ladi. Lafz — so’zlar bo’yicha sodir bo’lsa yo so’zlarda biror narsaga ishora qilishga noqislik seziladi, yo bo’lmasa bu so’zlar biror ma’noga dalolat qilishdan mahrum bo’ladi.
Chunonchi, adavot — bo’lak va harflarni olsak, bular so’zlarning bo’g’inlari sanaladi yo bo’lmasa bu lafzlar jo’ngina bir narsaga, yo murakkab bir lafzga dalolat qiladi. Ma’noga qarab bo’ladiganlari esa yo ma’nolari jo’nligi, yo ma’nolari murakkabligi bilan bo’ladi.
Bularni birinchi qismidan boshlaymiz. Dastlab shuni aytish kerakki, birinchi qpsm bo’yncha bo’ladigan siygalarda so’z bo’ginlarining yo oldi, yo oxiri o’xshash bo’ladi. Tizim — murossa’ deb atalgan tartib xuddi mana shunday bo’ladi:
Dami ketgach kesmaydi qilich,
Tig’i bo’lmas borganda kuning.
Bu yerda adavot — chastitsalar uyqashib keladilar, ular yo shaklda bir-biriga o’xshaydilar, yo bo’lmasa bir-biriga qarama-qarshi ma’noda bo’ladilar. Masalan, arab tilidagi «min» (dan) va «ila» (ga) bir-biriga qarama-qarshi ma’noda bo’lsa, «min» (dan) va «ayn» hamda «nun»dan iborat «an» (dan) bir-biriga o’xshash shakllardagi chastitsalar sanaladi.
Ammo ikkinchi qism bo’yicha keladigan va bir-biriga shakl jihatdan to’la-to’kis o’xshash siyg’a — shakllarga kelsak, ular baytlarda takrorlanadigan so’zlar bo’lib, ular, grammatik jihatdan bir-biriga mos kelsa ham, biroq asl ma’no jihatidan teskari keladigan so’zlardir, yo bo’lmasa ma’no jihatdan to’gri kelsa ham, grammatik jihatdan bir-birlariga mos kelmaydi.
Bir-biriga noqisligi bilan o’xshash bo’lgan shakllarga kelsak, bular yo negizi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar, yo bo’lmasa ham ma’no jihatdan, ham grammatik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar bo’ladi. Birinchisiga misol qilib «ayn» (buloq) va «ayn» (ko’zlar)ni keltirsak bo’ladi. Ikkinchisiga misol qilib «shaml» (guruh, birlik) bilan «shimol» (tomon)ni olsak bo’ladi, uchinchi va to’rtinchiga misol qilib «al-forih» (xushqomat, tezyurar ot) bilan «,al-horif» (o’tkir, mohir), «azim» (buyuk) bilan «alim» yoki«as-sobih» (yangi, toza) bilan «as-sobih» (suzuvchi) va yoki «as-sihod» (uyqusizlik) bilan «as-suho» (mudrash, e’tiborsizlik, kichik ayiq yulduzi)ni keltirish mumkin.
Bular so’zlarda uchraydigan hamohanglik jihatidangina bir-biriga o’xshaydi. Mana shunday o’xshashliklar so’zlarda ma’no jihatidan ham bo’lishi mumkin. Bunday holda ular bir-biriga mutarodif — sinonim bo’lgan ikki so’zdan iborat bo’ladi. Usha ikki so’zning biri boshqa so’z munosabati bilan aytilgan yoki bo’lmasa, unga o’xshash bo’lganligi jihatidan ay-tilgan va yangicha ,munosabat-la bu so’z undan boshqa-roq ma’noda iste’mol qilingan bo’lishi ham mumkin.
Chunonchi, «kavkab» (yulduz) bilan «najm» (yulduz, o’t)ni olsak, keyingisida uning «o’simlik» ma’nosi nazarda tutilgan bo’lishi va bu so’3 avvalgisiga sinonim bo’lib kelishi ham mumkin. Yo bo’lmasa o’q bilan kamonni olaylik. Ba’zan bular bilan osmon jismlari — ma’dan ham nazarda tutiladi.
Shakli bir xilu ma’nosi bir-biriga o’xshamagan so’zlarga kelsak, u holda bunday so’zlar o’zining so’zligi jihatidan biri ikkinchisidai farq qilmaydi. Bu holda u o’sha o’zi dong chiqargan ma’noda kelgan bo’ladi. Bu usulda ishlatilgan siyga — shakllarda so’z birikmasi yo ikki so’z kelsa, ularning biri muayyan bir ma’noga, ikkinchisi uning teskari ma’nosiga yoki unga o’xshash ma’noga to’g’ri keladi, bu unga munosib ham keladi, hatto unga yaqin ma’noda bo’ladi. Bu holatda u o’z aytilmoqchi bo’lingan ma’nosidan o’zgaroq ma’noda iste’mol qilingan bo’ladi. Chunonchi, «Savod» (qorong’ulik) deganda qishloqlar tushuniladi. «Bayod» (oq), «ar-Rahma», «jahannam» va shunga o’xshash so’zlar ham xuddi shunday ko’chma ma’noda ishlatiladi.
Uchinchi qism bo’yicha keladigan shakllarga kelsak, ular bir-biriga o’xshash so’zlardan iborat bo’ladi. Bu xil so’zlar yakka holda turlanadigan bo’laklardan tuzilgan bo’ladi, ulardan tartibli jumlalar yaratiladi va ular o’zlariga o’xshaganlar bilan taqqoslana-di, yo bo’lmasa ularning so’zlari sodda— jo’n bo’lgan shakllarning biridan tuzilgan bo’ladi va o’ziga o’xshagani bilan taqqoslanadi.
Bir-biriga o’xshamagan jumlalarga kelsak, ular-da ikkita murakkab jumla o’rtasidagi bo’laklar tartibi bir-biridan boshqa-boshqa yo’sinda keladi, bunda yo gap bo’laklari qatnashadi, yo bo’lmasa bo’laklar bu shpda qatnashmaydi.
To’rtinchi qism bo’yicha kelgan shakllarga kelsak, ularda butunlay bir-biriga o’xshagan shakllarda keladigan baytdagi bir ma’noli so’z turli shaklda takrorlanib ishlatiladi.
O’xshashliklari to’la bo’lmagan so’zlarga kelsak, ular alohida va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan hol-da, yo bo’lmasa mutanosib bo’lgan holda keladi. Vu xuddi kamon bilan nayza — o’q hamda ota bilan o’g’il ma’nolari kabi. Bular bir-birining nisbatida, mutano-siblikda bir-biriga o’xshab ketadi hamda ular iste’mol qilinish nuqtai nazaridan ham bir-biriga munosib keladi, bir-biridagi mavjud ma’noni yuzaga chiqarishda, shu bilan birga ham ismda, ham nisbiylikda ishtirok etadi. Birinchi misol: Malik — podshoh va aql, ikkinchi misol, kamon va nayza, uchinchi misol, quyosh va yomg’ir.
She’rda bularning bir-biriga o’xshash bo’lganliklari sabablari ko’rsatiladi, balki ko’rsatilmaydi ham. Bordiyu uning sabablariga ishora qilingan (ya’ni ko’rsatilgan) bo’lsa, ehtimol, u o’zicha shunday chiqib qolgandir yoki zarurat taqozosi bilan shunday bo’lgandir.
So’zlar bir-bnriga zid ma’noda keladigan bo’lsa yo ular butunlay teskari ma’noda, yo bo’lmasa shunga o’xshash bo’ladi. Bordiyu qarama-qarshi ma’noda kelishi noqis — to’la yuzaga chiqmasa, u ikki narsa o’rtasida — uning aksiga o’xshashi yo bo’lmasa shunga munosib keladigani bilan o’xshash bo’lishi kerak. Yoki ikkita aksiga o’xshashi va yo shu ikkoviga munosib bo’ladiganlarga o’xshashi lozim. Ba’zan she’rdagi zid ma’nolilik sabablari aytilgan, ba’zida uning sabablari aytilmagan, ya’ni so’zning o’zida bo’ladi.
Beshinchi qismdagilarga kelsak; ular bir-biriga o’xshash jihatidan murakkab ma’nolardan tuzilgan bo’ladi, lekin ularning boshqalari esa tartib nuqtai nazaridangina bir-birlariga o’xshab ketadilar yo ikkovining ham so’z bo’laklari bunda ishtirok etadi.
Bir-biriga teskari bo’lib keladiganlarga kelsak, ular tuzilish jihatidangina bir-biriga teskari keladi yo bo’lmasa so’z bo’laklari ishtirok etgandan keyin tartibda teskari keladi. Yo bo’lmasa bo’laklarda ishtirok etmagan holda ham teskari kelishi mumkin. Bu taqsimotga kirganlar, xuddi o’sha aytilgandek yo unday, yo bunday, bo’lmasa u bunday, bu unday bo’lganlar qatoriga kiradi. Bunda xuddi jam va ajratish-da «sen, falonchi va biz» iborasi ishlatilganidek holat sodir bo’ladi. Go’yo sen «gimora» (ichiladigan, totli suv) sanu, lekin anovi kishi bo’lsa, «zioqa» (ichib bo’lmaydigan sho’r suv) deyilganidek. Bu xuddi yashash uchun u narsa orzu etiladi-yu, lekin uning yashinidan cho’chib turiladigan narsa nima, deyilganining bayo-nida ishlatiladigan «yurajji» va «yuttaqiy» so’zlari bilan maqsad ifodalangan kabidir.
Qisqa kilib aytganda, bir qancha she’r shakllari mana shulardan iborat. Yunonlar o’zlarining muayyan bir istaklarini she’r bilan ifodalashga intilganlar. Ular har bir maqsadni alohida-alohida vazn bilan chegaralaganlar. Ana shunday she’r turlarining birini tragediya deb ataydilar. Uning go’zal va yoqimli vazni bor, u o’zida yaxshilik va yaxshi odamlar bilan insoniy fazilatlarni qamrab olgan bo’lib, unda o’shalar kuylanadi. Bu barcha tavsiflarning ustiga ustak boshliq bo’rttirilib madh etilishi nazarda tutiladi. Bu vaznlar bilan podshohlarning huzurida ana o’shalar kuylangan. Ko’pincha, asarda podshohlari ha-lok bo’lsa aza tutishganda navha tortib — o’kirib yig’lashgan va marsiya (elegiya)lariga nagmalar qo’shib kuchaytirishgan.
Yunon she’riyati navlaridan yana biri difiramba deb ataladi. Uni ham misoli tragediyaning o’zidek desa bo’ladi. Biroq uning o’ziga xos alohida xususiyati bor, u ham bo’lsa shuki, bu nav she’r muayyan bir inson yo bo’lmasa muayyan bir xalqni maqtashgagina qaratilgan bo’lmay, balki umuman odamlarni kuylaydi.
She’riyatning yana boshqa navlaridan biri komediya deb ataladi. She’riyatning bu navida yomonliklar, razilliklar va hajv qilinadiganlar zikr qilinadi. Ba’zan esa unga nag’malar — musiqa yo ashula qo’shilib, she’riyatning bu navida odamlar va turli-tuman hayvonlar qatnashib, qabih odamlarning xulq-atvori zikr etiladi.
She’riyatning yana bir turi yamb deb ataladi, unda jamiyatning har bir sohasida mashhur bo’lgan voqealar, elga taniq bo’lgan masalalar zikr qilinadi. Bu nav she’rlar o’zida tortishuvli masalalarni ifodalaydi, unda urush, janjal, g’azablanish, g’ijinish kabi kayfiyatlar tasvirlanadi.
She’r navlaridan yana birini drama deb ataladi. Bu nav ham xuddi yambning o’zi, faqat shunisi borki, bu nav — janr vositasida el aro tanilgan bir shaxs yoki ma’lum kishilar haqida hikoya qilinadi.
She’riyatning yana bir turi diaqrama deyiladi. Bu qonunshunoslar tomonidan hayotda yomon ishlar bi-lan mashg’ul bo’lgan kishilarni narigi dunyo tushunchasi bilan qo’rkitish uchun ishlatilgan janrdir.
She’riyatning yana bir turi efi deb ataladi. U yakka navlardan bo’lib, bu nav o’zida olijanob va odatdan tashqari qiziq hamda quvnoq voqealarni bayon qiladi.
Boshqa bir she’r naviga epik-ritorik deyiladi. Bu nav she’r siyosat, qonunshunoslik va podshohlar haqidagi xabarlarni bayon qilishda ishlatiladi.
Yana boshqa bir she’r navi satira (satura) deb ataladi. Buni musiqorlar o’z ritmlari, kuy hamda bu bilan bog’liq bo’lgan narsalarni bir-biriga uyqashtirish uchun maxsus ixtiro qilganlar. Odamlarning aytishlaricha, mana shu navda ashula kuylanganda uni eshitgan hayvonlarda odatdan tashqari bo’lgan harakatlar yuz berar emish.
She’r navlaridan yana birini fiyumuta — poema deyishadi. Bunda yaxshi va yomon she’rlar bitiladi. Bu nav she’r ham o’zi hamjins bo’lganlarga o’xshab ketadi.
She’r navlaridan yana biri efijonasovus deyi-ladi, buni Empedoqlus (Empedokl) ixtiro qilgan. Bunda tabiiy va boshqa tur ilmlar haqida fikr yuritiladi.
She’r navlarining yana biriga akustika deyiladi. Bu nav she’r bilan muzika san’ati o’rgatiladi. Bundan boshqa joylarda uning foydasi tegmaydi.
SHE’RDAGI UMUMIY G’ARAZ TURLARI VA TAQLIDLAR HAQIDA
Endi biz birnnchi ta’limdan tushunpb ulgurgan narsalarimizni bu srda ifodalab o’tamiz. Yunonlarga xos bo’lgan she’r va rasmlar haqida ko’p gaplar gapirildi. Yunonlar orasida bu gaplar tushunarli va ma’lum bo’lgani uchun bu haqda ko’p gapirib, ularni sharh va ifodalab o’tirishning hojati yo’q.
Bizga yetib kelgan xabarlarga qaraganda, yunonlarda ma’lum sanoqdagi she’r navlarida o’ziga xos ma’lum g’arazlari bo’lgan. Har bir maqsadning o’z vazni ham bo’lgan.
Arablarda xuddi diyorini eslash, sevgili yorini kuylash, cho’lu biyobonlar vasfini bitish va shunga o’x-shash kayfiyatlarni ifodalashda bo’lgan odatlari kabi, yunonlarda xam she’rlarni ro’yobga chiqarishda har bir naviga tegishli maxsus odatlari bo’lgan. Shunday bo’lishi ma’lum va tushunarli bir hol.
Endi Aristotelь aytgan fikrni keltiramiz. She’r haqidagi so’zlar va uning turlari, apniqsa u turlarning har birida she’r ijod qilishdagi masalalar, she’riy afsona (mif)lar — hammasi obraz-li qilib aytiladigan so’zlar sanaladi. Undan tashqari, har bir janr bo’laklarini qanchaligi va ular qanday sifatlardan iboratligi gapiriladi.
Endi bu borada senga aytsak, she’riyatdagi har bir masal va afsona o’zidan boshqa bir narsaga tashbih qilib olingan bo’ladi, yo bo’lmasa o’sha narsaning o’zini qanday bo’lsa, o’sha tarzda olmasdan, balki aksincha, uni birmuncha o’zgartirilgan holatda olinadi. Narsaning o’zi qanday bo’lsa, o’shandayligicha olmasdan, uni sal o’zgartirilgan tarzda olinganiga istiora yo majoz deyiladi. She’r mana shu istiora bilan majozning tarkibidan hosil bo’ladi. Chunki taqlid qilishning o’zi insondagi tabiiy bir xususiyatdir. Taqlid narsaning o’zi bo’lmay, balki o’sha narsaning o’xshashidir. Shuning uchun inson tabiiy biron-bir hayvonga taqlid qilganida, u ko’rinishda xuddi o’sha hayvonga o’xshagan harakatlar qiladi. Ba’zi odamlar o’z yurish-turishlarida boshqa birlariga taqlid qiladilar. Ba’-zilari boshqa birlariga taqlid qilishsa, o’z navbatida ular ham yana boshqa birovlariga taqlid qiladilar. Mana shunday san’at — mahoratdan nimaiki sodir bo’ladigan bo’lsa, taqlid sodir bo’ladi, shuningdek, odatga bo’ysungan taqlidlar ham yuz beradi, yana xatti-harakat bilan bo’ladigan taqlidlar ham bo’ladiki, bulardan gap — yozuv bilan bo’ladigan taqlidlar yuzaga keladi.
She’r uch xil narsa bilan xayolga ta’sir etadi163 va taqlid qilnnadi; ularning birinchisi lahn — garmoniya bo’lib, bu bilan she’r kuylanadi. Garmoniya esa, shak-shubhasiz, inson ruhiga ta’sir etadi. Har bir maqsadning holatiga qarab lahn mos kelaveradi. Bunda faqat uning galizligi yo mayinligi, yo bo’lmasa, o’rtamiyona bo’lishligiga qaraladi. Xuddi shu taxlitda taqlid — tashbihning o’zi ham kishi ruhiga ta’sir etadi. Shu ta’sir natijasida kishi ruhi yo g’amli, yo g’azabli, yo undan boshqa bir yo’sindagi holatga tushadi.
Ikkinchisn so’zlar ta’sirida sodir bo’ladi, faqat bunda so’zlar obrazli va tashbihli aytilgan bo’lishi shart.
Uchinchisi vazni bilan bo’ladigan taqlid. Chindan ham bunda yengil, shu bilan birga viqor bilan eshitiladigan vaznlar bo’lishi mumkin. Ba’zan bularning uchalovi birlashib, yo bo’lmasa vazn bilan obrazli qilib aytilgan so’zlar alohida-alohida kelishi ham mumkin. Mana shu narsalarning hammasi bir-biridan farqli bo’lishi ham mumkin. Bir-biriga munosib kelgan nag’malar bilan ritmdan garmoniya tuziladi, bu ovoz esa qo’shnay bilan ud asboblarida mavjud bo’lsa ehtimoldan xoli emas.
Ritmi bo’lmagan yakka garmoniyalar esa, munosabat to’g’ri kelib cholg’uvchi qo’shnayni chalayotganda uning teshiklari ustiga barmoqlarini qo’ymasdan chalganda chiqadigan ovozda uchraydi. Garmoniyasiz ritm esa raqsda uchraydi. Shu sababdan raqsni kishi ruhiga ta’sir etishini mo’ljallab, uni garmoniya — lahn bilan birga tuzadilar.
Obrazli so’zlar nasrny, shu bilan birga ularning vaznlari xayolga ta’sir etmaydngan bo’lishi ham mumkin. Zero bunda vaznning o’zi so’zi bo’lmagan jo’n va ma’nosiz bir narsaga o’xshab qoladi. She’rda esa ob-razli aytilgan so’z bilan vazn birga keladi. Ammo bir qancha faylasuflar vaznli so’zlar tuzdilar, bundaylardan biri Suqrot bo’ldi. Bunda so’zlar o’n to’rt bo’g’inli she’rdan iborat bo’lgan elegiya triametridan tuzilgan yo bo’lmasa turkiy ruboiy — tetrametr vazni bilan o’n olti bo’g’indan tuzilgan va shunga o’xshash kabi. Haqiqatni olganda, bundaylar hech mahal she’r bo’lolmaydi, balki she’rga o’xshash tizma so’zlar bo’lishi mumkin. Bu holat xuddi Empedoklning tabiat haqida asar yozib, vaznga solgan yig’ma so’zlariga o’xshab ketadi. Bunda vazndan boshqa hech qanday she’riy alomat yo’q. Empedokl bilan Gomer ikkalasp o’rtasi-da ham vazndan boshqa hech qanday o’xshashlik bo’lmagan. Empedoklning yozganlari vaznning mavjud bo’lishiga qaramay tabiiy gaplardan iborat bo’lib qolgan, xolos. Gomerning vaznli gaplari esa, she’riy so’zlar tusini olgan. Shuning uchun Empedokl so’zlari hech qachon she’r bo’lolmaydi.
Shuningdek, yana shu narsa ham borki, kimda-kim so’zlarini nazmga tizmoqchi bo’lsa, u o’z gaplarini birgina vaznga solib qo’ya qolmaydi. Uning gaplarining har bir bo’lagi boshqa vaznlarda keladi, bu ham hali she’r bo’lmaydi. Shuning uchun kimda-kim she’r aytib kuylamoqchi bo’lsa, albatta, uni ohangli lahn bilan bajo keltiradi.
Shu sababdan ham yunonlarning bir xil she’ri difiramb deb atalgan. Menimcha, difiramb yunon she’riyatining bir turi bo’lib, unda muayyan bir odam yo bo’lmasa ma’lum bir guruh maqtalgan emas, balki umuman yaxshi va olijanob odamlar maqtalgan. Bu esa yigirma to’rt bo’g’inli turoqlardan tuziladi.
Xuddi shuningdek, yunon qonunshunoslarining odamlarni narngi dunyodagi yomon ruhlardan qo’rqitib, ularning yuragiga vahima solib turish uchun qo’llaydigan she’rlari ham bo’lgan. Menimcha, buni diaqramma deb atashgan.
Tragediyada ham xuddi shunday yo’l tutganlar. Tragediya — madih bo’lib, unda tirik yo o’lik biron odam haqidagi tavsif bitilgan bo’ladi. Bunda juda ajoyib qo’shiqlar kuylangan. Ular dastlab bir qo’shiqni kuylashga kirishganlar, unga yaxshi fazilatlar, xulq-atvorlar bilan zeb berganlar, keyin bularning hammasini bir kishiga nisbat berganlar. Bordiyu u odam o’lgan bo’lsa, u holda baytni uzaytirib, baytga bayt qo’shganlar yo bo’lmasa, nag’malarini orttirganlar, shundan bo’lea kerak, bu nagma marsiya va niyoha ekanligini ko’rsatadi.
Komediyaga kelsak, u she’rning bir navi bo’lib, unda hajv qilinadigan narsa va voqealarga istehzo va masxara uygunlashgan bo’lib, ularning ustidan kuladilar. Bunda hajv qilishdan muddao, ko’zlagan maqsad inson bo’ladi. U tragediyaga qarama-qarshi sanaladi, chunki tragediya, melodiya va nazmga o’xshash vositalarning barchasini o’zida birlashtirib ish ko’rsa, komediya esa o’ziga melodiyani singdirolmaydi, chunki istehzoga kuy mos tushmaydi.
Har bir taqliddan yo tahsinni ko’rsatish ko’zlana-di, yo bo’lmasa qabihlikni aks ettirish nazarda tutiladi. Zero, bir narsaga tashbih qilinganida yo tahsinga sazovor etiladi, yo uning qabihligi ko’rsatiladi.
Biroq shunisi ham borki, yunon she’riyatida tashbih ko’pincha fe’l-atvor va hol-ahvolga qarab qo’llanadi, undan boshqa maqsadni ko’zlamaydi ham. Yunonlar tashbih qo’llaganlarida hech vaqt arablarga o’xshab ishlatmaganlar.
Arablar she’rni ikki maqsadni ko’zlab yozganlar: ularning biri kishi ruhiga ta’sir etish; bu bilan ularni muayyan bir yo’nalish va emotsiyaga chog’lash, infiolga she’r aytishdan, ikkinchi maqsad esa, odamlarni taajyasubga solish bo’lgan. Chunki, arablar har bir narsaga tashbih ishlatib, bu bilan odamlarni hayratga solmoqchi bo’lgamlar. Yunoplar esa, o’z so’zlari (ya’ni she’r vositaoi) bilan odamlar fe’l-atvoriga ta’sir etishni maqsad qilib olganlar yo bo’lmasa shu so’z yordami bilan nojo’ya harakatdan tiyishmoqchi bo’lishgan.
Buni yunonlar goh xitoba — ritorika, goh she’rda ifodalash yo’li bilan amalga oshirmoqchi bo’lishgan;
Shu sababdan yunonlarda bo’lgan she’riy o’xshatish harakat va ahvollarning taqlidi bo’lgan, xolos. Bu narsalar o’sha xatti-harakat va unga bog’liq bo’lgan holatga qarab bo’lgan. Zero xar bir xatti-xarakat yo qabih, yo go’zal bo’lgan……Har bir tashbih va taqlid ularcha yomonlash va yaxshilash, bir so’z bilan aytganda, maqtash va mazammat qilishday naqd gap edi. Yunonlar xuddi rassomlarday ish tutganlar. Ma’lumki, rassomlar podshohni chiroyli, shaytonni esa xunuk qilib chizganlar. Xuddi shuningdek, rassomlarning bir qismi misoli moniy tarafdorlari g’azab va rahmat ahvolini tasvirlagandek chizishga uringanlar. Chunki monaviylar g’azabni xunuk — qabih, rahmatni go’zal shaklda chizganlar. Yunon shoirlari orasidan chiqqan ba’zi birlari bu ishga berilib, garchi qabih yo go’zal shaklda xayol qilinsa ham, bari bir, ular faqat mutobaqa uchungina tashbihni harakatga aylajgirmoqchi bo’lishgan.
Ko’rinishicha, tashbih fasllari uch xil bo’lgan: tahsin, taqbih, mutobaqa. Bu uch xususiyat sodda kuylarda ham, sodda vaznlarda ham, sodda ritmlarda ham bo’lmay, faqat so’zlardagina bo’ladi, xolos.
Bularning uchinchi fasli sanalgan mutobaqa vositasi bilan shoir xunuklikni ham, go’zallikni ham vasf etishi mumkin. Bu taqlidning naqd o’zginasidir. Chunonchi, shoir g’azabli nafs shavqini sherning sakra-shiga o’xshatmoqchi bo’lsa, bu holda mutobaqani ikki yo’sinda qo’llashi mumkin. Masalan, «zolim yirtqich sher sakradi» yo bo’lmasa «dovyurak sher sakradi», deyilganda, oldingisida mazammat qilish, ikkinchisida maqtov tushuniladi.
Mutobaqa birikmadagi salgina bir ortiqchalik bilan ham yaxshiga, ham yomonga aylanishi mumkin. Bu Gomerning tipidir. Bordiyu unga na dovyurak va na yirtqichlik sifatini qo’shmay, o’zi qanday bo’lgan bo’l-sa, shundayligicha qo’llansa, u holda mutobaqa mutobaqaligicha qoladi.
Mana shu yuqorida tilga olingan uch xil taqlidlar haqida o’tmishdagilar keragicha aytib o’tishgan. Ba’zi yunon shoirlari esa ularga faqat o’xshatishmoqchi bo’lishgan. Gomerga o’xshagan ba’zi bir shoirlar esa ko’proq insonning yaxshi fazilatlarita taqlid qilishgan. Ba’zi birlari ikkaloviga ham, ya’ni insonning yaxshi va qabih fazilatlariga taqlid qilishgan.
Keyin Aristotelь o’sha davrda yunonlarda bo’lgan xarakterlarni eslab o’tadi.
Taqliddan kuzatilgan maqsadni ifodalash uchun bitilgan fasl mana shulardan iborat.
Taqlidlar uch xil — tashbih, istiora va tarkibdan, g’arazlar ham uchta — tahsin, taqbih va mutobaqadan iboratdir.
SHE’RNING DASTLAB PAYDO BO’LISH KAYFIYATI VA SHE’R TURLARI HAQIDA
Inson quvvatida she’r tug’ilishining ikki sababi bo’ladi: ularning biri taklid — tashbih bilan lazzatlanish, ikkinchisi esa yoshlikdan boshlab shu taqlidning inson faoliyatida ishlatilib kelinishi. Mana shu xislat bilan inson barcha tilsiz hayvonlardan farq qiladi. Shu bnlan birga inson taqlid borasida tirik mavjudotlarning eng qobiliyatlisi sanaladi. Ularning ba’zilarida hech qanday taqlid bo’lmaydi, ba’zilarida esa mutlaq kam uchraydi. Vu yo nag’ma bilan chunonchi, to’tiqush kabi va yoki maymunga o’xshab layoqat hosil qilish bilan bo’ladi.
Insonda bor bo’lgan taqlid foydalidir. Bu bilan inson biror narsaga o’xshatma qilib, ma’lum bir ma’noga ishora qiladi. Usha ishoralar esa ta’lim o’rnini egallaydi.
Hatto agar ishoralarga ibora (interpretatsiya) jo’r bo’lsa, u vaqtda kishi ongida yorqin ritmli mazmun paydo bo’ladi. Bu holatning sababi shundaki, ruh bundan yengil tortadi, shavqqa to’ladi va taqlid bilan lazzatlanadi, demak, taqlid lazzatlanishga sabab bo’ladi, shunday holda ishora eng o’rinli joyga tushgan sanaladi. Odamlar jirkanch va iflos hayvonlarning suratlarini ko’rganda, u haqda o’ylab, fikr yuritib bu manzaradan zavqlanadilar. O’sha suratlarni ko’rayotgan odamlar hayvonlarning asli o’zini kuzatganlarida, ulardan jirkanishib yuz o’girgan bo’lishardi. Bu o’rinda zavq beradigan narsa, chizilgan suratning o’zi, chizilganligi ham emas, balki ularni boshqa narsalarga juda mohirlik bilan taqlid qilinishidir.
Shu sababdaya bilim etallash faqat faylasuflar uchungina emas, balki, umuman, ko’pchilikka zavq baxsh etadi. To’gri bilim egallash taqlid vositasida yuzaga
kelyapti. Bu bilim kishi ruhida mavjud bo’lgan muayyan bir faoliyatning aksi sanaladi.
Shuning uchun ham odamlar bu chizilgan rasmlarga qarab, tasvir ham o’sha asliga o’xshash qilib yaratilganligini his etishgach, ko’proq, yana ham ko’proq qiziqadilar. Bordiyu ular aslini oldinroq ko’rishib, ularni payqashmaganida zavqlanish to’la-to’kis bo’lmas edi. Shunday ekan, ular o’sha chizilgan rasmlar sifati, holati va hokazolarni ko’rib, ulardan olinadigan lazzat oldingisiga yaqinroq bo’lgan taqdirda ham zavqlana oladilar.
Ikkinchi sabab esa, odamlar tabiatidagi kompo-zitsiya va kuylar ta’lifiga bo’lgan muhabbatdir. So’ngra asosiy gap kuylarga munosib vaznlar topish-da qolgan. Ularga esa kishilarning ruhlari mayl etadi. Nafslar ularga moyil bo’ladigina emas, axtarib topadi ham.
Mana shu ikki sabab yuz bergach, she’r tug’iladi. U kishi tabiatiga asta-sekin singib, una boshlaydi. U ko’proq tabiatan shoir bo’lganlarda kutilmaganda va tabiiy ravishda yaratiladi. Ularning har birida bo’lgan tabiiy sezgi va o’ziga xos bo’lgan qobiliyatga, o’z xulqi va odatiga ko’ra she’r yaratish xususiyati paydo bo’ladi. Qaysi shoir iffatli va pokiza bo’lsa, u yaxshi xulq-atvor va shunga o’xshash fazilatlari bilan taqlidga mayl etadi; bordiyu shoirlar tabiati past, tuban xususiyatli bo’lsa, hajvga mayl etganlar, shu tariqa ular yomonlikni hajv qilishga o’tganlar.
Ular bu yomonlarning har birini alohida-alohi-da hajv qilganlarida ularni eng yaxshi xulq-odob va maqtovlar bilan madh etganlar, natijada ular qalamida tasvirlangan o’sha razillar eng qabih odamlar toifasidan joy olganlar darajasiga tushib qolganlar. Shunisi borki, kimda-kim fisq-fujur razolatdir, degan bo’lsayu, undan nariga o’tmasa, bu hol odam ruhiga zarracha ta’sir etmaydi. Bu iffat o’z olijanobligi bilan kishini bezaydigan narsa, degan so’zlarning ta’siriga o’xshab ketadi. Aristotelь aytgan:
— Shunisi ham borki, Gomergacha she’riyatda bunday fazilatlarni o’zida qamrab olgai birorta shoirni topolmaymiz. Shu bilan birga, undan oldin bu fazilatlar borasida shunchalik keng gapirolgan shaxsni ham eslolmaymiz. Shuningdek, ungacha bunday fazilatlarni bitgan boshka shoirlar bo’lganini inkor ham etolmaymiz. Shunga karamay, Gomer birinchi va boshlovchi shoir edi.
Bunga hajviya yozgan kadim shoirlarning she’rlari tarjimasini misol qilib olsak bo’ladi:
«Fohisha va buzgunchilik muayyan bir holdir», deyilganidek.
Shu kabilarga o’xshash gaplar yamb deb mashhur bo’lgan she’r turida ham aytilgan. Yamb o’ziga xos bir she’riy vazn bo’lib, u mujodala — tortishuvlar, istehzo va zajar (172-b.)lardan bahs etadi, lekin bunda muayyan bir insonni asosli maqsad qilib olinmaydi. Bu vazn o’n ikki bo’g’inli turoqdan iborat. Unda shoirlar asosan dilozo va parodiyalar yaratganlar.
Endi Gomerga kelaylik. Tragediyada eng avval qoyil qilib so’z aytgan kishi ham, o’sha fazilatlar haqida juda keng gapirgan kishi ham Gomer edi. U dramotrayonotda — bu yamb ma’nosida kelyapti — dastlab ijod qilib, qo’riq ochgan edi. Bundan kuzatilgan aso-siy maqsad o’ziga o’xshash muayyan inson yo o’zlariga o’xshagan bir qancha odamlarning tasviri edi, xolos. Shuning uchun «Odisseya» tragediyaga qanday nisbat berilgan bo’lsa, komediyaga ham shunday nisbat berilgan edi. Bu har ikkalasining ham har biri boshqa o’ziga o’xshagan she’r navlariga qaraganda umumiyroq va qadimiyroq ekanligini ko’rsatadi…
Bundan so’ng Aristotelь bu navlarning tarixiga ko’ra, bir turdan ikkinchisiga o’tish jarayoniga to’xtab o’tadi.
Bularning barchasini Aristotelь navma-nav izohlab, hatto uning yozgan tragediya va komediyalari boshqa navlardan ajralib chiqqungacha yuzaga keldi va shu bilan u asar mukammal bir tus olishga muvaffaq bo’lganini ta’kid etadi. Tragediya qadimgi difirambdan kelib chiqdi. Komediya esa past — tuban hajviy she’rlardan yuzaga keldi…
Tragediya paydo bo’lgan kezlarda uni e’tiborsiz tashlab qo’yishmadi, u ba’zi o’zgarishlar bilan tako-millashaverdi, unga qo’shimchalar qo’shilib, uning tabiatiga singib bordi. Keyin unga ijro etish san’ati kelib qo’shildi. So’ng esa shoirlar ijro etishni so’z bilan qo’shib yubordilar. Hatto bir narsaning o’zini ikki nuqtai nazardan tushuna boshladilar: biri so’z nuqtai nazaridan bo’lsa, ikkinchisi o’sha so’zni ijro etish jarayonining shakli nuqtai nazaridan edi.
Keyin o’sha qadimgi Asxilos (Esxil) maydonga keldi. U tragediyaga kuyni moslashtirdi. Natijada tragediyalarda kuyni iyasro etish ashulachi va raqqoslar zimmasiga tushdi. Bu kishi, ya’ni Esxil raqibni she’r bilan dafn qilishni, ya’ni sahnadagi aytishuv va tortishuvlarni xuddi «al-Xitoba»da aytilganidek rasm qilgan. Sofokl bo’lsa, tragediyaga kecha — tantanalarda hazil-mutoyiba va masxara tariqasida ijro etiladigan har xil kuylarni qo’shadi. Bu avvalgi tragediyanavislarda kamdan-kam uchraydigan voqea edi.
Keyin bularga satira yaratganlar kelib qo’shildi. Satira ham yamb ruboiyotlaridandir. So’ng satira hazil mutoyibasiz ishlatiladigan bo’ldi…
Menimcha, uning ruboiyot — tetramatrlari — vaznlari qisqa bo’lib, uning har bir baytida to’rtta asosi bo’ladi. Har bir misrada nkkita asos bor. Bordiyu ruboiylarda vazn to’rt marta orttiriladi, degan gap uchrab qolsa, bu tarjima bo’lgan gapga unchalik e’tibor bermanglar, to’g’ri tarjimada, aksincha, bunga hech qanday) zidlik bo’lmaydi. Bu naql o’sha ruboiyotlarning qadimiyligini va soturiqo deb atalgan raqs o’shanga nisbat berilganini ko’rsatadi. She’rlarning qadi-miysi eng qisqa va eng kam uchraydigan bo’ladi. She’r qachon eng yengil bo’lsa, u raqsda ish beradi. Aristotelь aytgan:
— She’rning bu navini satira deb atalganining sababi shuki, soturiqo deb atalgan raqsga bu vaznda aytiladigan she’r tasodifan mos kelib qolgan… Shu bilan u kuyga solingan. Bayt bo’laklarining har bir bo’lagi ma’lum ohangga mos vazn bilan chegaralangan…
Komednya nimaiki yomon deb tan olinsa, uni qoralayvermaydi balki buzuqlikka olib boradigan yomonlik turlarini qoralaydi. Bundan kuzatilgan maqsad unday holatni istehzo qilish va mensimaslikdir. Ko-mediya ana shu istehzo turiga kiradi… Sen buni masxara qilib kuladigan odam yuzida yuz bergan o’agarishlarda ko’rishing mumkin.
Shunda, u quyidagi uch turli istexzolarning to’planishidan shaklu shamoyilini o’zgartiradi: birinchisi, qabohat bo’lib, uning qandayligini ko’rsatish uchun ijro etayotgan odam o’zining tabiiy yuz ko’rinishlari-ni bema’ni tusga solib o’zgartiradi, ikkinchisi, na-kad — bebaxt bo’lib, bu bilan odamlar orasida shalvirab va loqaydligini bildirmay, bu xususiyatlarini yashirib yurgan shaxslar basharasidan pardalarni ochib tashlash va ularning o’yasarliklarini foga etish maqsad qilib qo’yiladi. Shuning uchun nakadni ijro etuvchi san’atkordan yuzida istehzo yuzaga keltirish alomatlarini bajarolish taqozo qilinadi.
Uchinchisi esa xilv — bo’shlik bo’lib, u g’am-qayg’udan bo’sh va boqibeg’am bo’lib, g’azabdagiga o’xshamaydi, chunki g’azab qayg’uli va haqoratlangan bo’lib ko’rinadigan yuz tuslarini o’zida birlashtirgan aft-angor sanaladi. Istehzoni ijro etayotgan kishining yuz ko’-rinishi hayotdan mamnun kishi ko’rinishini ifodala-shi kerak. U qayg’usiz xursand va o’z qayg’usini yashirgan yoki aziyat chekkan qilib ko’rsatiladi.
Endi komediyaga kelganimizda uning qachon paydo bo’lgani noma’lum bo’lib, hatto uning tarixi ham va yaratilish kayfiyatlari ham unutildi. Usus podshohi komediyadan foydalanishni taqiqlab, uni qo’ymas-likka farmon berganidan so’ng yana qayta qo’yishga ruxsat berilgach, kuylovchilar chinakam she’riy qonun-qoidaga rioya qilishmagan, o’zlari ixtiro qilgan narsalardan foydalanishga uringanlar… Ular tasodifan she’rni oladilarda, unga ashula va ritm qo’shadilar. Ba’zi ko’rinishlarda topgan she’rlaridagi qadimgi vaznli so’zlarni qisqartiradilar. Buni ijro etish san’atiga yordam bo’lsin degan andishada amalga oshirganlar. Ular o’z davrida komediya haqida mavjud bo’lgan bilimlarni surishtirishga urinmaganlar ham. O’z davridagi bilimni o’rganishga kirishmaganidan ke-yin, komediya borasidagi ilgarigi tadqiqotlar oldida ular qanday ahvolda bo’lardi deysiz?!
BAYTLAR MIQDORINING G’ARAZLAR BILAN MUNOSABATI, XUSUSAN, TRAGEDIYA HAQIDA, TRAGEDIYA BO’LIMLARI BAYONI
Epos qofiyali yaratiladi, ko’pincha uzun aruzlarda shakllanadi. Yunonlarda bir o’lka bilan ikkin-chi o’lka o’rtasida jang bo’lib, bir qavm ikkinchisi yurtini egallab olsa, ular qadimgi qisqa vaznlarda she’r aytishni o’zlariga ep ko’rmay, uning o’rniga uzun va cho’ziq she’r aytib javob qilganlar. Shu bilan ular epos va masallarni anchagina kengaytirganlar. Shu sababdan ular yamb vaznini tanlamadilar, chunki bu vazn unday fikrni ifodalashga ularcha qisqalik qilgan, hatto qisqa bo’lganligi uchun yamb vaznidan voz kechganlar.
Epopeya vazniga kelsak, u ham o’sha qisqa vazn sanaladi, o’n olti bo’g’inli turoqdan iborat. Buni ko’p-roq tragediyaga o’xshatganlar va uzunligini yana orttirganlar. Bu ham she’r navlarining bir turi bo’lib, unda juda ham go’zal va kamyob, benazir va xushta’b, ko’ngilochar quvnoq va nafis fikrlar zikr qilinadi. Bunda dialog va nasihatlar ishlatilgan bo’lsa ham ajab emas. Bu sodda va yengil vazndan iboratdir. Uning ritmi sodda tuzilgan bo’lishi kerak. Shunday bo’lsa. u murakkab ritmdan ham ta’sirliroq bo’ladi. Har bir jo’n va sodda vazning talaffuzi uchun o’ziga xos ma’lum bir muddati ham bor. Ularning har bi-rining o’ziga xos mazmuni bo’lgani uchun, o’z navbati-da, ularning o’ziga xos muddati ham bo’ladi.
Bu ikki vazndan boshqasiga kelsak, ba’zan bu vazndagi asar voqeasining uzunligini bir kecha-kunduzga yetkazish hollari ham uchrab qoladi. Shunga qaramay, epopeyaning vazn miqdori hech chegaralangan emas, shuning uchun bo’lsa kerak, u orta-orta, nihoyat, orttirib bo’lmaydigan darajaga yetib qolgan. Shu sababli vaznlar orasida hajm borasida nomutanosiblik yuzaga kelgan.
Aristotelь aytadi: agar epopeyaning vazni orttirilgan bo’lsa, bu orttirishlar keyingi davrda paydo bo’lgan. Tragediyalar esa, qadimdayoq o’sha yuqorida aytib o’tganimizday edi…
Epopeya va tragediyaning ba’zi bir qismlari ularning har ikkalasi uchun ham umumiy, ba’zilari esa faqat tragediyaga xos bo’lgan. Shunisi ham borki, tragediyaga yaroqli har qanday narsa ham epopeyaga mos tushavermagan.
Geksametr — oltiliklar va komediyalar xususidagi gapni keyinga qoldiramiz. Zero tragediya va u orqali taqlid qilinadigan fazilatlar haqida gapirish hajv va istehzolardan muhimdir.
Endi tragediyaga ta’rif beraylik. Tragediya bu afzalligi mukammal bo’lgan yuqori darajali muayyan bir hodisaga taqlid qilishdir. Bu taqlid o’ta mulo-yim so’z va she’r bilan ifodalangan bo’lishi kerak. Bu so’z bo’laklari o’zining oralig’i bilangina ajralib turmaydi. U bo’laklarga malaka jihatidan ta’sir etgan bo’lmay, balki xatti-harakat va fe’l-atvor jihatidan ta’sir qiladi. Bu o’rinda taqlid kishi ruhini rahm-shafqat yo xavfdan cho’chitishga olib boradigan harakatni bajaradi.
Bu ta’rif tragediyaning vazifasini aniq tavsiflab beradi. Ko’rinadiki, tragediyada barcha ko’tarinki fazilatlar vaznli, ta’sirchan so’zlar bilan ifoda etiladi. Bu odamlar ruhi maylini nazokatli va ehtiyot-kor qilib tarbiya etadi. Uning taqlidlari harakatlarga qaratilgan bo’ladi… Yunonlarda tragediya xulq-atvorlarni ritm bilan mukammal qilishni maqsad qilib olgan va kuyni nihoyasiga yetkazish uchun nag’ma bilan hamohang qilingan. Shu sababdan tragediyaning o’sha vazn navlariga qarab qo’shimcha ritmlar ishlan-gan. Yunonlar tragediyaning yaratish jarayonida sodir bo’lgan bir qancha boshqa ishlarni bajarish va ijro etish masalalari ustida ham ishlab, taqlidni to’la-to’kis nihoyasiga yetkazganlar.
Tragediya bo’laklarida eng avzal obrazli qilib aytilgan so’z ma’nolaridan ko’zlangan maqsad asosiy sanaladi. Keyin o’sha ma’noga kuy va so’z ishlanadi.
Mana shu kuy va so’z yigindisi bilan taqlid qilina-di. So’z — vaznli jumladir, kuy esa, she’r yozish uchun paydo bo’ladigan va ma’noga bog’liq bo’lgan kayfiyat kuchidir…
Kuy qandaydir bir ta’sirli harakatdan darak beradi. U o’ziga xos ma’nosi bo’lgan harakatga o’xsha-tiladi… Xuddi shuningdek, kuy bo’laklari goh u holatga, goh bu holatga mos kelaveradi. Odamlar nazdida bu kuylar bilan yangi ishlar sodir bo’ladi, ular xuddi o’sha xulq egasi majburan qanday qilib shu holga tushgan bo’lsa, bular ham o’shanday ko’rinishda kuylaydilar, o’shanday holatga tushib ashula aytadi-lar. O’sha harakat unda muayyan tushunchani paydo qiladi. Shuning uchun fal’nchi xuddi o’sha holat o’zida sodir bo’lgan kishiday ta’sirlanib kuylaydi, yo bo’l-masa xuddi o’sha holga tushadigan odamday kuladi, deyishadi.
She’r aytuvchi ikki xil bo’ladi, biri o’z tabiatidan kelib chiqib g’azab yoki muloyimlik bilan gapira-di… Boshqa biri esa o’zidagn ishonchni ko’rsatadi, chunonchi, tahqiqli — chin yo bo’lmasa gumon, shubhaga ishora qiluvchi jumlalarni aytadi. Ijro etishda bulardan o’zgacha ko’rinish bo’lmaydi. Ijrochi ta’biri bilan ifodalanayotgan epos so’zlari shu yo’sindagi taqlid bilan ko’rsatiladi. Bunda har bnr ijrochi o’zining haqiqiy tushunchasini chinakam ijro etayotganlardek harakat qiladi.
Mabodo ijrochi uni hazil tariqasida ijro eta-yotgan bo’lsa ham, u buni rostdan ham jiddiy, xuddi shunday ekanligini yuzaga chiqarishi lozim… U narsani ko’rsatganda tushunarli, ma’qul bo’lgan mazmunni hayotda uchraydigan oddiy bir xabar tarzida namoyish qilmasligi kerak, balki uni ifodalab ko’rsatayotgan odam bu ahvolni juda teran tushungan va u voqeadan o’ta xabardor bo’lishi va uning oqibati nimalarga olib borishini yorqin ifodalashi kerak,
…Tragediya amalga oshiradigan eng ulug’ ishlar shundan iboratki, u ham bo’lsa tragediya faqat odamlarning o’zlariga taqlid qilish uchungina emas, balki ularning xarakterlari, harakatlari hayot tarzlari va baxt-saodatlariga taqlid qilishdan iboratdir. Bu o’rinda so’z ko’proq axloqqa qaraganda harakatlar haqida boradi. Vordiyu axloqni gapirishganda ham, aslida yaxshi harakatlarni aytmokchi bo’lishgan. Shuning uchun tragediya qismlarida axloq emas, balki xarakterlarni o’z ichiga qamrab olgan harakatlar ham eslatilgan. Axloq esa tashqaridan ko’rinadigan nar-salarni o’zida qamrab olgan.
Chunki «axloq» deyilgan so’zning o’zida fe’llar qamrab olinmaydi, yunonlar o’z tragediyalarida fe’llarni zaruriy ravishda gapirganlar. Lekin axloqni esa unda g’ayrizaruriy ravishda gapirganlar. Ular tragediyalarida, ko’pincha, ularning yangilarida shunday qilganlar. Lekii ular bu orada fe’llarnigina zikr qilganlar. Lekin u bilan axloqni o’ylamaganlar. Shunisi ham borki, har bir kishi ham xulqni fazilat ekanligini sezavermaydi, balki u fe’llar-ning fazilatligini tushunadi. Fazilatlar haqida yozgan ko’p muallif va shoirlar axloq haqida bitmaganlar, balki biz aytganday bayon qilganlar. Agar epos, xarakter va aloqa-muomalalar va boshqa narsa-larni namoyish qilish yo ifodalash kerak bo’lsa, u holda ilgarilari bu narealarni tragediyada jamlaganlar. Bordiyu tragediyada qamrashga oldin aytganlarimizning qurbi yetmagan bo’lsa va orqada qolib nihoyat, bular muallimi avval — Aristotelь zamonida bo’lgan holatga tushgan. Aristoteldan keyingilar bo’l-sa haqiqatdan ham tragediya bilan bosh qotirmaganlar, tragedik asar yozmaganlar. Valki ular o’sha narsalarning qandaydir bir tarkibi — sintezi bo’lib, ho’ o’sha komil tragediya ko’rinishiga keltirolmaganlar. Bularning hammasi qadimda yozilgan tragediyalarda bajo keltirilgan bo’lib, unda voqeiy eposlar va tragediya shug’ullanadigan boshqa qanday narsa bo’lsa, hammasi bo’lgan. Ular kishi ruhiga juda kuchli ta’sir ko’rsatar edi, hatto unda musibatga uchraganlar sabr etgan, qayg’udorlar esa tasalli topgan.
Epos bo’laklari ikki xil bo’ladi: birinchisi ishtimol — rivojlanish bo’lib, bu qarama-qarshiliklar-ning o’zgarishidir. Bu esa bizning davrimizda «musobaqa»— qarama-qarshi qo’yish deb atalayotgan narsaga yaqin, lekin bu narsa yunon tragediyalarida tadrijiy ravishda, asta-sekin go’zal bo’lmagan holatdan go’zal holatga ko’chishda ishlatiladi. Shunda yomon holatni yomonlash bilan yaxshi holatga aylantiriladi.
Ikkinchi bo’lagi dalola (ma’no) bo’lib, o’z muqo-bilidagini yomonlash hisobiga go’zal holdagini yaxshilash — maqtashni o’z oldiga maqsad qilib oladi.
Qadimgi yunon shoirlari bu ishda vazn va kuyga zo’r bo’lganlar. Keyingi shoirlar esa vazn va kuy ijod qilishda ulardan ham kuchliroq bo’lganlar. Bunda ularning kuchliligi eposning ikkala turida ham obrazli fikr yuritishda, o’ylab ish qilishda bo’lgan. Bunda eng birinchi va asosiy narsa eposdir. Undan keyin o’sha eposdagi xarakterlar orqali yaxshilangunga va bunga qanoat hosil qilingunga qadar hayotga yaqin bo’lib tushadi. Chunki taqlid kishiga xursandchilik baxsh etadi. Bunga dalil shuki, sen qandaydir bir odamni ko’rib, undan xursand bo’lmaysan, sanamga ibodat qiluvchi ham o’zi o’rgangan sanamini ko’rib, undan sevin-maydi, garchi u san’at va ziynatda yetuk suratda ish-langan bo’lsa ham, bularda sen xuddi bir narsaga o’xshatilib, taqlid qilinib chizilgan rasmga tikilib xursand bo’lganingday sevinmaysan. Bu borada ko’plab masal va hikoyalar to’qilgan.
Bu bo’laklarniig uchinchisida ra’y — fikr yuritish keladi. Chunki obrazli qilib fikr yuritish xarakterlardan eng uzog’i sanaladi. Chunki obraz bilan fikrlash kishi ruhini ma’lum holatda tutib turishga, uni tushirmasligiga qobil narsa. Bu esa inson ko’p ishlarni qilish uchun intilganiga o’xshaydi. Yunonlar-da she’riy yo’l bilan fikr ifodalash maqtozga sazovor bo’lar ekan, u holda ular o’z fikrlarini she’riy taqlid bilan ifodalashga qodirdirlar. Bu she’r esa mavjud bo’ladigan narsaning eng yaxshisiga mos keladigan so’zdir. Va nihoyat, avvalgilar odamlardagi ruhiy tushunchalarni obrazli qilib yaratilgan she’riy yo’l bilan aniqlaganlar. Vundan keyin xitoba san’ati— ritorika kelib chiqqan, shu bilan ular odamlarni o’z tushunchalariga ishontirishga intilganlar. She’riy taqlid va xitoba — ikkalasi ham so’z — iboraga taalluqlidir. Ra’y — fikrdagi so’z bilan xarakter, xulqdagi so’z bir-biridan farq qiladi. Ularning biri iro-dani qo’zgaydi, boshqasi esa bir narsaning mavjud va mavjud emasligi haqidagi fikrni qo’zg’aydi, uni istashi yo bo’lmasa, undan chetlanishidan qat’i nazar shunday qiladi. Undan keyin unda bir narsaning bor yo yo’qligidan qat’i nazar so’z xarakter va xulqqa taalluqli bo’lmaydi, balki agar oddiy bir ishda biror tushuncha eslanilsa, unda muallif biror narsaga chaqirgan bo’ladi yo bo’lmasa undan chekinishga da’vat qilgan bo’ladi. Lekin ra’y faqat narsaning mavjud-ligi yo mavjud emasligi, yo shunga o’xshashligi xaqida bo’lgan tushunchasini oydinlashtiradi.
To’rtinchisiga kelsak, u muqobala — qarama-qarshi holda bo’lishdir. Bunda har bir maqsad o’zining ma’-lum vazni bilan ifodalanadi. Bu vazn esa unga munosib keladi. Bu vaznga oid o’zgarishlar bo’lsa, unga to’g’ri keladi…
To’rtinchidan keyin tahlil — kuyga solish keladi. Bu hamma narsaning eng ulkani va kishi ruxiga juda qattiq ta’sir etadi…
San’atkorlik esa she’riyatning eng oliy darajasidir. Chunki san’atkorlik shunday narsaki, u tragediyani bezashga (dekoratsiyasiga) xizmat qiladigan asboblarning foydasidan iboratdir. Undan tragediya manfaat topadi. Undan keyin unga she’r qo’l keladi.
Chunki san’atkorlik shundayki, uning yordami bi-lan yaxshilanadigan asboblarga uning foydasi tegadi va bu o’rinda u bu ishga qo’l keladi… She’r bo’lsa.
Shuni bilginki, obrazli fikr qilpsh aslida «Al-Xitoba»dan olingan, chunki u xitobada tasdiqqa xizmat qilishi va unga bo’ysunishi kerak. Keyin undagi xizmat qilish aslida u she’r bo’lgani va ayniqsa tragediya bo’lgani uchungina shunday, xolos, yo’qsa unday bo’lmaydi xam
Download 399.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling