Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XXXIII. Amiri Hamid Abu Muhammad Iuh Ibn Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniy


Download 426.38 Kb.
bet31/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXXIII. Amiri Hamid Abu Muhammad Iuh Ibn Nasr Ibn Ahmad Ibn Ismoil As-Somoniy[164]
Amiri hamid uch yuz o’ttiz birinchi yili sha’bon oyining avvalida (10 aprel 943) podshohlik taxtiga o’tirdi va Abu Zar unga vazir bo’ldi. U Buxoro qozisi edi. Uning zamonida fiqh ilmini undan ko’ra biladiganroq kishi bo’lmagan. «Muxtasari Kofiy» uning asaridir.[165]

Amiri sa’id vafot etgach, (podshohlikni talab etuvchilardan) har bir kishi bir joyda qaror topti. Amiri hamid Buxorodan chiqib Nishopurga ketdi. Abu Ali Isfahokiy[166]Nishopur amiri edi. Amiri hamid (lashkar) yuborib uni qo’lga oldirdi; o’ziga qarshi kishilarni tarqatib yuborib viloyatlarni tozaladi; Nishopurni Ibrohim Simjurga berdi[167]. Abu Ali Isfahoniy o’zicha: «Men uning podshohligini barqaror qildim, u esa viloyatni boshqa kishiga berdi»,—deb o’yladi va Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somomiyga: :«Buxoroga borib podshohlikni ol! Men sen bilan bo’lsam amir senga qarshi tura olmaydi», — dedi. Abu Ishoq lashkar tortib Amiri hamidga qarshilik oshkor qildi. Amiri hamid Nishopurdan. qaytayotganida Abu Ishoq unga hujum qildi. Ular o’rtasida jang bo’ldi va Amiri hamid yengilib Buxoroga keldi. Uning ketidan amakisi Abu Ishoq ham Buxoroga keldi va uch yuz o’ttiz beshinchi yil jumod al-oxir oyida (yanvar 947) butun Buxoro aholisi unga bay’at qildilar. Buxoroning hamma minbarlarida Abu Ishoq nomiga xutba o’qidilar. Bir oz vaqt o’tgandan keyin Abu Ishoq o’z lashkari uning o’ziga qarshi yomon niyatda ekanini, uni o’ldirishga qasd qilganini va Amiri hamidga sadoqat bildirganini bilib qoldi va Buxorodan qaytib Chag’aniyonga ketdi. Amiri hamid sipohsolorlikni Mansur Qaroteginga berdi va uni Marvga yubordi. Mansur Qarotegin Ali ibn Muhammad al-Qazviniyni ushlab asir qilib Buxoroga yubordi va u (Marvdagi) qo’zg’olonni bostirdi. Amiri hamid o’z podshohligi davrida podshohlikni talab etuvchixar xil kishilar bilan ko’p urushlar qilishiga to’g’ri keldi, Uch yuz qirq birinchi yilga (23 may 952—17 may 953) kelibgina hamma viloyatlar Amiri hamidga to’la bo’ysundi.

Amiri hamid uch yuz qirq uchinchi yil rabi al-oxir oyida (avgust 954) vafot etdi. U o’n ikki yil podshohlik qildi.

Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy bu kitobni Amiri hamid podshohligi davrining boshida uch yuz o’ttiz ikkinchi yili (4 sentabr 943-23 avgust 944) uning nomiga atab yozgan va Amiri hamid davrida yuz bergan voqealarni o’z kitobida to’la keltirmagan. Amiri hamiddan keyingi somoniylar (sulolasi) amirlarining ahvollaridan bizga ma’lum bo’lgani, olloh taolo muvaffaqiyat bersa, mana shu (quyidagicha) dir.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling