Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


V. Buxoroda Bo’lgan «Bayt Ut-Tiroz»— «To’qimachilik Korxonasi»Ning Bayoni. U Hanuz Uz Joyida Turipti


Download 426.38 Kb.
bet7/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

V. Buxoroda Bo’lgan «Bayt Ut-Tiroz»— «To’qimachilik Korxonasi»Ning Bayoni. U Hanuz Uz Joyida Turipti
Buxoroda — hisor bilan shahriston o’rtasida, masjidi jome yaqinida bir korxona bor edi; unda paloslar, darpardalar, yazdiy kiyimliklar, yostiq jildlari, funduqiy[72]joynamozlar va ust kiyimlarni xalifa uchun to’qir edilar; bitta darpardaga (butun) Buxoro xiroji sarf bo’lardi. Bag’doddan har yili alohida bir omil kelib, Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlilardan olib ketar edi. Bir vaqt kelib bu korxona bekor qoldi va bu hunar bilan shug’ullanuvchi kishilar tarqalib ketdilar.

Buxoro shahrida shunday ishga tayin qilingan ustalar bo’lar edilar: viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandaniychini olib ketganlaridek, u kiyimlilardan Shom va Misr, Rum shaharlariga olib ketar edilar. Xurosonning hech bir shaharida bunday (matoni) to’qiy olmas edilar. Shunisi qiziqki, bu hunar egalaridan ba’zilari Xurosonga bordilar va bu ish uchun kerakli asboblarni shaylab shu kiyimlikdan to’qidilar, lekin Buxorodagidek sifatli bo’lib chiqmadi. Bu kiyimlikka ega bo’lmagan birorta ham podshoh, amir, rais yoki boshqa mansab egasi yo’q edi. Uning qizil, oq va yashil ranglisi bo’lar edi. Bugun hamma viloyatlarda u kiyimlidan ko’ra zandaniychi mashhurroq.


VI. «Bozori Mox»Ning Bayoni
Buxoroda bir bozor bor ediki, uni «Bozori Mox ro’z» der edyalar. U yerda yiliga har gal bir kundan ikki marta bozor qilar va har bir bozor bo’lgan kuni butlar sotar edilar. Har bozor kuni ellik ming diramdan ortiq savdo bo’lar edi. Muhammad ibn Ja’far (an-Narshaxiy) o’z kitobida shunday deydi: «Bu bozor bizning vaqtlarda (ham) bor edi; men nega bunday odat rasm qilingan deb juda ajablanar edim; Buxoroning keksalari va shayxlaridan: «buning sababi nima» deb so’radim. Ular: «Qadim vaqtlarda Buxoro aholisi butparast bo’lganlar va bu bozor rasm bo’lib, o’sha davrlardan boshlab bu yerda but sotganlar va (bozor) hozirda ham o’sha (qadimgidek) qolib kelmoqda»,— deb javob berdilar. Abu-l-Hasan Nishopuriyning «Xazoin ul-ulum» kitobida aytishicha, qadimgi vaqtlarda Buxoroda bir podshoh bo’lib, uning nomi Mox edi. U ana shu bozorni qurishga buyurdi; uning farmoni bilan duradgorlar va naqqoshlar u yildan bu yilgacha but yo’nib, belgilangan kunda shu bozorga keltirib sotishar va xalq uni sotib olar ekan. Har qachon u but yo’qolsa yoki sinsa, yoki eskisa, shu bozor kuni boshqasini sotib olar va eskisini tashlar ekanlar.

Hozir Mox masjidi o’rnashgan yerda katta ariq bo’yida bir serdaraxt tekislik joy bo’lib, shu daraxtlar soyasida bozor bo’lar adi. U podshoh, xalq but sotib olishga qiziqsin uchun, shu bozorga kelib hozir Mox masjidi o’rnashgan yerda taxtda o’tirar, har kim o’zi uchun but sotib olar va uyiga olib ketar edi. Bu joy yana otashparastlar ibodatxonasi (ham) bo’ldi; bozor kuni odamlar bu yerga yig’ilganlarida hammalari ibodatxonaga kirib olovga topinar edilar. Bu ibodatxona to islomiyat davrigacha bor edi, musulmonlar quvvatlanib ketgach, mazkur (Mox) masjidiii xuddi shu joyga bino qildilar. Hozir u Buxoroning mo’’tabar masjidlaridandir.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling