Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XIV. Buxoro Va Unga Tobe Joylarning Xiroji


Download 426.38 Kb.
bet15/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XIV. Buxoro Va Unga Tobe Joylarning Xiroji
Somoniylar va ular qo’l ostidagi amirlar dazrida Buxoroning xiroji Karminaniki bilan qo’shilib bir gal bir million bir yuz Oltmish sakkiz ming besh yuz oltmish olti diramu besh yarim donakni tashkil etgan. Undan keyin xiroj har jihatdan kamaygan, ba’zi yerlar suv tagida qolib ketib, podshoh u mavzedan xiroj olishni to’xtatgan; suv olib ketgan joydan (ham) xiroj olmay qo’ygan; yerlarning ba’zisi alaviylar va faqihlar qo’liga o’tib sulton bulardan ham xiroj olmagan. Ba’zi yerlar masalan. Baykand va boshqa ko’p qishloqlar, sultonning mulkiga o’tib xiroj daftaridan o’chirilgan va Karminaning xiroji Buxoro xirojidan ajratilib (alohida olingan).
XV. Buxoroning Kishilar «Kanpirak Devor» Deb Ataydigan Devori Haqida[94]
Ahmad ibn Muhammad (ibn) Nasr aytadiki, Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy bu faslni shu (quyidagi) tartibda bayon qilmagan, lekin so’z orasida ba’zi gaplarni aytib o’tgan. Ammo Abu-l-Hasan Nishopuriy «Xazoin ul-ulum»da batartib keltirganki, xalfalik Amir ul-mu’minin Mahdiyga, ya’ni Horun ar-Rashidning otasiga yetgach, abbosiyya xalifalarining hech biri undan ko’ra porsoroq bo’lmagan, u butun Xuroson amirligini bir yuz oltmish oltinchi yili (15 avgust 782—4 avgust 783) Abu-l-Abbos al-Fazl ibn Sulaymon Tusiyga[95] berdi. Bu (amir) Marvga kelib shu yerda o’rnashdi.

Shundan keyin (Buxoroning) ko’zga ko’ringan kishilari, jamoalar sardorlari va ulug’lari uning oldiga bordilar va So’g’dning barcha sardorlari ham Xuroson amiriga salom berish uchun Marvga keldilar. Xuroson amiri ulardan o’z viloyatlarining ahvoli haqida so’radi. Buxoroliklar aytdilarki: «Biz turk kofirlaridan ranj tortmoqdamiz, ular har vaqt to’satdan kelib qishloqlarni talaydilar; hozir ular yana kelib Somdun qishlog’ini galadilar va musulmonlarni asir qilib olib ketdilar». Abu-l-Abbos Tusiy so’radi: «O’zingizda biror chora bormiki, men (uni amalga oshirishga) buyursam!» Shu yerda hozir bo’lgan So’g’d maliki Yazid ibn G’o’rak javob berib: «Xuroson amirining umri uzun bo’lsin! Qadim johiliyyat davrlarida turklar So’g’dni talar ekanlalar. So’g’dda bir xotin kishi podshoh ekan, u So’g’dning atrofiga devor ko’tartirgan va So’g’d viloyati turklardan omon topgap»,— dedi. Shunda Abu-l-Abbos Tusny uning o’zi tomonidan Buxoro amiri bo’lib turgan Muhtadiy ibn Hammod ibn amir az-Zuhliyga Buxoro atrofiga devor oldirishni buyurdi va turklarning qo’llari Buxoro viloyatiga yetmasin uchun, xuddi Samarqanddagiga o’xshash Buxoroning ham hamma qishloqlari devor ichkarisida bo’lsin, dedi. Muhtadiy ibn Hammod shunday devorni urishga, har bir farsang (masofada) bir darvoza qurishga va har yarim mil (masofa)da bittadan mustahkam minora ko’tarishga buyurdi. Buxoroning qozisi bo’lgan marhum Sa’d ibn Xalaf al-Buxoriy bu ishga mutasaddiy bo’ldi. Nihoyat devor ikki yuz o’n beshinchi yili (28 fevral' 830—17 fevral' 831) Muhammad ibn Yahyo ibn Abdulloh ibn Mansur ibn Haljad ibn Varaqning davrida qurilib bitdi. Bundan keyin amir bo’lgan har bir kishi devorni tuzattirib, saqlab turar va shu sababli Buxoro aholisiga ko’p xarajat tushar, har yili ko’p pul sarflashga va juda ko’p hashar tashkil qilishga to’g’ri kelar edi. Oxiri rahmatli amir Ismoil Somoniy xalqni (bu qiyinchilikni tortishdan) ozod qildi va devor ham xarob bo’ldi, Amir: «To men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo’laman»,— dedi va ustiga olgan bu vazifani to’la bajardi; u doimo janglarda o’zi qatnashdi va Buxoro viloyati ustidan dushmanlarning zafar topishlariga yo’l qo’ymadi.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling