Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XVIII. Buxoro Fath Etilishining Boshlanishi


Download 426.38 Kb.
bet17/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XVIII. Buxoro Fath Etilishining Boshlanishi
Muhammad ibn Ja’farning bayon qilishicha, Ubaydulloh ibn Ziyod Muoviya[101] tomonidan Xurosonga yuborilib, u Jayhun daryosidan o’tib Buxoroga kelgan vaqtida Buxoro podshohi, o’g’li Tag’shoda kichik yoshli bo’lgani tufayli, bir xotin kishi edi. Ubaydulloh ibn Ziyod Baykand va Romtinni olib ko’p kishilarni asir qildi. To’rt ming buxorolik asirni shaxsan o’ziga oldi. Bu voqea ellik uchinchi yilning oxiri va ellik to’rtinchi yilning boshida (noyabr'-dekabr' 673) bo’lgan edi. U Buxoro shahriga yetgach, askarlarini saf qilib, palakmonlarni shaharga to’g’rilab qo’ydi. Xotin turklarga odam yuborib ulardan yordam so’radi hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va: «Men sening itoatingdaman»,— deb, ko’p hadyalar yubordi. Shu yetti kunda turklardan yordam kelmagach, Ubaydulloh ibn Ziyodga qaytadan odam yuborib, yana yetti kun muhlat so’radi. (Nihoyat) turk lashkari yetib keldi va boshqalar ham yig’ilishib lashkar ko’paydi; ko’p urushlar qildilar va oxiri kofirlar yengilib qochdilar, musulmonlar ularning orqalaridan borib ko’plarini o’ldirdilar. Xotin qal’aga kirdi, u (yig’ilib kelgan) lashkarlar o’z viloyatlariga qaytdilar. Musulmonlar qurol, kiyim-kechak, tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asirlardan iborat ko’p o’lja qo’lga kiritdilar. Ular xotinning bir poy etigini ham paypog’i bilan topib oldilar. Etik va paypoq tilla (ishlatilib tikilgan va) qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi, baho qilganlarida ikki yuz ming dirham turdi.

Ubaydulloh ibn Ziyodning farmoni bilan daraxtlarni kesdilar, qishloqlarni vayron qildilar; shahar ham xatarda edi; xotin odam yuborib omon tiladi, bir million dirham barobariga sulh tuzildi. (Xotin) mol yubordi. Ubaydulloh ibn Ziyod molnn olib qaytdi va mazkur to’rt ming buxorolik asirlarni ham o’zi bilan olib ketdi. U ellik oltinchi yili (25 noyabr' 675—13 noyabr' 676) Xuroson amirligidan tushirilganidan keyin Sa’id ibn Usmon Xuroson amiri bo’ldi va Jayhun daryosidan o’tib Buxoroga keldi. Xotin unga odam yuborib: «Ubaydulloh ibn Ziyod bilan tuzgan sulhimda barqarorman»,— dedi va moldan bir ozini yubordi. Nogoh shu asnoda So’g’d, Kesh (Shahrisabz) va Naxshab (Qarshi) lashkarlari yetib keldilar. Ularning soni bir yuz yigirma ming edi. Xotin sulh tuzganligi va mol yuborganligiga pushaymonlik bildirdi. Sa’id: «Men ham shunday fikrdaman»,— dedi-da, molni qaytarib yuborib: «Bizning oramizda sulh yo’q»,— dedi. Shundan keyin lashkarlar yig’ilishib bir-birlariga qarama-qarshi turib saf tortdilar. Xudoyi taolo kofirlar diliga vahima solib, ularning hamma lashkarlari urushsiz orqaga qaytdilar. Xotin yolg’iz qolib yana odam yubordi va (Sa’iddan) sulh so’radi, mol (miqdorini) ko’paytirib hammasini yubordi. Sa’id: «Men endi So’g’d va Samarqandga boraman, sen mening yo’limdasan, (qaytishimda) mening yo’limni to’smasliging va meni ranjitmasliging uchun sen tomondan biror garov bo’lishi lozim»,— dedi. Xotin malikzodalar va Buxoro dehqonlaridan sakson kishini garov qilib Sa’idga berdi. Sa’id Buxoro darvozasidan qaytib ketdi va shu ketganicha ketmoqda.

Hikoyatda keltirishlaricha, xotin o’z erining xizmatkorlaridan biriga oshiq edi; odamlar uning o’g’li Tag’shoda o’sha kishidan bo’lgan va xotin bu bolani o’z eridan bo’lgan deb ko’rsatadi, ammo bu bola Buxorxudotdan emas deb gapirar edilar. Uning lashkarlaridan bir guruhi esa: «Biz uning mamlakatini beshak podshohzoda bo’lgan boshqa bir xudotzodaga beramiz»,— der edilar; xotin ularning bu qasdlaridan ogoh bo’lib, ularni o’zidan daf qilish uchun tadbir qidirar edi. Sa’id bilan sulh tuzilib, Sa’id undan garov talab qilgach, xotin hiyla qildi va haligi maqsadni mo’ljallagan o’sha guruhni garovga berib, ulardan xalos bo’ldi va Sa’iddan ham qutuldi.

Yana Sa’id haqida hikoyat qiladilarki, u xotin bilan sulh tuzganida: «Menga salom berish uchun huzurimga chiqishing kerak», degan; xotin uning aytganidek salomga chiqqan, u yana: «Mening sarkardalarim oldiga (ham) salomga chiqishing kerak»,— degan. Xotin uning sarkardalaridan har biri uchun ham salomga chiqqan. Sa’idning lashkar boshliqlaridan biri Abdulloh Hozim edi, u o’zining chodiri ichida katta gulxan yoqishga buyurdi va o’zi (olov yonida) turdi. (Chodir ichi) juda issiq edi, Abdulloh rangi qizil kishi bo’lib, olovning issig’idan ko’zlari ham qizarib ketgan edi va kallasi kattaligidan uni Bayg’oriya deb masalda keltirar edilar; vahshatli bir kishi edi. U qurollangan holda qilich yalang’ochlab turdi va uning oldiga kirgan xotin qo’rqib tez qochib chiqdi va aytdi:



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling