Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XIII. Buxoro Va Uning Atrof Yerlaridagi Anhorlar


Download 426.38 Kb.
bet14/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XIII. Buxoro Va Uning Atrof Yerlaridagi Anhorlar
Birinchisi Karmina anhorn; bu katta anhor. Ikkinchisi Shopurkom anhori. Buxoronnng avom xalqi buni Shofurkom deyishadi. Hikoyatda keltirishlaricha, sosoniylar sulolasidan bo’lgan Kisroning[93] farzandlaridan biri o’z otasiga achchiq qilib, bu viloyatga kelgan; uning nomi Shopur edi. «Pur» eron tilida «o’g’il» demakdir. U Buxoroga kelganida Buxorxudot uni yaxshi qabul qildi. Shopur ov qilishni yaxshi ko’rar edi. Bir kuni ovga chiqib u (Shopurkom) tomoniga borib qoldi. U vaqtlarda o’sha yerda hech bir qishloq va obod joy bo’lmay, yayloq va ov qilinadigan joy bo’lgan. Bu yer Shopurga yoqib qolib, uni obod qilish uchun ulush yo’sinida o’ziga berilishini Buxorxudotdan so’ragan. Buxorxudot bu mavzeni Shopurga berdi va Shopur u yerda katta anhor qazitib, uni o’z nomi bilan, ya’ni «Shopurkom» deb atadi va bu anhor (bo’ylab) qishloqlar va qasr bino qildi. Bu tevarakni «Obaviya qishloqlari» deydilar. Shopur yana Vardona qishlog’ini bino qildi va qasr qurib, uni o’zi uchun turarjoy qilib oldi. (Shunday qilib) u yerda katta bir mulk paydo bo’ldi va Shopurning vafotidan keyin qishloqlar uning avlodiga meros bo’lib qoldi. Qutayba ibn Muslim Buxoroga kelgai vaqtda Shopur avlodidan Vardonxudot hukmron edi va u ulug’ podshoh bo’lib, Vardona qishlog’ida turar hamda Tag’shoda Buxorxudot bilan nizolashar edi. Qutaybaga Vardonxudot bilan ko’p janglar qilishga to’g’ri keldi va oxiri Vardonxudot o’lib, Qutayba Buxoro mulkini Tag’shodaga berdi. Bu qissa Baykand va Buxoroning fath etilishi bobida aytiladi.

Uchinchi anhorni Harqonat ul-Ulyo, to’rtinchisini Harqonrud, beshinchisini Ovxatfar, bu g’oyat keng va katta anhordir,— oltinchisi Somjan, yettinchisini Baykonrud va sakkizinchisini Farovzi Ulyo deydilar; bu (sakkizinchi) anhor bo’ylab ko’p qishloqlar joylashgan. To’qqizinchisini Faroviz is-Suflo yoki Komi Daymus ham deydnlar, o’ninchisini Arvon, o’n birinchisini Kayfur, o’n ikkinchisini Rudi Zar deydilar. Bu shaharni (sug’oruvchi) anhordir. Biz aytib o’tgan anhorlarning hammasi sersuv bo’lib, ular (yoqasi bo’ylab) ko’p qishloqlar o’rnashgan. Aytishlaricha, hamma anhorlarni xalq qazigan, ammo Ovxatfar anhorinnng qazilishida u yerning xalqi zahmat chekmagan, uni suvning o’zi o’yib qazigan. Hozir buxoroliklar uni Rudi Nafar deydilar.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling