Ma’lumki, ilmiy-texnika taraqqiyotida kimyoning ahamiyati katta


Download 35.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana19.02.2017
Hajmi35.68 Kb.
#730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

УДК: 54(075) 
КБК 24 ya  729 
М  34
Ma’lumki,  ilmiy-texnika  taraqqiyotida  kimyoning  ahamiyati  katta. 
Kimyo  xalq  xo'jaligining  hamma  sohalariga  kirib  bormoqda.  Jumladan, 
foydali  qazilmalar  qazib  olish,  metallar  va  xalq  xo'jaligida  zarur 
bo'lgan  metallaming  qotishmalarini  yaratishda  kimyo  yutuqlaridan 
keng  foydalanilmoqda.  Qishloq  xo‘jaligining  mahsuldorligi  ham  ko'p 
jihatdan  kimyo  sanoatiga  bog‘liq.  Mineral  o‘g‘itlar,  o'simliklami  zarar- 
kunandalardan  himoya  qilish  vositalari  kimyo  sanoatining  mah- 
sulotlaridir.  Qurilish  materiallari,  sintetik  gazlamalar,  plastmassalar, 
bo‘yoqlar,  yuvish  vositalari,  dori-darmonlar  ishlab  chiqarishda  ham 
kimyoning  muhim  roli  bor.
Ushbu  kitob  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  talabalari 
uchun  tuzilgan  kimyo  fani  dasturi  asosida,  oliy  o'quv  yurtlariga 
kiruvchi  abituriyentlarga  mo'ljallab  yozilgan.  Kitobdan  kimyo  faniga 
qiziquvchi  barcha  kitobxonlar  ham  foydalanishlari  mumkin.
T a q r i z c h i l a r :  
Tadjiyeva Xosiyat Sultonovoa 
—  k.f.n., 
dots., Tosh.Tib.akademiyasi,  „Bioorganik 
va  biologik  kimyo“ kafedrasi o‘qituvchisi. 
Golbahor  Umrzoqova 
—  k.f.n.,  dots., 
Bux.DU  „U m um iy  kimyo“  kafedrasi 
o'qituvchisi.
Ш
И
 0
ISBN 978-9943-02-497-7
©  , , 0 ‘qituvchi“  N M IU ,  2012-y.

S O Z B O S H I
Kimyo  tabiiy  fanlar  qatoriga  kiradi.  U  moddalaming  tarkibi, 
tuzilishi,  xossalari  va  o'zgarishlarini,  shuningdek,  bu  o'zgarishlarda 
sodir  boMadigan  hodisalami  o'rganadi.
Kimyoning  asosiy  vazifalaridan  biri  —  moddalami,  ulaming 
xossalarini o'rganish va ulardan xalq xo‘jaligining qaysi tarmoqlarida, 
qanday maqsadda foydalanish  mumkinligini oldindan aytib berishdir.
Kimyoning ikkinchi vazifasi  — xalq xo'jaligida ishlatiladigan turli 
xil  moddalar olish,  masalan,  turli  xil  plastmassalar,  mineral  o‘g‘itlar 
(superfosfat, ammiakli selitra va boshqalar), dori-darmonlar (aspirin, 
streptotsid  va boshqalar)  va  hokazo.
Demak,  kimyo  —  moddalar,  ulaming  xossalari,  moddalaming 
o 'zgarishlari  va  bu  o ‘zgarishlarda sodir bo ‘ladigan  hodisalar haqidagi 
fandir.
Ilmiy-texnika taraqqiyotida ham kimyoning ahamiyati katta.  Kimyo 
xalq xo'jaligining hamma sohalariga kirib bormoqda, foydali qazilmalar 
qazib  olish,  metallar  va  xalq  xo‘jaligida  zarur  boMgan  metallaming 
qotishmalarini yaratishda kimyo yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. 
Qishloq xo'jaligining mahsuldorligi ham ko‘p jihatdan kimyo sanoatiga 
bog'liq.  Mineral  o ‘g‘itlar,  o'simliklami  zararkunandalardan  himoya 
qilish  vositalari  kimyo  sanoatining  m ahsulotlaridir.  Qurilish 
materiallari,  sintetik  gazlamalar,  plastmassalar,  bo‘yoqlar,  yuvish 
vositalari,  dori-darm onlar  ishlab  chiqarishda  ham  kimyoning 
ahamiyati  katta.
Kimyo  tabiiy  fanlar,  jumladan,  flzika,  geologiya  va  biologiya 
bilan  uzviy bog'langan.  Bundan  tashqari,  XX asr oxirlarida bir qator 
yangi fanlar ham vujudga keldi.  Masalan, kimyo bilan geologiya o'rtasida 
geokimyo,  biologiya  va  kimyo  orasida  tirik  organizmlarda  sodir 
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlami o‘rganadigan bioanorganik, bioorga- 
nik kimyo va biokimyo fanlari  rivojlandi.
Ushbu  kitob  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  talabalari 
uchun  tuzilgan  dastur  asosida,  oliy  o'quv  yurtlariga  kiruvchilar 
uchun  mo'ljallab  yozilgan.
Kitobdan  kimyo  fani  o'qituvchilari  va  maktab  o'quvchilari  ham 
foydalanishlari  mumkin.

1 BOB.  K1MYONING ASOSIY TUSHUNCHA VA 
QONUNLAR1
1.1.  Kimyoda  atom-molekular  ta’limot
Atom-molekular  ta ’limotning  asosiy  qoidalari  XVII  asrning 
o'rtalariga  kelib  M.V.  Lomonosov tomonidan  ishlab  chiqildi.
Unga  ko'ra,  barcha  moddalar ,,molekula“lardan  tuzilgan  bo'lib, 
ular  bir-biridan  fazo  oralig'i  bilan  ajralgan  va  to'xtovsiz  harakatda 
bo‘ladi:  molekulalar  ham  o‘z  navbatida  ,,elementlar''dan  (atom- 
lardan)  tarkib  topgan,  aniq  massa  hamda  o'lchamga  ega,  oddiy 
moddalarning  molekulalari  bir  xil  elem entlardan,  murakkab  mod- 
dalamiki  esa  turli elementlardan  tuzilgan.  Molekulalar boshqa  me- 
xanik jismlar  kabi  harakatda  bo'ladi.  Jismlarning  isish  yoki  sovish 
hodisalari  molekulalarning  harakati  natijasida  sodir  bo'ladi,  deb 
tushuntiriladi.
Bu qoida  ingliz kimyogari J.  Daltonning  XIX asrning o‘rtalarida 
elementlaming  atom  massalari  haqidagi  tushunchani  kiritganidan 
keyingina  umum tomonidan  e’tirof etildi.
Moddalar  bilan  bo'ladigan  fizik  hodisalami  molekular  nazariya 
asosida  tushuntirish  mumkin.  Kimyoviy  hodisalami  tushuntirishda 
molekular  nazariyaga  atomlar  haqidagi  ta'limot  yordam  be rad i.  Bu 
nazariyalaming ikkalasi —  molekular nazariya bilan atomlar haqidagi 
nazariya  birlashib,  atom -m olekular  ta'lim otni  hosil  qiladi.  Bu 
ta’limotning mohiyatini quyidagi bir necha qoidalar tarzida ta’riflash 
mumkin:
1.  Molekulalar  to‘xtovsiz  harakatda  bo'ladi.  Molekulalarning 
harakatlanish tezligi  temperaturaga bog'liq.  Temperatura ko'tarilishi 
bilan  molekulalarning  harakatlanish  tezligi  ortadi.
2.  Molekulalar atomlardan tarkib topadi,  atomlar ham  moleku­
lalar  kabi  to'xtovsiz  harakatda  bo'ladi.
3.  Bir  turdagi  atomlar  boshqa  turdagi  atomlardan  massasi  va 
xossalari  bilan  farq  qiladi.
4.  Molekulalar orasida o'zaro tortilish  va itarilish  kuchlari  ta’sir 
etadi.  Bu  kuchlar  qattiq  moddalarda  eng  ko‘p,  gazlarda  esa  kam 
namoyon  bo'ladi.
5.  Molekulalar  orasida  oraliq  masofa  bo'lib,  uning  o'lchamlari 
moddaning  agregat  holatiga  va  temperaturaga  bog'liq.  Gazlaming
4

molekulalari  orasidagi  masofa  eng  katta  bo'ladi.  Ulaming  oson 
siqiluvchanligiga sabab ana shudir.  Suyuqiiklami  siqish qiyin,  chunki 
ulaming  molekulalari  o'rtasidagi  oraliq ancha  kichik  bo'ladi.  Qattiq 
moddalarda molekulalar o'rtasidagi  oraliq yanada kichik,  shu sababli 
ular  deyarli  siqilmaydi.
6
.  Molekular  va  nomolekular  tuzilishli  moddalar  bor.
7.  M olekular  tuzilishli  m oddalarda  qattiq  holatda  kristall 
panjaraning  tugunlarida  molekulalar  bo'ladi.  Kristall  panjaraning 
tugunlarida joylashgan  molekulalar orasidagi  bog'lanish  zaif  bo'ladi 
va qizdirilganda uziladi.  Shu sababli molekular tuzilishli moddalaming 
suyuqlanish  temperaturalari  odatda,  ancha  past  bo'ladi.
8
.  Fizik  hodisalarda  molekulalar  saqlanib  qoladi,  kimyoviy 
hodisalarda esa parchalanadi.
Bir  turdagi  moddalami  tarkibi  va  xossalari jihatidan  farq  qiluv- 
chi  boshqa  turdagi  moddalarga  aylanishi  bilan  boradigan  hodisalar 
kimyoviy  hodisalar  deyiladi.
Havoda  oksidlanish,  yonish,  rudalardan  metallaming  olinishi, 
temirning zanglashi — bulaming hammasi kimyoviy hodisalardir.  Bu 
hodisalar  boshqachasiga,  kimyoviy  o'zgarishlar,  reaksiyalar  yoki 
kimyoviy  o'zaro  ta’sirlar  deyiladi.
Kimyoviy  hodisalar bilan  fizik hodisalami  bir-biridan farq qiJish 
lozim.
Fizik hodisalarda moddalaming shakli yoki fizik holati o'zgaradi. 
Atom  yadrolarining  tarkibi  o'zgarishi  hisobiga yangi  moddalar  hosil 
bo'ladi.
Masalan,  gazsimon  ammiak  suyuq  azot  bilan  o'zaro  ta’sir- 
lashganda dastlab suyuq, so'ngra esa qattiq holatga o'tadi.  Bu kimyoviy 
hodisa emas, balki fizik hodisadir, chunki  moddaning (azotning ham, 
ammiakning ham) tarkibi o'zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo'lishiga 
olib keladigan ba’zi  hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi.  Masalan, 
bir xil elementlaming atomlaridan boshqa xil elementlaming atomlari 
hosil  bo'ladigan yadro  reaksiyalari  fizik  hodisalardir.
9.  Nomolekular  tuzilishli  moddalarda  kristall  panjaralarning 
tugunlarida atomlar va boshqa zarrachalar bo'ladi. Ana shu zarrachalar 
orasida  kuchli  kimyoviy  bog'lanish  bo'lib,  uni  uzish  uchun  ko'p 
energiya talab qilinadi. Shu sababli nomolekular tuzilishli moddalaming 
suyuqlanish  haroratlari  ancha  yuqori  bo'ladi.
Fizik  va  kimyoviy  hodisalar  atom-molekular  ta'limot  asosida 
tushuntiriladi.  Masalan,  fizika  kursidan  ma'lum  bo'lgan  diffuziya 
hodisasi  bir  modda  molekulalarining  (atomlari,  zarrachalarining) 
boshqa moddaning  molekulalari (atomlari, zarrachalari) orasiga kirib
5

bora  olishi  bilan  tushuntiriladi. 
Bunga  sabab  shuki,  molekulalar 
(ato m lar,  zarrachalar)  doim o 
harakatda va ular o'rtasida oraliq- 
lar  bo'ladi.
Kimyoviy  reaksiyalarning 
mohiyati bir moddaning atom lari 
orasidagi  kimyoviy bog‘lanishning 
uzilishidan  va  atomlaming  qayta 
gruppaianib,  boshqa  moddalar 
hosii  qilishidan  iborat.
Atom  va  molekulalar. 
Atom —  moddaning  kimyoviy  jihatdan 
boiinmaydigan eng kichik zarrachasidir.
Bu  ta ’rifdagi  „Kimyoviy  jihatdan  bo'linm aydigan"  degan 
iborani  alohida  ta ’kidlash  lozim,  chunki  atomlar  parchalanadigan 
va  atom  energiyasi  ajralib  chiqadigan  hodisalar  ham  ma'lum. 
Bunday  hodisalarda  atomlar  bir-biriga  aylanadi.
Molekula  —  moddaning  kimyoviy  xossalarini  o'zida  saqlab 
qoluvchi  eng  kichik  zarrachasidir.  Molekulalar  kimyoviy  reaksiya- 
larda  parchalanadi,  ya’ni  ular  kimyoviy  jihatdan  bo'linadigan 
zarrachalardir.
Qattiq  va  gaz  holatida  molekulalardan  tarkib  topgan  moddalar 
molekulalardan  tuzilgan  moddalarga  kiradi.  Bunday  moddalaming 
tipik  vakili  suvdir.  Suv  kristallarining  tuzilishi  sxema  tarzida  1.1- 
rasmda  ko'rsatilgan.
Moddaning  alohida  zarrachalari  (molekulalar,  atomlar)  qattiq 
(kristall) holatida muayyan  izchiUikda joylashib,  panjarani eslatadigan 
struktura hosil qiladi.  Shu sababli  „Moddaning kristall panjarasi“ de­
gan  tushunchadan  foydalaniladi. 
1
.
1
-rasm da  ko'rsatilganidek,  suv 
qattiq holatda kristall tuzilishga  ega bo'ladi.  Suvning  kristall panjara- 
sining  tugunlarida  suv  molekulalari  bo'ladi.  Demak,  suv  molekular 
kristall tuzilishga ega.
Kristall  panjaraning  tugunlarida  molekulalar emas,  balki atom­
lar  turadigan  ko'pgina  moddalar  ma'lum  (masalan,  te mir  sulfid), 
bu  holda  panjara  tugunlarida  ternir  va  oltingugurt  atomlari  bo'ladi 
(1.2-rasm ).  Demak,  ternir  sulfid  nomolekular  tuzilgan  moddalar 
qatoriga kiradi.
Kristall  moddani  suyuqlantirish  uchun uning kristall  panjarasini 
yemirish  lozim.  Kristall  panjarada  molekulalar  orasidagi  bog'lanish 
atomlar  orasidagi  bog'lanishga  qaraganda  ancha  bo'sh  bo'ladi.  Shu 
sababli,  odatda,  molekular  tuzilishli  moddalarning  suyuqlanish
6

oliingugurt  atomlari 
tem ir  atom lari
1.2-rasm .  Tem ir  sulfíd  kristalining  bir  qatlami.
harorati  past,  nomolekular  tuzilishli  moddalaming  suyuqlanish 
harorati  esa yuqori  bo'ladi.
Berilgan  moddaning  molekular  yoki  nomolekular  tuzilganligini 
uning fizik xossalariga qarab oldindan aytib berish mumkin.  Molekular 
tuzilishli  moddalar  oddiy  sharoitda — gazlar  (kislorod,  vodorod, 
azot  va  boshqalar),  suyuqliklar  (suv,  spirt,  efir  va  boshqalar)  yoki 
oson  suyuqlanadigan  qattiq  moddalardir  (oltingugurt — suyuqlanish 
harorati  113°C,  fosfor — suyuqlanish  harorati  44°C  va  boshqalar).
1.2.  Kimyoviy  elementlar
Aslida  „element“  so'zi  tarkibiy qism degan  ma’noni  bildiradi.
Kimyoviy  element  —  bu  atomlaming  muayyan  turidir.  Kislorod 
atomlari  atom lam ing  bitta  turini,  bitta  kimyoviy  elem ent  — 
kislorod  elementini,  simob  atomlari — atomlaming  boshqa  turini, 
kimyoviy  element  simobni  tashkil  etadi  va  hokazo.  Hozir  bizga 
atomlaming  118  turi —  118  ta  kimyoviy  element  ma’lum.
Elementlar  orasidagi  o'zaro  bogiiqlik  davriy  sistemada  o'z 
aksini  topgan.  Atomning  eng  muhim  xususiyati  uning  yadrosining 
musbat  zaryadi  bo‘lib,  u  son jihatdan  elementning  tartib  raqamiga 
teng.  Yadro  zaryadining  qiymati  atomlaming  har  xil  turlari  uchun 
bir-biridan  farq  qiluvchi  belgisi  hisoblanadi.  Bu  esa  element 
tushunchasiga  ancha  to'liq  ta'rif  berishga  imkon  yaratadi,  ya'ni: 
kimyoviy  element — bu  yadrosining  musbat  zaryadi  bir  xil  bo 'Igan 
atomlaming  muayyan  turidir.
Elementlar  yadrosidagi  neytronlar  va  protonlar  sonidan  farq
qilishi  mumkin.  Masalan,  vodorod  izotoplari  protiy  ( ¡ H )da  bitta
proton,  bitta  elektron  boMib,  neytron  yo‘q.  Deyteriy  ( ^D)  izo- 
topida  bittadan  proton,  elektron  hamda  neytron  mayjud.  Tritiy 
(* T )  izotopida  esa  bitta  proton,  ikkita  neytron  hamda  bitta
7

elektron  mavjuddir.  Bu  atom larning  barchasi  bitta  kimyoviy 
element  —  vodorod  elementini  bildiradi.
„Kimyoviy  element“  va  „oddiy  modda“  degan  tushunchalarni 
bir-biridan  farq  qila  bilish  lozim.  Qandni  qizdirganimizda  reak- 
siyadan  keyin  qolgan  qattiq  modda  ko‘mir.  Bundan  qand  tarkibiga 
uglerod  atomlari  kiradi,  degan  xulosaga  kelamiz.  Ammo  qandda 
(suvda  eriydigan  rangsiz  moddada)  ko'm ir  (suvda  erimaydigan 
qora  modda)  bor  deyish  noto‘g‘ri  bo‘lar  edi.  Uglerod  atomlari 
ko'mirga  aylanishi  uchun  boshqa  elementlaming  atomlari  bilan 
hosil  qilgan  bog‘lardan  uzilishi  va  bir-biri  bilan  bog‘lanishi  kerak. 
Qandni  qizdirish  yo'li  bilan  parchalashda  ana  shunday  hodisa  sodir 
bo'ladi.
Ko'm ir  bilan  uglerod  bitta  narsa  emas.  Uglerod  muayyan 
atomlar  turi,  ya'ni  kimyoviy  elementdir.  U  birikmalar  tarkibiga 
kirishi  ham,  erkin  holda  ajralib  chiqishi  ham  mumkin.  Bir-biri 
bilan  bogiangan  uglerod  atomlari  biz  ko'm ir  deb  ataydigan 
oddiy  moddaning  o'zidir.
Biz  ko'rib  o'tgan  misolda  kimyoviy  element  (uglerod)  va  unga 
to'g'ri  keladigan  oddiy  modda  (ko'mir)  turlicha  ataladi.  Qolgan 
elementlar  esa  ularga  to'g'ri  keladigan  oddiy  moddalar  bilan  bir 
xil  nom lanadi.  Shuning  uchun  „kislorod",  „tem ir"  so'zlari 
kimyoviy  elem entni  ham,  shu  nomdagi  oddiy  moddani  ham 
bildirishi  mumkin.  „Kislorod  bilan  nafas  olamiz“ ,  „kislorod — 
gaz“  deyilsa,  gap  oddiy  modda  holidagi  kislorod  haqida  (bosh- 
qacha  aytganda,  kislorod  molekuialari  haqida)  boradi.  „Simob 
(II)  oksidda  kislorod  bor“  deyilganda  esa  kimyoviy  element  sifa- 
tidagi  kislorod  haqida  (boshqacha  aytganda,  kislorod  atomlari 
haqida)  gap  boradi.  „Temir  magnitga  tortiladi",  „temirdan  mix 
yasaladi“  deyilganda  modda  sifatidagi  tem ir  nazarda  tutiladi, 
„temir  zang  tarkibiga  kiradi“  degan  iborada  esa  „temir"  so'zi 
kimyoviy  elementning  nomidir.
Yadrosi  aniq  protonlar  va  neytronlar  soniga  ega  atom  nuklid 
deyiladi.  Yadrodagi  protonlar  va  neytronlarning  umumiy  soni 
massa  soni  deb  yuritiladi.
Kimyoviy  elementlarga  xos  xususiyatlar  quyidagilardan  iborat:
—  nomi;
—  tartib  raqami;
—  yadro  zaryadi;
—  izotoplari;
—  elektron  qavatining  tuzilishi;
—  birikmadagi  oksidlanish  darajasi;
—  valentligi;
8

—  atom  massasi;
—  murakkab  moddalar  tarkibiga  kirishi.
Elementlaming  muhim  ta'rifi  ulaming  Yer  po'stlog'ida,  ya’ni
Yerning  yuqori  qattiq  qobig'ida  tarqalganligidir,  bu  qobiqning 
qalinligi  shartli  ravishda  16  km  ga  teng  deb  qabul  qilingan.  Ele- 
mentlarning  Yer  qobig'ida  tarqalganligini  —  Yer  haqidagi  geo- 
kimyo  fani  o'rganadi.  Rus  kimyogari  A.  P.  Vinogradov  Yer 
po'stlog'ining  o'rtacha  kimyoviy  tarkibi  jadvalini  tuzdi  (
1
.
1

jadval).
I. 1-jadval
Kimyoviy  elementlarning  Yer  qobigMda  tarqalishi

Kimyoviy
element
nomi
Tarqalganlik 
darajasi,  %

Kimyoviy
element
nomi
Tarqalganlik 
darajasi,  %
1
Kislorod
47,2
1 1
Marganes
0,09
2
Kremniy
27,6
1 2
Oltingugurt
0,09
3
Aluminiy
8,80
13
Fosfor
0,08
4
Temir
5,10
14
Bariy
0,05
5
Kalsiy
3,6
15
Xlor
0,045
6
Natriy
2,64
16
Stronsiy
0,04
7
Kaliy
2 , 6
17
Rubidiy
0,031
8
Magniy
2 , 1 0
18
Ftor
0,027
9
Vodorod
0,15
19
Sirkoniy
0 , 0 2
1 0
Uglerod
0 , 1
2 0
Xrom
0 , 0 2
1.3.  Oddiy  va  murakkab  moddalar.  Allotropiya
Kimyoviy  elementlarning  atomlari  juda  yuqori  temperaturada 
erkin  holda  mavjud  bo‘la  oladi  —  bular  yakka  atomlar  holida 
(Fe,  Au,  He,  Ne  va  hokazo)  yoki  oddiy  va  murakkab  moddalar 
tarkibida  boMishi  mumkin.
Kimyoviy  moddalar  ulami  tashkil  qilgan  elementlarga  qarab 
oddiy  va  murakkab  moddalarga  farqlanadi.  Bir  xil  element  atom- 
laridan  tashkil  topgan  m oddalar  oddiy  moddalar,  turli  xil
9

element  atomlaridan  iborat  moddalar  esa  murakkab  moddalar  de 
ataladi.
Vodorod,  azot,  ftor,  natriy,  magniy,  aluminiy,  kalsiy  v 
boshqalar  oddiy  moddalarga  misol  bo'lad i.
Murakkab  moddalarga  misol  sifatida  har  xil  oksidlar,  tuzlar  v 
kislotalar,  asoslar  va  barcha  organik  birikmalarni  keltirish  mumkir
Bir  element  atomlari  bir  necha  xil  oddiy  moddalar  hosi 
qiladigan  hollar  ham  oz  emas.  Masalan,  tabiiy  oltingugurt  rom 
bik  sistema  kristallari  ko'rinishida  uchraydi.  Uning  bu  shakli  96'< 
dan  past  temperaturada  barqaror.  Bundan  yuqori  temperaturad 
u  asta-sekin  monoklinik  oltingugurtga  aylanadi.  Agar  350—360°( 
gacha  qizdirib  suyuqlantirilgan  oltingugurtni  sovuq  suvga  quysal 
(tez  sovitsak),  kristall  bo'lm agan  plastik  oltingugurt  olinadi 
Yuqorida  aytib  o'tilgan  hamma  oddiy  moddalar  bir  kimyovi; 
elem entdan  —  oltingugurtdan  tashkil  topgan.  Buni  shu  bilai 
isbotlash  mumkinki,  bu  moddalar  yonganda  bitta  mahsulot  -  
oltingugurt  (VI)  oksid  hosil  bo'ladi.
Oq  fosfor  havoda  qorong'i  joyda  shu’lalanadi,  o'z-o'zidai 
alangalanish  xossasiga  ega,  u  juda  zaharli.  Lekin  u  havosi: 
qaynaguncha  qizdirilsa,  qizil-binafsharangli,  zaharli  bo'lmagan 
havoda  alangalanmaydigan,  qorong'ida  shu'lalanmaydigan  modd, 
hosil  bo iad i.  Ikkala  modda — oq  fosfor  va  qizil  fosfor  bir  xi 
kimyoviy  element  fosfordan  tashkil  topgan.  Bu  shundan  ko'rina 
diki,  ular  kislorodda  yondirilsa,  faqat  bitta  modda  —  fosfa 
angidrid  hosil  bo‘ladi.  Bitta  kimyoviy  elementning  o'zi  bir  nech; 
oddiy  moddalar  hosil  qilishi  allotropiya  deb,  bu  moddalaminj 
har  biri  esa  allotropik  shakl  o'zgarishlar  deb  ataladi.
Allotropik  shakl  o'zgarishlam ing  mavjudligi  atom lar  son 
turlicha  bo‘lgan  molekulalar  yoki  turli  modifikatsiyadagi  kris 
tallar  hosil  boiishiga  asoslangan.  Hozirgi  vaqtda  118  ta  kimyovi; 
element  m a’lum,  oddiy  moddalar  esa  400  dan  ortiq.
Uglerodning  allotropik  shakl  o'zgarishlari:  karbin,  grafit 
olm os,  fulleren.  K islorodning  allotropik  shakl  o'zgarishlari 
kislorod 
0
2
  va  ozon 
0
3
  hisoblanadi.
Yuqoridagi  keltirilganlardan  xulosa  qilib  oddiy  moddalarga  xo 
xususiyatlar  quyidagilardan  iborat  deb  qarash  mumkin:
—  agregat  holati  va  rangi;
—  qaynash  va  suyuqlanish  temperaturasi;
—  hidi,  ta ’mi;
—  allotropik  shakl  o‘zgarishlari.
10

1.4.  Nisbiy  atom  massa
Atomlaming  o'lchamlari  qanchalik  kichik  bo'lishidan  qat’i 
nazar,  ulaming  massasi  aniqlangan.  Agar  atomlaming  massalarini 
m assaning  odatda  foydalaniladigan  birliklarida  (kilogram m , 
gramm)  ifodalasak,  atomlar  massalarining  qiymatlari  juda  kichik 
sonlar  bo'ladi.  Masalan,  uglerod  atomining  massasi  quyidagiga 
teng:
ma(C)= 0,000 000 000 000 000 000 000 02 g =

2
,
0

1 0 - 2 3
 =  
2 , 0
 • 
1 0 ~ 2 6
  kg, 
kislorod  atomining  massasi  esa  quyidagiga  teng:
ma(0 )  =  2,656  •  10"23g =  2,656 •  10
"
2 6
 kg
A tom lar  massalarining  bunday  son  qiym atlaridan  foyda- 
lanish,  ulami  eslab  qolish  va  ular  bilan  arifmetik  amallami  baja- 
rish  qiyin.
Shu  sababli  atomlaming  real  massasi  o'm iga  nisbiy  atom 
massasi  tushunchasi  ishlatilib  (A),  uning  o'lchov  birligi  sifatida 
uglerod  birligi  (u.b.)  tushunchasi  qabul  qilingan.  Atomning 
uglerod  birligida  ifodalangan  massasi  atom  massasi  deyiladi.
Uglerod  birligi  deb  uglerod  —  12  izotopi  massasining  1/12 
qismiga  teng  bo'lgan  massa  miqdoriga  aytiladi.  Bu  tushunchaga 
asosan:
KI.  .  . 
, . .  
Element bitta atomining massasi 
N isb iy   a to m   m assa 
(A) 
=  —----------------------------- =------------
C  atom  massaning  1 /1 2   qismi
Uglerod  birligi  bo'yicha  vodorod  (
1
H)  atomining  massasi
1.0078  u.b.  ga  teng  bo'lib,  bu  qiymatning  ma’nosi  1  ta  H  atomi­
ning  massasi  uglerod  atomi  massasining 
1 / 1 2
  qismiga  nisbatan
1.0078  marta  katta  demakdir.
Shuningdek,  kislorod  ( ,
6
0 )   atomning  massasi  15,9946=16 
marta  og'ir,  degan  ma’noni  anglatadi.
I2C  atomi  massasining  1/12  qismi  massasi  atom  birligi  ham 
deyiladi  va  m.a.b.  ko'rinishida  belgilanadi.  Uning  haqiqiy  son 
qiymati
l m.a.b. =  (1.6605655  ±  0,0000086)10~27  kg  ga  teng.
Masalan,  tem ir  atomi  massasi  56u.b.ga  teng  deganda,  bu 
tem ir  atomi  12C  atom i  massasining  V
. 2
  qismidan  56  marta 
og'irligini  bildiradi.
II

Har  qanday  elementning  nisbiy  atom  massasi  deb,  son  jihat 
dan  uning  atom  massasiga  teng  bo'Iib,  uglerod  birliklarida  ifoda 
langan  birliklariga  aytiladi.  Elementlaming  nisbiy  atom  massalai 
qiymati  davriy  jadvalda  berilgan  boMib,  bu  qiymatlardan  barch 
kimyoviy  hisoblashlarda  foydalaniladi.  Masalan:  Ar(Fe) = 55,84 
m.a.b.:  A,.(C1) = 35,453  m.a.b.  va  hokazo.
Masalan,  kislorod  uchun:
.  / r t , 
2.656  •  IO-23 
Ar(O)  = ----------- ^
  =  16
0.166  10  l i
Shu  usulda  barcha  kimyoviy  elementlar  uchun  nisbiy  aton 
massalarini  topish  mumkin.
Element  atom  massasini  uglerod  atom  massasining  1/1. 
qismiga  nisbati  elem entning  nisbiy  atom  massasi  deyiladi
Elementning  nisbiy  atom  massasi  Ar  bilan  belgilanadi,  bunda  r -  
„relative“  so‘zining  boshlang‘ich  harfi,  u  „nisbiy“  degan  ma’no 
ni  bildiradi.  Bu 
0
‘lchamsiz  kattalikdir.  Nisbiy  atom  massasinin; 
o'lchamsiz  kattaligini  atomlaming  massa  atom  birliklarida  (m.a.b. 
ifodalangan  massasidan  farq  qila  bilish  kerak.
Atomlaming  massalari  element  nisbiy  atom  massasini  — 
massa  atom  birligiga  ko‘paytmasi  sifatida  topiladi.  Masalan, 
ma(0)=16:l  m.a.b.= 16  m.a.b.
Quyidagilami  o'zaro  taqqoslang: 
ma(C) =  12  m.a.b.; 
Ar(C )= 1 2 ;
ma(S) = 32  m.a.b.; 
Ar(S) = 32;
ma(H) =  l  m.a.b.; 
A ,.(H )=1;
ma(Fe) = 56  m.a.b.; 
A,.(Fe) = 56.
Hozirgi  vaqtda  elementlaming  nisbiy  atom  massalarini  aniq 
lashda,  mass-spektroskopiya  usuli  qo'llanilib,  „standart“  sifatid; 
l2C  atomining  massasidan  foydalaniladi.

Download 35.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling