Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XXIV. Somoniylar Va Ularning Nasabi Haqida


Download 426.38 Kb.
bet23/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXIV. Somoniylar Va Ularning Nasabi Haqida
Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy Xuroson amiri qilib tayinlangach, Xo’rosonga keldi va bir yuz oltmish oltinchi yilda (15 avgust 782—4 avgust 783)[121] dunyodan o’tgunicha o’sha yerda bo’ldi. Aytishlaricha, u yaxshi ishlarni qiluvchi va bahodir kishi bo’lib, ko’ngli arablar ham yerli xalqlarning qadim ulug’ oilalariga g’amxo’rlik qilishga va aslzodalarni do’st tutishga moyil edi. Somoniylarning bobosi bo’lmish Somonxudot Balxdan qochib Marvga, uning oldiga kelganida u Somonxudotni izzatladi va himoya qildi, uning dushmanlariga qahr qilib Balxni unga qaytarib berdi[122]. Somonxudot uning qo’lida (islom dinini) qabul etdi. Uning Somonxudot deyilishiga sabab shuki, u bir qishloq barpo qilib, unga Somon deb nom berdi va Buxoro amirini Buxorxudot deb ataganlaridek uni ham shu qishloq nomi bilan (Somonxudot deb) atadilar. Somonxudotdan bir o’g’il tug’ilganida u Asad Qushayriyni do’st tutganidan o’g’liga Asad ismini berdi. Shu Asad Amiri moziy, (ya’ni) marhum amir Ismoil Somoniyning bobosidir. Ismoil Asadning o’g’li, Asad Somonxudotning o’g’li, Somonxudot esa Bahrom Cho’bin malikning avlodlaridandir. O’sha vaqtdan boshlab somoniylar davlati kundan-kunga rivoj topib, nihoyat yetgan martabasigacha yetdi.

Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Muhammad ibn Ja’far o’z kitobida Muhammad ibn Solih al-Laysiy va Abu-l-Hasan Maydoniydan[123] keltirib mana shunday rivoyat qilgan: Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy zamonida bir kishi chiqib Buxoro aholisini (islom diniga) da’vat qilgan. Buxoroliklar bundan oldinroq zimmiy bo’lib, jizya to’lab turar edilar[124]. (Haligi kishining da’vatiga) bir jamoa odamlar ijobat etib musulmon bo’ldilar. Buxoro podshohi Tag’shoda edi. U o’zi yashirin ravishda kofir bo’lganligi uchun bundan g’azablandi va Xuroson amiri Asad ibn Abdullohga (quyidagicha) xat yozdi: «Buxoroda bir kishi paydo bo’lib, viloyatni betinch qilyapti va bir guruhni bizga qarshi ko’tardi; u guruh biz musulmon bo’ldik deb yolg’on aytadilar, ular tillaridagina musulmon bo’lganlar, dillarida esa o’zlarining o’sha ilgarigi e’tiqodlari bilan mashg’ullar, Shu bahona bilan ular viloyat va mamlakatni betinch qilmoqdalar va xiroj to’lamayaptilar». Shu sababli Asad ibn Abdulloh o’zining soliq yig’uvchisi Sharik ibn Harisga xat yozib unga: «O’sha odamlarni qo’lga olib Buxoro podshohiga topshir, toki u nimani xohlasa shuni qilsin»,— deb buyurdi. Aytishlaricha, u guruh masjidda bo’lib hammalari baland ovoz bilan «Ashhadu an lo iloha illollohu va ashxadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»,— deyishar va «vo Muhammado», «vo Ahmado» deb faryod qilishar ekanlar. Tag’shoda Buxorxudot ularning kallasini olar va ularga shafqat qilishni so’rashga hech kim botina olmas edi. Nihoyat ularga yuz kishining boshini oldirdi va dorga ostirdi, qolganlarinn esa Asad ibn Abdulloh nomidan asir qilib,uning oldiga Xurosonga yubordi. Bu jamoadan hech biri islom dinidan qaytmadi; kimki (tirik) qolgan bo’lsa, u islom dinida qoldi, Asad ibn Abdulloh bu jamoani islom dinidan qaytarmadi va Tag’shoda Buxorxudot o’lganidan keyin u jamoa Buxoroga qaytib keldi. Yana xudo bilimdonroq.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling