Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


Download 426.38 Kb.
bet21/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXII. Iyd Namozgohi
Qutayba ibn Muslim shahar ichkarisidagi hisorning ichida masjidi jome bino qilgan vaqtida, odamlar «Registon» deb ataganlari bo’sh maydonni iyd namozi o’qiladigan joy qildi va musulmonlarni iyd namozini o’qish uchun o’sha yerga chiqardi. U kishilarga (iyd namoziga chiqdanda) qurollarini ham olib chiqishga buyurdi, chunki islom dini hali yangi bo’lib, musulmonlar kofirlardan xotirjam emas edilar. (Bu odat) hozirda ham sunnat bo’lib qolgan, kimki qurol taqishga qodir bo’lsa u (iyd namoziga) qurolini o’zi bilan olib chiqadi. Bu (maydonga kiraverishdagi) darvozani «Darvozayi Saroyi ma’bad»,—«Ibodatxona saroyi darvozasi» deydilar. Bu joy Buxoro amirining «ma’bad ul-xayl-i —«askarlar ibodatxonasi» bo’lgan ekan.

Bu namozgohda ko’p yillar davomida iyd namozini o’qib kelganlar. Bu joyga sig’ishmay qolganlaridai keyin Amiri sadid Mansur ibn Nuh ibn Nasr[111] Samtin (qishlog’i) yo’lidagi devor aylantirilgan yerlar va yaxshi bog’larni sotib olib, u yerga ko’p mol sarflab iyd namozgohi qildi, chiroyli minbar va mehrob ishlatdi hamda (iyd namozida) takbir aytuvchi (mukabbir)lar takbir o’qib kishilarga eshittirsinlar deb minorachalar qurdirdi. Namozgohdan Buxoro hisori darvozasigacha yarim farsang masofa bo’lib, iyd namozida bu yer odamlar bilan to’lar edi. Ko’p yillar iyd namozini shu joyda o’qidilar; bu uch yuz oltmishinchi yilda (4 noyabr' 970—23 oktabr' 971) barpo bo’lib, toki Arslonxon davrigacha namozgoh bo’lib turdi. Arslonxon odamlar qiynalmasinlar va biror dushman shaharga qasd qilganida aholi shaharda yo’q vaqtga to’g’ri kelib qolmasin deb, shaharga yaqin joyda namozgoh qilishga buyurdi. Darvozayi Ibrohimda podshohlarning bir bog’lari bor edi, uni Shamsobod der edilar, bu bog’ buzilib ketgan bo’lib, u yerda ekin ekar edilar. Turk hoqoni Arslonxonning farmoni bilan u yerning hammasini tartibga solib, tevaragiga baland devor urdilar, pishiq g’ishtdan minbar va mehrob qurdilar, takbir aytib turuvchilar uchun minorachalar tikladilar. Bu (ish) payg’ambarning,— xudo unga va xonadoniga rahmat va salomini yo’llasin — hijratidan (keyingi) besh yuz o’n uchinchi yilda (14 aprel' 1119—1 aprel' 1120) bo’lgan edi.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling