Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


Download 426.38 Kb.
bet24/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XXV. Nasr (Ibn Sayyor Zikri)[125] Va Tag’shodaning O’ldirilishi
Mana shu bir yuz oltmish oltinchi yili (15 avgust 782—4 avgust 783) Asad ibn Abdulloh o’ldi va Hishom ibn Abdulmalik ibn, Marvon[126] Xurosonga amir qilib Nasr ibn Sayyorni tayinladi va unga Xurosonni idora qilish uchun farmon yubordi. U Movarounnahrga kelib turklar bilan g’azot qildi va Farg’onani fath etib ularni tarqatib yubordi, o’zi esa Samarqandga qaytdi. U Samarqandga yetib kelganida, Tag’shoda Buxorxudot uning oldiga bordi. Nasr (ibn Sayyor) uning qizini o’ziga so’ratganligi boisidan uni izzat-hurmat qilar edi. Tag’shoda Yuqori Xunbundagi «Koraki alaviyon»—«Ali avlodining ekinzori» deb atalgan yerlarni unga bergan edi.

Tag’shoda Nasr ibn Saybrning oldiga kelganida u o’z saroyining darvozasida o’tirgan edi. Shu vaqt ramazon oyi bo’lib, kun botish payti edi. Nasr ibn Sayyor Buxorxudot bilan so’zlashib turgan edi, Buxorodan ikkita dehqon keldi. Ular ikkovi ham Buxorxudotning qarindoshlaridan va buzurgzodalardan bo’lib, Nasr ibn Sayyor qo’lida islom dinini qabul etgan edilar. Ular Nasr ibn Sayyor huzurida Buxorxudot zulmidan shikoyat qilib: «Buxorxudot bizning qishloqlarimizni tortib oldi»,— dedilar. Buxoro amiri Vosil ibn Amir ham shu yerda edi, uning zulmidan ham shikoyat qilib: «Bular ikkovi bir-birini qo’llab odamlarning mulklarini tortib olmoqdalar»,— dedilar. (Shu vaqt) Tag’shoda Nasr (ibn) Sayyorga sekin-sekin (bir narsani) so’zlar edi, ular bundan: «Tag’shoda Nasr ibn Sayyordan bizni o’ldirishni iltimos qilyapti»,— deb gumon qildilar va ikkalasi (bir) qarorga kelib, bir-birlariga: «Buxorxudot bizni o’ldirmoqchi ekan, biz (undan oldinroq) o’z ko’nglimizni bir quvontiraylik»,—dedilar. Tag’shoda Nasr (ibn) Sayyorga: «Ey amir! Bular ikkalasi sening qo’lingda islom dinini qabul etgan edilar-ku, nima, uchun ular bellariga xanjar bog’laganlar?»— degan edi, Nasr ibn Sayyor ulardan: «Nima uchun belingizga xanjar bog’lab oldingiz?»—deb so’radi, ular: «Buxorxudot bilan bizning oramizda adovat bor, biz o’zimizni undan xotirjam deb hisoblamaymiz», deb javob berishdi. Nasr (ibn) Sayyor Horun ibn Siyovushga buyurib ularning bellaridan xanjarlarini yechtirdi va g’azab bilan qaradi. U ikki dehqon nariroq turib ularni o’ldirish chorasini ko’rdilar. Nasr ibn Sayyor namoz o’qimoqqa turib takbir tushirdi va imomlikka o’tib namoz o’qishga boshladi. Buxorxudot esa namoz o’qimay kursida o’tirar, chunki u haligacha yashirin ravishda kofir edi.

Nasr ibn Sayyor namozdan forig’ bo’lgach, sarpardaga kirdi va Tag’shodani chaqirdi. Tag’shoda saroy darvozasiga kelganida oyog’i toyilib yiqildi, (shu payt) u ikki dehqonning biri yugurib keldi-da, Buxorxudotning qorniga pichoq urib, qornini yordi. Ikkinchi dehqon esa xanuz namoz o’qishni davom ettirayotgan Vosilning oldiga borib unnng qorniga xanjar urdi; Vosil uni ko’rgai zahotiyoq tezda qilich urib, u dehqonning kallasini uzib tashladi va ularning har ikkalasi ham bir vaqtda o’ldilar. Buxorxudotga xanjar urgan dehqonni Nasr (ibn) Sayyorning farmoni bilan o’ldirdilar. Buxorxudotni esa darhol saropardaga oldilar. Nasr (ibn) Sayyor uni o’zining o’rniga suyantirib o’tirg’izdi va tajribali tabib chaqirib uni davolashga buyurdi. (Shunda) Buxorxudot vasiyat qilar edi, bir soat vaqt o’tgach, jon berdi, uning xizmatkorlari kirdilar va go’shtini ajratib (tashlab) suyagini Buxoroga olib keldilar. U o’ttiz ikki yil podshoh bo’lib turdi. Nasr (ibn) Sayyor Vosil ibn Amirga janoza o’qib o’z saropardasiga ko’mdirdi. Bishr ibn Tag’shodani Buxorxudotlikka o’tirg’izdi va Xolid ibn Junaydni Buxory amirligiga tayinladi. Yana xudo bilimdonroq.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling