Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


Download 426.38 Kb.
bet2/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

I. Bismillohir Rohmanir Rohim
Shukr va maqtovlar jahonni yaratuvchi, yashirin (narsalar)ni ham biluvchi jonivorlarga rizq beruvchi va yeru osmonni tutib turuvchi ulug’ tang’riga bo’lsin! Uning sha’ni ulg’aysin!

(Xudoning) marhamati va salomlari odamlarning sarasi, payg’ambarlarning so’nggisi Muhammad mustafoga,— xudo unga rahmat va salomini yo’llasin,— uning xonadoni, yor-do’stlari va tobelariga bo’lsin! Ularning barchasidan olloh rozi bo’lsin!

Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy[7] shunday deydi: «Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy Buxoro (shahari), uning xususiyat va fazilatlari. shaharning o’zida va qishloqlarida mavjud bo’lgan qulay sharoitli va foyda yetkazuvchi narsalar, shaharga aloqador bo’lgan narsalar haqida hamda payg’ambar,— alloh unga o’z rahmat va salomini yo’llasin,— uning suhbatdoshlari, tobelari va din olimlari,— ularning barchasidan alloh rozi bo’lsin,— tomonidan Buxoroning fazilati borasida aytilgan hadislar[8] haqida bir kitob yozgan va uni marhum Amiri hamid Abu Muhammad Nuh ibn Nasr nbn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy[9] nomiga bag’ishlagai. Bu kitob arab tilida, go’zal iboralar bilan uch yuz o’ttiz ikkinchi yil oylarida (4 sentabr' 943—23 avgust 944) yozilgan edi. (Ammo) ko’pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o’qishga rag’bat ko’rgazmaganliklari sababli, do’stlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qildilar. Men iltimosni qabul qildim va besh yuz yigirma ikkinchi yilning jumod al-avval oyida (may, 1128) kitrbni fors tiliga tarjima qildim. Biroq, arab tilidagi nusxada keraksiz va buning ustiga o’qiganda (kishi) tabiatiga malollik orttiradigan narsalar (haqida ham) so’zlangan ekan. U narsalarning bayoni (tarjimaga) kiritilmadi».

Besh yuz yetmish to’rtinchi yil oylarida (19 iyun' 1178—7 iyun' 1179) esa bandalarning kamtarini Muhammad ibn Zufar ibn Umar bu tarjimann jahon sadrlariniig sadri, xoja imom, eng ulug’, eng izzatli, din va shariatning dalili, islom dini va musulmonlar qilichi, butun olam peshvolari shamshiri, shariat sultoni, xalifalik tayanchi, ikki haram imomi, kun chiqish va botish muftisi, ikki tomoni obro’lik, maqtovlar va faxrlar egasi Abdulaziz ibn as-sadr al-imom al-hamid Burhonuddin Abdulaziziing[10],— xudo uning ota-bobolari ruhlarini pok etsin va bolalariga izzat va baland martaba bilan barakatli umr bersin,— oliy majlisi uchun qisqartirib bayon qildi.



Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling