Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


VII. Buxoroning Turli Nomlari Bayoni


Download 426.38 Kb.
bet8/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

VII. Buxoroning Turli Nomlari Bayoni
Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr Buxoro ko’p ismlarga ega deydi va o’z kitobida Numijkat[73] degan ismni keltiradi. Yana boshqa bir joyda men uni Bumiskat deb keltirilganini ko’rdim. Boshqa bir joyda arab tilida «Madinat us-sufriya», ya’ni «Mis shahar» va yana boshqa bir joyda arab tilida «Madinat ut-tujjor», ya’ni «Savdogarlar shahri» deb yozilgan. Buxoro degan nom u nomlarning hammasidan mashhurroqdir. Xuroson shaharlaridan birontasi ham bunchalik ko’p nomga ega emas. Bir hadisda Buxoro nomi Foxira bo’lib, kelgan. Xoja imom, zohid, voiz Muhammad ibn Ali Nujva bodiy rahmatli Salmoni Forsiydan[74] bir hadis rivoyat qilgan Salmonning aytishicha payg’ambar,—xudo unga o’z rahmat va salomini yo’llasin, — shunday degan: Jabroil— unga xudoning rahmatlari bo’lsin — aytganki, kun chiqish tomonda bir joy bor, uni Xuroson deydilar, uning uchta shaharini qiyomat kuni yoqut va marjon bilan ziynatlab keltiradilar; ulardan nur chiqib turadi; u shaharlarning tevaragida farishtalar ko’p bo’lib, ular tasbih, xamd va takbir aytadilar, kelinni kuyov uyiga olib borgandek u shaharlarni e’zoz va ikrom bilan mahshargohga olib keladilar. Bu shaharlarning har birida yetmish mingdan bayroq, har bir bayroq tagida yetmish mingtadan shahid (yotgan) bo’ladi va har bir shahidning shafoati bilan forscha so’zlovchi va xudoni bir deb biluvchi yetmish ming kishi azobdan qutuladi. Qiyomat kuni u shaharlarning har tarafi: o’ng va so’li, oldi va orqasi o’n kunlik yo’l bo’lib, bularning hammasida shahidlar turadi. Hazrat payg’ambar,— xudo unga rahmat va salomini yo’llasin,— Ey Jabrail! U shaharlarning nomlarini menga ayt, deb so’radi; Jabroil,— unga xudoning salomi bo’lsin,—shaharlarning birini arab tilida Qosimiy forschada, Yashkard deydilar; ikkinchisini arabchada Samaron, forschada Samarqand deydilar; uchinchisini arabchada Foxira, forschada Buxoro deydilar,— deb javob berdi. Payg’ambar,— xudo unga o’z salomi va rahmatini yo’llasin,— so’radi: Ey Jabrail! Nega Foxira deb ataydilar? Jabrail: shunnng uchunki, qiyomat kuni Buxoro shahari o’zida shahidlarning ko’pligi bilan faxr qiladi, deb javob berdi. Payg’ambar,— xudo unga o’z salom va rahmatini yo’llasin, — xitob qilib: Ey xudo! Foxiraga barakat bergin, uning xalqlari dillarini taqvo bilan pok etgin, ishlarini pokiza qilgin va ularni mening ummatimga marhamatli qilgin!—-dedi. Ana shu ma’ni tufayli buxoroliklarning rahmdilliklariga, ularning e’tiqodlilik za pokliklariga kun chiqish va kun botish guvohlik beradi.

Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling