Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


Download 426.38 Kb.
bet16/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XVI. Buxoro Shahrining Devori
Buxoro xalqi Xuroson amiri Muhammad ibn Abdulloh ibn Talxa at-Tohirin tomonidan Buxoro amiri bo’lib turgan Ahmad ibn Xoliddan: «Shahrimiz atrofida devor bo’lishi kerak, toki biz kechasi darvozalarni berkitib, o’g’rilar va yo’lkesarlardan tinch bo’laylik»,—deb iltimos qildilar. Shundan keyin u devor urish» ga buyurdi va juda yaxshi mahkam devor urib, minoralar qurdilar, darvozalar o’rnatdilar. Bu ish ikki yuz o’ttiz beshinchi yila (26 iyul' 849—14 iyul' 850) tamom bo’ldi; har qachonki biror lashkar Buxoroga qasd qilsa devorni qaytadan tuzatishar edi» Arslonxon o’z (hukmronligi) davrida eski devorning oldiga bosh» qa (yangi) devor (ham) urishga buyurdi va ikkala devor bir-biriga yopshiib mustahkam bo’ldi. (Lekin keyinroq) bu devor ham buzilib ketdi.

Besh yuz oltmishinchi yili (18 noyabr' 1164—6 noyabr' 1165) odil va bilimdon hoqon, dunyo va dinning suyanchig’i Mas’ud Qilich Tamg’ochxoning[96],— xudo uning yotgan yerini nurlantirsin,— buyrug’i bilan Buxoro shahrn eski devorining tashqarisidan devor urdilar; u ham vayron bo’ldi. Olti yuz to’rtinchi yili (28 iyul' 1207—15 iyul' 1208) Xorazmshoh Muhamad ibn Sulton Takash Buxoroni oldi va yana sirtdan devor urishga buyurdi; ikkala devorni yangiladilar. Olti yuz o’n oltinchi yili (19 mart 1219—7 mart 1220) tatar lashkari kelib Buxoroni oldi va u devorlar yana vayron bo’ldi.


XVII. Buxoroda Dirham Va Kumush (Tanga) Zarb Qilinishi
Buxoroda siym — kumush (tanga)ni dastlab ishlatgan kishi Kono Buxorxudot nomli podshoh edi. U Buxoroda o’ttiz yil podshoh bo’lib turdi. Buxoroda savdo bo’z va bug’doy vositasi bilan bo’lar edi. Boshqa viloyatlarda kumush (tanga) zarb qilganliklari haqida podshohga xabar bergan edilar, u ham Buxoroda sof kumushdan tanga zarb qilib, unga o’zinnng toj kiyib turgandagi suratini ishlashga buyurdi. Bu voqea Amir ul-mu’minin Abu Bakr Siddiqning,— undan xudo rozi bo’lsin,— xalifalik davrida[97]bo’lib (bu kumush tanga) Horun ar-Rashid davrigacha[98] davom etdi. Buning davrida esa bir yuz sakson beshinchi yil ramazon oyida (13 sentabr'—12 oktabr' 801) G’itrif ibn Ato Xurosonga amir bo’ldi. G’itrif Horun ar-Rashidning onasi bo’lgan Xayzuron nomli (xotinning) birodari edi. Xayzuron Atoning qizi bo’lib: Yamandagi Jurash deb atalgan shahardan edi. U asir tushib qolib Tabaristonga va u yerdan Mahdiyning huzuriga keltirilgan edi. Mahdiy bu xotindan ikki o’g’il ko’rdi; birinchisi Muso al-Hodiy[99]ikkinchi Horun ar-Rashiddir. Xayzuronning obro’si ulug’langanda) keyin G’itrif (Yamandan) uning oldiga kelib, shu yerda qoldi. Horun ar-Rashid Xurosonni G’itrifga berdi.

U vaqtda «Buxoro aholisi qo’lida Xorazm kumush (tangasi) muomalada bo’lib, odamlar u kumush (tanga)ni ko’ngilsizlik bilan olar edilar. Buxoroning (o’zida quyilgan) u kumush (tanga) esa odamlar qo’lidan chiqib ketgan edi. G’itrif ibn Ato Xurosonga kelganida Buxoroning kattalari va ko’zga ko’ringan kishilari uning oldiga bordilar va undan: «Shaharimizda kumush (tanga) qolmadi, Xuroson amiri buyursalar, toki bizga kumush (tanga) zarb qilib bersinlar va uni o’sha qadimgi Buxoro kumush (tangasi) zarb qilingan qolipda quysinlar va u kumush (tanga) shunday bo’lsinki, hech kim uni bizning qo’limizdan chiqarib ololmasin, shahrimizdan tashqariga olib ketolmasdi va biz o’z o’rtamizda o’sha kumush (tanga) bilan muomala qilaylik»,— deb talab, qildilar. U vaqtda kumush kam edi; shahar aholisini yig’ib bu haqda ulardan maslahat so’radilar va olti xil narsa — tilla, kumush, teri, qalay, temir va mislardan kumush (tanga) zarb qilishga qaror qildilar. Shu (qarorni) amalga oshirdilar va o’sha ilgarigi qolipni G’itrif nomi bilan, ya’ni «Siymi g’itrifiy»— «G’itrif kumush (tangasi)» deb qo’ydilar; avom xalq uni «g’idrifiy» deb atar edi. Qadimgi kumush (tanga) sof kumushdan edi. Bu aralash qilib quyilgan kumush (tanga) qora rangli bo’lib chiqdi va Buxoro aholisi uni olmay qo’ydi. Sulton ularga g’azab qilgach, majburan oladigan bo’ldilar. Olti g’idrifiy bir dirham sof kumushga barobar, deb baho qo’ydilar. Sulton (ham) uni shu qiymatda oldi va nihoyat, u kumush (tanga) rivoj topib ketdi va shu sababdan (xalq uchun) Buxoro xirojini (to’lash) og’ir bo’ldi, chunki Buxoro xiroji ilgari ikki yuz ming kumush diramdan bir oz kamroq edi, g’idrifiy tangasi quyilib, oltitasi bir diram sof kumush bahosida yurgach, sulton (buxoroliklarmi) shu g’idrifiy bilan xiroj to’lashga buyurdi, shunda g’idrifiy kamayib ketib, bir g’idrifiyning bir dirami bir diram (sof) kumush bahosida yura boshladi. Sulton esa (xirojni) kumush bilan olishni istamay, g’idrifiy talab qildi. (Natijada) ikki yuz ming diram kumushdan kamroq bo’lgan Buxoro xiroji birdaniga 1.068.567 diram g’idrifiyga borib yetdi.

Muhammad ibn Ja’farning aytishicha, bir yili ikki yuz yigirma diram toza kumush sakson besh diram g’idrifiyga (barobar) bo’lgan. Ahmad ibn Nasr: «Biz bu kitobni tarjima qilayotganimiz besh yuz yigirma ikkinchi yili (6 yanvar' — 24 dekabr' 1128) yuz diram sof kumush yetmish diram g’idrifiy bahosida bo’lib, bir misqol qizil oltin yetti yarim diram g’idrifiy (bahosi)ga teng bo’ladi»,— deydi. Muhammad ibn Ja’farning aytishicha, bu g’idrifiyni Buxoro shaharida Ko’shki Mohak (degan joy)da zarb qilganlar. G’idrifiy kumush (tangasida) boshqa tarkiblardan ko’ra kumush ko’proq. Aytishlaricha, bir g’idrifiyning har bir diramida bir habba tilla bo’lib, har bir o’n diramida yarim diramdan tortib to’rt yarim donagacha[100]tilla bo’lgan. Somoniylar sulolasidan (podshoh bo’lgan) har bir kishi va somoniylar sulolasidan keyingi boshqa podshohlar Buxoroda ko’p mayda pullar zarb qilganlar. Buning biror ajablanarli joyi bo’lmaganligi uchun, u haqda gapirilmadi.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling