Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XI. Shamsobodning Bino Etilishi Haqida


Download 426.38 Kb.
bet12/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XI. Shamsobodning Bino Etilishi Haqida
Malik Shamsulmulk darvozayi Ibrohim oldidan ko’p daromadli yerlarni sotib olib, darvozagacha qariyb yarim farsang keladigap joyda go’zal bog’lar barpo etdi, imoratlariga ko’p mablag’ va xazinalar sarf qildi va u joyga Shamsobod deb nom berdi hamda Shamsobodga tutash qilib podshohlikka xos otlar uchun bir o’tloq joy barpo etdi va uni g’o’ruq (qo’ruq) deb atadi va uzunligi bir mil miqdorida mustahkam devor bilan o’rab, ichiga bir qasr va bir kaptarxona qurdi. Bu g’o’ruq ichida bug’u, kiyik, tulki va ayiq kabi yovvoyi jonivorlarni (ham) saqlar va ularning hammasi o’rgatilgan edi. G’o’ruq baland devorlar bilan o’ralgan bo’lib, jonivorlar qocha olmas edilar.

Malik Shamsulmulk dunyodan o’tgach, uning birodari Xizrxon[90] taxtga o’tirdi va ana shu Shamsobodga ko’p imoratlar qurdirdi. Ular g’oyatda go’zal edi. U ham dunyodan o’tgach, uning o’g’li Ahmadxon podshoh bo’ldi[91]. U Shamsobodga qaramay qo’ydi va nihoyat, Shamsobod xarobalikka yuz o’girdi.

Malikshoh Xurosondan Buxoroga (yurish qilib) kelganida[92] ko’p joylarni vayron qildi hamda (Buxorodan) Samarqand tomon ketayotganida Ahmadxonni asir qnlib Xurosonga olib ketdi va yana Movarounnahrga qaytarib yubordi. Ahmadxon (qaytib kelgannda) Shamsobod tamom vayron bo’lgan edi. U o’ziga Jo’yborda saroy qurishga buyurdi, saroyni qurdilar. Saroy ichiga bog’, oqar suvlar va uning takomili uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni joyiga keltirdilar. Bu saroy o’ttiz yilgacha Buxoro hukmronlarining qarorgohi bo’lib turdi.

Arslonxon taxtga o’tirgach, har vaqt Buxoroga kelganida shu saroyda bo’lar edi. Keyinroq u saroyni buzdirib hisorga olib kelishni lozim topib, shunga buyruq berdi va u joy xarob bo’lib qoldi.

Bir necha yildan keyin Arslonxonning farmoni bilan Bu Lays ko’chasidagi Darvoza mahallasida saroy va uning ichida podshohlikka xos hammom qurildi. Yana saroy darvozasi oldiga misli ko’rilmagan boshqa bir hammom ham solindi. U saroy ko’p yillar davomida Buxoro podshohining qarorgohi bo’lib turdi. Keyinroq esa Arslonxonning farmoni bilan u saroyni faqihlar uchun madrasa qilib berdilar, saroy darvozasi oldidagi hammom va birmuncha qishloqlarni u madrasaga vaqf qildilar. O’zi uchun xos saroyni esa Arslonxon Sa’dobod darvozasi oldida qurishga buyurdi; uni ham qurdilar.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling