Reja : Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar. Bino


Download 258.36 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi258.36 Kb.
#1708336
  1   2   3
Bog'liq
1-Ma\'ruza (1)


MAVZU: Binolarning tasnifi. Bino va inshootlar haqida tushuncha. Bino va inshootlar haqida tushunchalar. Binolarning tasnifi.
REJA :

  1. Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar.

  2. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi.

  3. Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar.


Bino - inson tomonidan ma’lum maqsadda quriladigan inshootlarning bir turi bo‘lib, unda turli ijtimoiy, siyosiy, xo‘jalik va ishlab-chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun moddiy muhit yaratiladi. Ularni vazifalariga qarab 4 ta asosiy tipga: turar-joy (uy-joyi), jamoat, sanoat va qishloq xo‘jaligi binolariga bo‘lish mumkin. Turar-joy va jamoat binolarini birgalikda grajdan (fuqaro) binolari deb ham ataladi.
Turar-joy binolari - odamlarning doimiy yoki vaqtincha yashashlari uchun mo‘ljallangan. Ularga uylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar kiradi.
Jamoat binolari - turli ishlab chiqarish bilan bog‘liq, bo‘lmagan funksional jarayonlarni amalga oshirish maqsadida odamlar vaqtincha faoliyat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallangan. Madaniy, tarbiyalash va o‘qitish, maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, savdo, sog‘liqni saqlash, sport, tomosha va boshqa shunga o‘xshash muassasalar - shular jumlasidandir.
Sanoat binolari - sanoat tarmoqlarining turli ishlab-chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga xizmat qiladilar. Zavodlar va fabrikalardagi turli sexlar, energetika, transport va ombor binolari hamda korxona xududida joylashgan ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan yordamchi binolar shular jumlasiga kiradi.
Binolarning sanab o‘tilgan turlari o‘zlarining memoriy-konstruktiv tuzilishlari va tashqi kiyofalari bilan farq qiladilar (2.1-rasm. Turar-joy, jamoat va sanoat binolari namunalari).






Bir qavatli turar-joy binosi.



Ko‘p qavatli turar-joy binosi.
Zamonaviy aerovokzal binosi.



Zamonaviy ma’muriy-savdo binosi.



Zamonaviy ma’muriy bino.

Zamonaviy sanoat korxonasi binosi.


Qishlok xo‘jalik binolarida qishlok xo‘jalik bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab-chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi (turli jonivorlarni boqish, qishloq xo‘jalik texnikalarini saqlash va ta’mirlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va shunga o‘xshash jarayonlar).
Turar-joy binolari fasadda derazalar ko‘pligi, balkonlar borligi, uncha katta bo‘lmagan qavatlari va eni bilan ajralib turadilar, chunki ulardagi asosiy rejaviy element - xonalar uncha katta bo‘lmaydi.
Jamoat binolarida, aksincha, turli-tuman o‘lchamli, ya’ni juda katta (zal), o‘rtacha (darsxonalar, kasalxona palatalari) va kichik xonalar bo‘lishi mumkin.
Sanoat binolari o‘zlarining katta o‘lchamlari, turli maxsus texnologik qurilmalari va sodda me’moriy shakllari va echimlari bilan ajralib turadilar. Sanoat korxonalarida nafaqat binolar, balki ochiq, o‘rnatilgan qurilmalar va turli inshootlar ham bo‘lishi mukkin.
Binolar undagi qavatlarning soniga qarab bir qavatli va ko‘p qavatli bo‘liii mumkin. Grajdan binolarini qavatlar soniga qarab kam qavatli (1-2 qavatli), o‘rtacha qavatli (3-5 qavatli), ko‘p qavatli 6-9 qavatli), baland (10-16 qavatli) va osmono‘par binolarga (16 qavatdan ko‘p) ajratiladi.
Asosiy konstruktiv elementlarda qo‘llaniladigan materialning turiga qarab binolarni tosh materiallardan va yog‘ochdan qilingan binolarga bo‘linadi. Binolar mayda elementlardan qilingan g‘isht-tosh, mayda blokladan), yirik elementlardan qilingan (yirik blok, yirik panel, xajmiy- bloklardan), quyma (monolit) betondan qilingan konstruktiv echimlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Har qanday quriladigan bino ma’lum bir muddat xizmat qilishi kerak. Uzoqqa chidamlilik bo‘yicha binolar 4 darajaga bo‘linadilar. 1-darajali binolar 100 yildan ortiq, II-darajali binolar 50 yildan 100 yilgacha, III-darajali binolar 20 yildan 50 yilgacha, IV-darajali binolar 20 yilgacha xizmat qilishlari kerak.
Qurilish materiallari va konstruksiyalari yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchan bo‘lishi mumkin. Ularning olovbordoshlik chegarasi ham har xil. Asssiy konstruksiyalarning yonuvchanlik darajasi va olovbardoshlik chegarasiga bog‘liq holda binolar olovbardoshlik bo‘yicha 5 darajaga bo‘linadilar.
1-darajali olovbardosh binolarning yuk kutaruvchi va to‘siq kon-struksiyalari tabiiy yoki sun’iy tosh materiallardan, beton yoki temirbetondan, yonmaydigan yupqa varaqsimon va taxtasimon materiallardan bajariladi.
P-darajali olovbardosh binolarning tomlarida olov ta’siridan himoya qilinmagan po‘lat konstruksiyalar qo‘llashga ruxsat etiladi.
III-darajali olovbardosh binolarning yopmalari uchun suvoq yoki qiyin yonadigan varaqsimon yoki taxtasimon materiallar bilan himoyalangan yog‘och konstruksiyalar qullash ruxsat etiladi.
IV -darajali olovbordosh binolar karkassiz himoyalangan butun yoki elimlangan yog‘och konstruksiyalardan quriladi.
V -darajali olovbordosh binolarning yuk kutaruvchi va to‘siq kon-struksiyalariga olovbordoshlik talablari qo‘yilmaydi, ya’ni ularni yonuvchan materiallardan ham qilish mumkin.
Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konstruktiv echimlarni tanlash uchun, binolarni vazifasiga, shaharsozlikdagi ahamiyatiga va ularga qo‘yiladigan talablarning darajasiga bog‘liq holda kapitallik (mukammallik) bo‘yicha 4 klassga bo‘lingan. I klass binolarga eng yuqori va IV klass binolarga esa minimal talablar qo‘yiladi.
I klass binolarga xukumat idoralari, teatrlar, muzeylar, ko‘rgazmalar, vokzallar, 9 qavatdan baland turar-joy binolari;
II klass binolar - ommaviy tarzda tipovoy loyihalar bo‘yicha quriladigan jamoat binolari (maktablar, bog‘cha-yaslilar va shunga o‘xshash binolar) va balandligi 6-9 qavatli turar-joy binolari;
III klass binolarga balandligi 3-5 qavatli turar-joy va kam o‘rinli (300 dan ko‘p bo‘lmagan) jamoat binolari;
IV -klass binolariga kam qavatli turar-joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari (masalan, vaqtinchalik foydalaniladigan umumiy ovqatlanish muassasalari va shunga o‘xshash binolar) kiradi.
Ko‘rib o‘tilgan binolarning barcha turlariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: funksional maqsadga muvofiqlik; texnik maqsadga muvofiqlik; me’moriy-badiiy ma’nodorlik; iktisodiy maqsadga muvofiqlik.
Bu talablarni ifodalovchi ayrim nazariy asoslarni ko‘rib o‘tamiz. Binoda yoki uning rejaviy elementi - xonada inson uchun optimal sharoitlar (muhit) yaratilgan bo‘lsa, bino yoki xona o‘z vazifasiga muvofiq hisoblanadi. Yaratilgan muhitning sifati bir qator omillarga bog‘lik. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

Download 258.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling