Reja : Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar. Bino
Download 258.36 Kb.
|
1-Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlik
- - ligi
- Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik
Kuch bo‘lmagan ta’sirlarga tashqi va ichki havo temperaturasi, namligida bo‘ladigan o‘zgarishlar ta’siri, yog‘ingarchilik quyosh radiatsiyasi, havo muhitida va er osti suvlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy agressiv moddalar ta’siri, biologik ta’sirlar va boshqalar kiradi.
Tashqi ta’sirlarga mos ravishda binoga va uning konstruksiyalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Mustahkamlik - konstruksiyaning tashqi ta’sirlarni buzilmasdan va jiddiy qoldiq deformatsiyalarsiz qabul qilish xususiyati. Ustivorlik (bikrlik) - konstruksiyaning tashqi tasir ostida o‘z muvozanatini saqlay bilish xususiyati. Uzoqqa chidamlilik - konstruksiyaning mustahkamlik va ustivorlikni uzok vaqt saqlab qolish xususiyati. Izolyasiya (o‘tkazmaslik) xususiyatlarining barqaror-ligi. Bu talab tashqi va ichki to‘siq konstruksiyalarga taaluqli bo‘lib, mustahkamlik etarli bo‘lgan hollarda ekspluatatsion sifatlarning yomonlashuvining oldini oladi. YUqoridagi talablarga to‘lik javob beradigan konstruktiv echim binoning texnik maqsadga muvofiqlik darajasini belgilaydi. Binolarga me’moriy-badiiy manodorlik talabini qo‘yishning boisi shuki, binoda kechadigan har qanday ijtimoiy yoki ishlab chiqarish jarayoni insonning nafaqat moddiy, ayni paytda ma’naviy extiyojlar sohasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun shu jarayonlar kechadigan bino o‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki qiyofasi orqali kishilar ongiga va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi boshqacha qilib aytganda, ko‘zni quvontiradigan bo‘lishi talab qilinadi. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik -binoni qurishga minimal mehnat mablag‘ va vaqt sarflab, maksimal foydali maydon olishni nazarda tutadi. Iqtisodiy talablar funksional masalalarni, ya’ni xonalarning sonini, bichimi va o‘lchamlarini, ulardagi obodonlashtirish tadbirlarini belgilashda haqiqiy extiyojdan va jamiyatning imkoniyatlaridan kelib chiqish lozimligini bildiradi. Konstruksiyalarning mustaxkamlik va ustivorlik zahiralarini, uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik darajalarini to‘g‘ri belgilash ham iqtisodiy talablardandir. I va II klass binolarning uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik darajasi, mos ravishda I va II darajadan past bo‘lmasligi kerak. III klass binolarning uzoqqa chidamlilik darajasi II va olov-bardoshlik darajasi Sh darajadan past bo‘lmasligi kerak. IV klass binolar ning uzoqqa chidamlilik darajasi Sh darajadan past bo‘lmasligi kerak, lekin olovbardoshlik darajasi me’yorlanmagan. Download 258.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling