Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Buxoro Tarixi Muharrirdan


XII. Kashkashon (Deb Atalgan) Guruhning Bayoni


Download 426.38 Kb.
bet13/33
Sana17.06.2023
Hajmi426.38 Kb.
#1545496
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Buxoro tarixi

XII. Kashkashon (Deb Atalgan) Guruhning Bayoni
Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy o’z kitobida keltirganki, Qutayba ibn Muslim Buxoroga kirib uni olgach, Buxoro aholisiga o’z uylari va yerlarining yarmini arablarga berishni buyurdi. Buxoroda bir qavm bor ediki, uni Kashkashon der erdilar; ular hurmatli, qadr-qiymatli va e’tiborli odamlar bo’lib, Buxoro aholisi o’rtasida zo’r obro’ga ega edilar; ular dehqonlardan bo’lmay, chetdan kelgan kishilar bo’lib aslzoda, savdogar va boy odamlar edilar. Qutayba uylar va asbob-anjomlarnn taqsim qilib berishga qistay bergach, ular o’z uy-joylari va asbob-anjomlarini butunlay arablarga qoldirib, o’zlari uchun shahar tashqarisida yetti yuzta ko’shk bino qildilar. U vaqtlarda shaharning kattaligi (hozirgi) shahristoncha kelar edi. (Kashkashonlardan) har birn o’z ko’shkining atrofiga xizmatkorlari va o’ziga qarashli odamlari uchun uylar qurdi va har bir kishi o’z ko’shkining oldiga bog’ va tekis maydon barpo qildi va ular ana shu ko’shklarga ko’chib keldilar. U ko’shklar hozirda vayron bo’lib, ko’proq qismi shaharga qo’shilib ketgan; u joyda faqat ikki-uchta ko’shk saqlanib qolgan va ularni «Ko’shki mug’on» deydilar. Chunki u joyda otashparast (mug’)lar turganlar. Bu viloyatda otashparastlarning ibodatxonalari ko’p bo’lgan va mug’lar ko’shklari darvozalarining oldida go’zal va orombaxsh bog’lari bo’lib, ularning ekin yerlari juda qimmatbaho bo’lgan.

Muhammad ibn Ja’far shunday yozgan: «Biz Amiri hamid davrida eshitishimizcha, Ko’shki mug’on yerlarining qimmatbaho ekanligiga sabab shuki, podshohlar Buxoroda joylashganlar va ularning xizmatchilari va yaqin kishilari u yerlarni sotib olishga qiziqqanlar, natijada bu yerlarning har bir jufti hatto to’rt ming diramgacha yetgan. Bu gap Amiri (hamid)ning qulog’iga yetgan-da u: «Mening bilishimcha, podshohlar Buxoroda turarjoy qilib olishlaridan ilgari bu yerlarning bahosi yana ham ortiqroq bo’lgan, agar birov bir jufti gov yer sotib olmoqchi bo’lsa, yil bo’yi qidirib (unday yerni) topa olmas edi, agarda, topa olsa har bir juftni o’n ikki ming xolis kumush diramga sotib olishi lozim edi. Hozir bir juft yerning narxi to’rt ming xolis diram bo’lsa, narx arzonlashib qopti, xalqda kumush (pul) kam qolgan bo’lsa kerak»,— degan.

Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr esa: «Bizning davrimizda bu Ko’shki mug’on yerlari shunday (arzon) bo’ldiki, uni tekinga bersalar ham, hech kim olishni istamaydi. Sotib olingani ham (hukm-dorlarning) xalqqa qilgan zulm va shafqatsizligi sababli (ekilmay yotadi) va tekinga qolib ketadi»,— deydi.


Download 426.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling