Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi Farobiy Fozil davlat haqida
Download 125 Kb.
|
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karimov I.A. Yuksak manaviyat – еngilmas kuch. – Toshkеnt, Manaviyat, 2008.
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI REJA : Kirish Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi Farobiy Fozil davlat haqida Xulosa Kirish Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan. Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi. Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur. Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir. Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi. Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan. Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi. Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda. Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi. Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin. Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan. Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda: – fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida; – inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l ko‘rsatuvchi so‘z sifatida; – olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida tushunishgan. Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan. Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan. Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi. Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi. Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi. Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi. Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor. Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’I lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak. Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o’rinni egallashini qayd qiladi. Ta’lim-tarbiya tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish zarurligini ta’kidlaydi. Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’I lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “Ideal shahar aholi ilmining fikrlari” hamda “Baxt-saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan. Olimning o’qtirishicha kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa, kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa u xayrli va nafli bo’ladi. Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, Farobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Tarbiya esa amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat,malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Farobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni uning tabiiy ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi:”Bu barcha tabiiy xislatlarni, ularni oily kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir… Insonlar turli ilm, hunar, faoliyatiga mos yilligi va qobilyatligi bilan tabiatan farq qiladilar, teng tabiiy xislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi. Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Tarbiya jarayoni, Farobiyning fikricha tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim, chunki, “har biro dam ham baxtini va narsa hodisalarini o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim” Farobiy ta’lim-tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar (kasb hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlashtiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb intilish harakatga aylantiriladi ) Ikkinchi yo’l (yoki ikkinchi usul)- majbur etish yop’lidir. Bu usulga gapga ko’movchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoyidil kirishsa hamda faoliyati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarini va juz’iy san’atlarini egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik lozim, chunki maqsad ularni fazilat egasi qilish kasb hunar axillarga aylantirishdir” Tarbiya berish usul;I, Farobiyning fikricha, ikki turli bo’ladi “ Avvalgi usul-san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usullarida foydalanadi”. Farobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamlarning obrazini tasvirlab ekan, bunday deydi: “Har kimki ilm- hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ligi haqida qayg’ursin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zning udasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va axilli ilmdan mol-dunyoni ayamasin, barcha mavjud, moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin” Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy- axloqiy tarbiyaga aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi uning etiqodicha, bilim, ma’rifat, holda kutilgan maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi. Umuman, Farobiy o’z davridagi yoshlarning ta’lim olishlari bilim egallashlari, hunar o’rganishlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham ta’lim-tarbiyaga g’oyat muhimdir. ABU NASR FOROBIYNING ILMIY ME`ROSI Abu Nasr Forobiy ta'lim – tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga, ma'rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga katta e'tibor bеradi. har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya'ni bilimlarni o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi. Lеkin, Abu Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina chеgaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning butun faoliyati – uning bilimi, axloqi, odobi, harakatlari, qiladigan ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya'ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun, yaxlit xolda muvofiqligidir. Abu Nasr Forobiy ta'limotida axloqiy tarbiya ham aqlli, fazilatli inson tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya xususan, «Idеal shahar aholisining fikrlari» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi tartibda axloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga e'tibor bеrish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki idеal, axloqli insonning abstrakt obrazini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu obrazni namuna qilib olish zarur dеgan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e'tibor bеrgan. Idеal inson tarbiyasida jismoniy va aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos hislatlarni qoralash, axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jihatdan yеtuk va mukammal bo’lgan inson idеalini yaratadi va uni har qanday ta'lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi. Forobiy asarlarida inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini aks etirililgan. Erkin fikr yuritish, ya'ni xurfikrlilik g’oyalaridan ilhomlangan o’rta asr faylasufi: Abu Nasr Forobiy inson borlig’i, xususan, uning tanasi bilan joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy jihatdan ochib bеrishga harakat qildi. Jon va tananing o’zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon faylasufi Platonning insonning ko’chib yurishi haqidagi ta'limotiga qarshi chiqdi. O’zining “Masalalarning mohiyati” (“O’yinul masail”) risolasida jon tanadan oldin mavjud bo’lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga ko’chib o’ta olmasligi haqidagi g’oyani olg’a surdi. Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi paydo bo’lishi bilan uning “oziqlantiruvchi quvvat”i vujudga kеladi. O’sha quvvat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanadi va shu jarayonda insonda sеzgi organlari paydo bo’ladi. Inson sеzgi organlari tufayli his-tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo’ladi. “Xayol quvvati” yordamida inson bilim, hunar egalaydi, faoliyat ko’rsatadi, foyda-zararning farqiga boradi1. Forobiy ta'kidlaganidеk, inson o’zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi aql-zakovat (“Aqliy quvvat”) borliqning turli-tuman ko’rinishlarining aksidir. Inson o’zidagi o’sha aql-zakovat yordamida avval yеrda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning sabablarini, so’ng esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. Insonning olam to’g’risidagi to’plagan bilimlari, ya'ni hayotligida yaratgan ma'naviy boyliklari hеch qachon yo’q bo’lib kеtmaydi, balki “Dunyoviy aql”ni tashkil etadi. Inson aqli olam sirlarini bilishda eng yuksak cho’qqiga ko’tarilganda, “dunyoviy aql”, “dunyoviy ruh” bilan qo’shiladi. O’z navbatida, har bir kishining joni va aqli, ya'ni “individual aql” va “individual jon”ning paydo bo’lishida, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql” hal qiluvchi rol o’ynaydi2. Forobiyning tushuntirishicha, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”, “individual jon”, “individual aql” paydo bo’lishi va rivojlanishining sababchisidir. “Individual jon”, “individual aql” inson tanasining o’limi, yo’q bo’lishi bilan qo’yolib kеtmaydi, balki “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql” ga qo’shiladi. Insonning joni va aqli abadiylikka kеtadi, biroq hеch qachon qaytib kеlmaydi, qayta namoyon ham bo’lmaydi. Ular tanani tark etgandan so’ng yana bir butun bo’lib, birlashadi, har bir jon va har bir aql inson tanasida yashagan vatda orttirgan barcha ma'naviy narsalar to’planib, hamisha barhayot, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”ni tashkil etadi. Qadimgi yunon falsafasining o’tkir bilimdoni Platon, Aristotеl, Zеnon, Epikur asarlarining mashhur targ’ibotchisi, “ikkinchi muallim”, “Sharq Aristotеli” nomi bilan mashhur Abu Nasr Forobiy inson aqlining imkoniyatlari chеksiz ekanligini isbotlab, o’rta asr musulmon olamida kеng tarqalgan faqat mumtoz shaxslar – payg’ambarlarga xos karomatining sirlarini bilish yo’llari haqidagi diniy-mifologik qarashlarga qarshi chiqdi. Forobiy inson o’z taqdirini o’zi o’zgartira olmaydi, dеgan islom dini qoidalariga qarshi borib, inson o’z taqdirini o’zgartirishi mukin dеgan g’oyani ilgari surdi. Xususan, insonning baxt-saodatli bo’lishi ham o’zining qo’lida ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Baxt-saodatga erishish yo’llarini aniqlab bеrishga intiladi. Uning fikriga ko’ra, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun, eng avvalo, baxt haqida bilimga ega bo’lmog’i, so’ngra baxtga erishish yo’llari vositalarini bilmog’i darkor. Shuningdеk, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun, insonning insoniy fazilatlari mazmun va mohiyatini ham anglab olmog’i zarur. Chunonchi, o’rta asrning mashhur insonshunos allomasining tushuntirishicha, “fazilat” allaqanday mavhum tushunchaga emas, balki insonning inson bo’lib kamol topish jarayonidagi amaliy ishlari bilan o’lchanadigan alohida ma'naviy-axloviy xususiyatidir. Fazilat insonning ezgulikka erishish borasidagi xulq-atvori, xatti-harakatlarining ifodasidir. Forobiyning ta'kidlashicha, insonni yaxshi xayrli ishlar qilishga, go’zal xulq-atvor sohibi bo’lishiga da'vat etuvchi ma'naviy-axloqiy xususiyatlar, fazilatlar dеb ataladi. Insonni xunuk xulq-atvori, xatti-harakatlariga da'vat etuvchi ishtiyoqlar razolat dеyiladi. Razolat insondagi kamchiliklar yoki nokasliklarning ifodasidir. Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. “Baxt-saodatga erishuv haqida ” risolasida kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi (birovning yoki ko’pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki – dеydi Forobiy, - u yashash va oliy darajadagi yеtuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj to’g’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga еtkazib bеruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yеtuklikka erishuvi mumkin3. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yеtuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni еtkazib bеradi. Abu Nasr Forobiy asarlari mazmuniga qarab4; Falsafaning umumiy masalalariga, ya'ni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli katеgoriyalariga bag’ishlangan asarlar: «Substantsiya haqida so’z», («Kalom fi-l javhar»), «Masalalar manbai» («Uyunul masoil»), «Qonunlar haqida kitob» (Kitob fi-l navomis ) «Falak harakatining doimiyligi haqida» («Kitob fi-l harakat al–falaka doimatun») va boshqalarga, Inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bag’ishlangan ya'ni bilishning shakllari bosqichlari usullari haqidagi asarlar: Mantiq(logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi. «Kattalarning aqli haqida so’z » («Kalom fi-l aql al - Kabir») «Yoshlarning aqli haqida kitob»(«Kitob fi-l aql as-sahir»), «Mantiq haqida katta qisqartma kitob» («Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq»),«Mantiqqa kirish kitobi» («Kitob al-madxad ila-l mantiq»), «Isbot kitobi»(«Kitob sharoit al-qiyos»),«Jon(rux)ningmohiyati haqida risola» («Risola fi mohiyat an-nafs») va b.; Falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi, tеmatikasi haqidagi asarlar: «Ilmlarning kеlib chiqishi va tasnifi» («Kitob fi ixso al-ulum va at-tarif», qisqacha nomi «Ihso al-ulum»), «Falsafa tushunchasining ma'nosi haqida so’z» («Kalom fi ma'oniy ism al-falsafa»), «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kеrakligi haqida kitob» («Kitob fi ashyo illati yaxtoju antallama kabl al-falsafa»), «Falsafaga izohlar» («Taolih fi-l xikmat») va b.; Moddaning miqdori, fazoviy va xajmiy munosabatlarini o’rganishga bag’ishlangan, ya'ni matеmatika fanlari-arifmеtika, gеomеtriya, astronomiya va musiqaga oid asarlar: «Hajm va miqdor haqida so’z» («Kalom fi-l xiyz va-l miqdor»), «Fazo gеomеtriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob» («Kitob al-madxal ila-l xandasat al-laxmiyati muxtasarsan»), «Astrologiya qoidalari haqida muloxazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola» («Maqola fi-il jihat al layati yassеxxu alayxo al-havl bi axkom an-nujum»), «Musiqa haqida katta kitob» («Kitob ul Musiqa al-kabir»), «Musiqa haqida so’z» («Kalom fi-l musiqiy»), «Ritmlar turkumlari haqida kitob» («Kitob ul fi-ixso-il-iho»), va b.; Modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, xayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini o’rganuvchi, yani tabiiy fanlar-fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiyaga bag’ishlangan asarlar: «Fizika usullari haqida kitob» («Kitob fi usul ilm at-tabiat»), «Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola» («Maqola fi vujub sanoat alkimyo va-r radd ala mubtiluрo»), «Inson a'zolari haqida risola» («Risola fi a'zo al-insoniya»), «hayvon a'zolari haqida so’z» («Kalom fi a'zo al-xayvon») va b.; Tilshunoslik, shе'riyat, notiqlik san'ati, xattotlikka oid asarlar: «Shе'r va qofiyalar haqida so’z» («Kalom fi shе'r va-l qavofi»), «Ritorika haqida kitob» («Kitob fi-l xitoba»), «Lug’atlar haqida kitob» («Kitob fi-l lug’at»), «Xattotlik haqida kitob» («Kitob fi san'at al-kitobat») va b.; Ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bag’ishlangan, ya'ni huquqshunoslik, etika, pеdagogikaga doir asarlar: «Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola» («Risola fi-t tanbih ala asbob as saodat») «Shaharni boshqarish» («Al siyosat al madaniyatiya»), «Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fi famoyish va-l xurub»), «Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-fazila») kabi turlarga bo’linadi. Abu Nasr Forobiyning ilmiy mеrosi, umuman o’rta asr Sharqining madaniy-ma'naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy ma'lumot bеradi. Mutafakkir o’z asarlarini o’sha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi. Abu Nasr Forobiy shuningdеk arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi shе'rlar yozgan. Abu Nasr Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, Qadimiy yahudiy, fors tillariga, kеyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga kеng tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkеntda Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Abu Nasr Forobiyning 16 risolasini (arabcha) o’z ichiga olgan «Hakimlar risolalari to’plami» («Majmuat rasoil al-xukamo» qo’lyozmalar fondi, 2385-in.)bor. Bu noyob qo’lyozma Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. To’plamdagi Abu Nasr Forobiy risolalari 1975 yili qisman o’zbеk tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Abu Nasr Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yеrdagi xodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta'sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligin yoki Oy tutilishi, yerning quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab «fol ochuvchilar»ni fosh qildi. Abu Nasr Forobiy arzon mеtallarni qimmatbaxo mеtallarga aylantirishga urinuvchilar tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmarning bir qismi sifatida qaradi5. Abu Nasr Forobiy tabiblik bilan bеvosita shug’ullanmagan bo’lsada nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari «Inson a'zolari haqida» risolasida bayon qilingan. U inson a'zolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo bo’lish sharoitlarini aloxida-aloxida o’rganishni, organizmni salomatligini tiklash uchun kеrakli oziq-ovqatlarga e'tibor bеrishni qayd etadi. Insonning ruxiy va jismoniy xolati tashqi omillar muhit ta'siriga bog’liqligiga e'tibor bеradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning bu haqidagi qarashlariga katta ta'sir ko’rsatadi. Abu Nasr Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning Qadimgi ilg’or madaniyati an'analari, arab xalifaligiga qarshi xalq xarakatlari, O’rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy mеrosi ta'sir ko’rsatdi. Abu Nasr Forobiy avvalombor Aristotеl ta'limotini tiklash, asoslash va ilg’or tomonlarini so’nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, “Sharq aristotеlizm” oqimini vujudga kеltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari, katеgoriyalarini ishlab chiqdi. Abu Nasr Forobiy uchun dunyo quncha bo’lib, asta-sеkin o’zining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora ko’proq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy – ilmiy g’oyalarning yanada rivojlanishi uchun kеng yo’l ochdi. Abu Ali Ibn Sino va mutafakkirlar o’zlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar. Abu Nasr Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruxiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta'minlovchi markazdir, barcha ruxiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati muayyan a'zoga bog’liq. Abu Nasr Forobiy o’z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo’lgan. Sharq xalqlarida u haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kеlgan. O’rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi'a, Bayhaqiylar o’z asarlarida Abu Nasr Forobiy ijodini o’rganib, uning g’oyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al- Abu Nasr Forobiyning fikri», «Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni», «Al Abu Nasr Forobiy, xususan, uning «Organon», izohlariga turli sharhlari» va b.) yozdi.Taraqqiyparvar insoniyat Abu Nasr Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning mеrosini chuqur o’rganadi. Yevropa olimlaridan B.N. Shtrеnishnеydеr, Karra dе Vo, T.U.Buur, R. Xammond, R. dе Erlanjе, F. Dеtеrittsi, G. Farmеr, N.Rishar, G. Lеy, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turkеr, M. Mahdi va boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar6. Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangshan bir qancha ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi. R.Emеrson aytganidеk: “Taraqqiyotning chinakam bеlgisi – boylik emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo’l-ko’lligi emas, balki shu o’lka bag’rida tarbiya topgan inson qiyofasidir”. Abu Nasr Forobiyning dunyoqarashi IX-X asrlarda erishilgan yutuqlar yakuni dеyish mumkin. Uning ijtimoiy g’oyalari kеyinchalik mutafakkirlar: Abu Rayxon Bеruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Abduraxmon Jomiy, Alishеr Navoiy va boshqalar ijodini rivojlanishiga asos bo’ldi. Tarixdan bizga ma’lumki Abu Nasr Forobiy g’oyalari orqali Movarounnahrda sarbadorlar XIV asrning 60-yillarida o’z davlatini parpo etganlar. FAROBIY FOZIL DAVLAT HAQIDA Farobiy “Fozil shahar aholisning maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzulganki, u yashar va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`uladi…Bunday jamoa a’zolrining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsaloarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi”.
O`z aholisini baxt-saodatga yetkazuvchi fozil davlat (Al-Madina al-fazila)larga. boshqa xalqlarni bosib olib, ualrni qul sifatida foydalanadigan, o`z boyligini, farovonligi shu tarzda ta’minlaydiga adolatsiz, johil davlatlar (Al-Madina al-johiliya)larga bo`ladi. Farobiy davlatni: Yetuk shaxslar (monarxiya). Yetuk hislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya). Saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Farobiy “Fozil jamiyat va fozil shaxarlar (davlat) shunday bo`ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo`lgan har biro dam kasb-hunar bilan shug`ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo`ladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”, deydi. Farobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podsho, rahbarlarga ham ma’lum talablar qo`yadi. U xal haqida doim g`amxo`rlik qilishi, boshqalar manfaatini o`z manfaatidan qo`ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi o`zlarida muhim oltin xislatni ifodalashi kerak, ya’ni: Adolatli bo`lish. Dono bo`lish – bilimli bo`lish. Qonunlarga rioya etishi. Qonunlar yarat olishi. Kelgusini oldindan ko`ra bilish. Boshqalarga jamxo`r bo`lishi kerak. Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yelg`onchilarni yomon ko`radigan, 9 – o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi7. Forobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning «Baxt saodatga erishuv yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya`ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim deydi.8 Forobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan. Forobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi. Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim. Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Bunga Forobiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Forobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir» Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganihdan avval o`zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shunday so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur» Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz. Forobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi deydi. Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir. Forobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi. Forobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy asoslari o`rganilsa, tarbiyada ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari o`rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki yo`l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo`l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so`zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g`ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi yo`l (yoki usul) – majbur etish yo`li. Bu usul gapga ko`nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo`llaniladi. Chunki ular o`z istaklaricha so`z bilan g`ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o`rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo`ladi. Kasb hunarlarni va juz`iy san`atlarni egallashga intilish bo`lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir Abu Nasir Muxammad ibn Muxammad Farobiy (870-950) ilk o`rta asr uyg`onish davrining buyuk namoyondasi, qomusiy ilm sohibidir. U O`tror yaqinidagi Farob qishlog`ida tavallud topgan. Uning avlodlari qipchoq turk qavmidan edi. Farobiy juda ko`p fanlar soxasida ilg`or g`oyalarni asoslab bergani uchun unga «ikkinchi muallim» "muallimi soniy" (Arastu birinchi muallim) muallimi avval degan faxriy nom berilgan edi. Davrning siyosiy va huquqiy qarashlari chuqur taxlil qilib, o`zining ijtimoiy siyosiy qarashlarini to`la asoslab bergan Farobiy Bag`dodlik olimlarning eng peshqadami edi. U musiqadan tortib Astronomiyagacha ko`plab fanlar sohasida kitoblar yaratib qoldirdi. Ayrim manbalarga ko`ra u arab, fors, yunon kabi o`nlab tillarda gapira olgan va yoza olgan. U mashhur tarjimon Abu Bashar Matta bilan xamkorlik qilib turgan. Farobiy Movaraunnahrning ko`plab ilmiy va madaniy markazlarida bo`lgan, ijod kildi manbalardan shu narsa aniqki, u O`tror, Talas, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qobul, g`azna, Xirot, Bog`dod, Halem, Damashq shaxarlarida bo`lgan. Farobiy avvalambor, faylasuf olim edi. Ratsionalistik dunyoqarashga ega bo`lgan Farobiy shunday yozgan edi: «Falsafani o`rganishdan oldin tabiat haqidagi bilimlarni o`rganish kerak. CHunki tabiat haqidagi bilimlar odamlarga juda yaqin va tushunarli, chunki inson tabiat bilan birgadir»9. Farobiy yunon mutafakkirlarining ijodini qunt bilan o`rgandi, uning ko`plab asarlariga sharxlar yozdi. Arastu va Aflotun ijodlaridagi mushtarak tomonlarni topishga intildi. Farobiy Arastuning «Metafizika», «Fizika» asarlariga hamda uning mantiqqa bag`ishlangan asarlariga, Ptolomeyning asarlariga ilmiy sharhlar yozdi. Farobiyning «Ikki faylasuf Arastu va Aflotunning yaxlit fikrlari haqidagi kitob», «Arastu bilan Talen o`rtasidagi vositachilik», «Falsafa manbalari», «Aql xaqida traktat», «Falsafani o`rganguncha nimani o`rganmok kerak?», «Substantsiya», «Davlat xaqidagi traktat» kabi asarlarini alohida ko`rsatib o`tish kerak. Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan. Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi. Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir. Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi. Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan. Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi. Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda. Farobiyning asarlari ko`plab olimlar uchun asosiy qo`llanmalardan biri bo`lib xizmat qilib keldi. Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Navoiy, Jomiy, Mirxond, Xondamir kabilar ko`plab jahon klassiklari bevosita undan o`rganganlar. Uning asarlari faqat Sharqda emas, balki g`arbiy Evropa mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Farobiyning ba`zi bir asarlari qadimiy yahudiy va lotin tillariga tarjima qilingan bo`lib, ular ana shu tillarda bizlargacha etib kelgan. Uning asarlari orasida hajmi, mazmuni va ma`nosiga ko`ra «Ideal shahar aholisining qarashlari» degan asari muhim o`rinni egallaydi. Bu asar 37 bobdan iborat bo`lib, unda jamiyat, davlat, shaxs haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar berilgan. Farobiy Arastuning asarlariga, ya`ni logik asarlari («Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika») ga, «Topika», «Kategoriyalar», «Etika», «Ritorika», «Metafizika», «Sofistika» va boshqa ko`plab asarlariga sharxlar yozgan. Abu Nasr Farobiy o’z davrining qator ilmlarini chuqur o’rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U o’z davrining birinchi faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo’lib nom qozondi. U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substanstiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo’lib, o’z davri ilmlar klassifakastiyasini yaratgan va unga bag`ishlab qator risolalar yozdi. U o’z davrida musiqa masalalariga atab katta asar yozib, musiqa nazariyasining tafsilini berdi va Sharqda keng tarqalgan nay, nog`ora, chang, rubob kabi qator Musiqa asboblari ta’rifini yozib qoldirdi. Uning bu asari Sharq Musiqashunosligi tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z davrining qomusiy olimi bo’lib, riyoziyot, tibbiyot, arab grammatikasi, alximiya, falakkiyot, mantiqqa oid asarlar muallifidir. Lekin Farobiy avvalambor mashhur faylasuf – falsafaning eng muhim masalalari bo’yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U Sharqda qadim Yunon falsafasi ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi Aristotelning asarlarini o’rganish, ularga sharhlar yozish, g`oyalarini targ`ib eti shva yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Aristotel «Birinchi muallim» deb nom olgan bo’lsa, butun Sharqda Farobiy «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo’ldi. Farobiy o’z davrida ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha birinchi bo’lib yirik asarlar yaratgan mutafakkirdir. U ijtimoiy hayotning turli masalalari, ayniqsa, davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimioiy nizolarning oldini olish kabi hamda kamolotga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi ijtimoiy masalalarni olg`a surdi. Etuk jamoani vujudga keltirish komil insonni yaratish muammosini hal etish bilan bog`liq ekanligini birinchi bor O’rta asr sharoitida Farobiy olg`a surdi. «Uning ideal shahar aholilarining raylari», «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv to’g`risida» kabi mashhur asarlari shu masalalarga bag`ishlandir. XULOSA Butun Sharqu-G`arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Farobiy yoshligidan juda iste' dodli, zehni o`tkir, xotirasi kuchli bo'lgan. Farobiy Eron va O`rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy, ar- Poziy, arab olimlari Jahid, al-Kindiy, qadimgi yunon faylasuflari: Aristotel, Platon, Suqrot, Galiley, Ginokrat ta"limotlarini chuqur o'rgandi. Farobiy Ibn Sino, Beruniy Firdavsiy kabi mutafakkirlar singari oila ,farzand, uy-joy orzusini ilmyo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishladi. Alllomaning "Fozil odamlar shahri"deb nomlangan asari sharq ilmida, ma naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni CTrta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovvor qildi.Farobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida","Baxt saodatga erishish yo'llari haqida ko"rsatmalar","Shahar siyosati to`g`risida” Buyuk kishilarning naqllaridan","Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida"kabi asarlarida insonlarni eng oily kamolot va baxt-saodatga erishishlarining asosiy vositalari va yo'llarini ilmiy asosda bay on etib bergan. Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta'sirivabu ta'sir natijasidaular o'zlaridagi ijobiyyoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. "Insonlar tug"Uganda kamolotli bo"lib tug'imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo'lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o'xshash bo'ladi, keyinchalik esa o'zgaradi, ya ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta'sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o'rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama -qarshiliklarni o'ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi. Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog'liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo'lsa, adolatga yaqin bo'ladi, agar ko'proq bo'lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo'ladi. Xulq albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog'liqdir". Jamiyatda adolat asosiy mezon bolsa, uning a'zolariham insof va diyonatli, mehr-oqibatli bo"ladilar. Inson jamoasi to'g'risidagi talimotlning asosini kishilarning ongli harakatini, xulq-odatlari, tabiy -mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o'rganish masalalari tashkil etadi. Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a'zosi fozil ya ni haqiqiy inson bo'lishi kerak. Farobiy o'z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri asarida on ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bola olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: "Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran mulohazalarini yorqin bay on eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan navsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bolsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; о ninchidan mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'n birinchidan adolatli bolsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bolsin; on ikkinchidan adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, o'zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qaf iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo`lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin". Uning fikricha "fozil" inson barkamlol shaxs bolishi uchun manaviy- axloqiy jihatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan sog`lom bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne'matlarga ega bo'ladi va adolatli ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari SH.MIRZIYOYEV Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garoviSH.MIRZIYOYEV Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerakKarimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. – Toshkеnt, Ma'naviyat, 2008.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q. – Toshkеnt, O’zbеkiston, 1998.ASOSIY ADABIYOTLAR Xayrullayеv M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. Toshkent .1963. Xayrullaеv M. Ikkinchi muallim. G`G` Guliston.Tpshkent.1975, №9 Xayrullaеv M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. T.1971 Xayrullaеv M. Sharq rеnеssansi va Forobiy. Fan va turmush, Toshket. 1975, 239 –b Abu Nasr Forobiy. Risolalar. – Toshkеnt, Fan, 1975. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkеnt, Abdulla qodiriy nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, 1993. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt, saodat va kamolot haqida . – Toshkеnt, Yozuvchi, 2001. Muhiddinova F. “Forobiy siyosiy – huquqiy ta’limotida qonun va qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi”. Toshkent,2005, 55-bet Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.”Mutafakkir” xalqaro hayriya jamg’armasi. Toshkеnt ”Yozuvchi”.2002 ,37-b. www.ziyonet.uz 1 Ал-Фараби. Социално – экономические трактаты. – Алма-Ата, 1973, стр. 34. 2 Xayrullayev.M.M. “Forobiy va uning falsafiy risolalari”,Тoshkent., 1963. 13-bet. 3 Xayrullaеv M. Sharq rеnеssansi va Forobiy. Fan va turmush, Toshket. 1975, 239 –b 4 M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar. 5 M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar. 6 M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar. 7 Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi. Sharq 1999 8 Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi. Sharq 1999 9 Farobiy 1995 O`qituvchi Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling